Reja: Kirish. Ishning umumiy tavsifi. I bob: Furqatshunoslikning tadriji


Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”


Download 156.13 Kb.
bet12/15
Sana22.04.2023
Hajmi156.13 Kb.
#1379212
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Furqatshunoslik

2.4. Sharif Yusupovning “Tarix va adab bo`stoni”
kitobida Furqat haqida
Bir qancha tadqiqotlarida adabiyot va tarixni hamnafaslikda o`rgangan olim Sharif Yusupovning ushbu kitobi 2003-yilda nashr etilgan. Olim kitobning so`zboshini quyidagi so`zlar bilan boshlaydi:
“Hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan bo`lmish milliy mafkurani shakllantirishda boy tariximizni ilmiy halollik bilan, istiqlol bergan keng imkoniyat darajasida yoritish aryicha ahamiyat kasb etadi.” Shu sababli ham olim tarix yashirib kelgan bir qancha voqealarni o`rgangan edi. Kitob ikki bo`limdan iborat , birinchi bo`lim “Tarix mas’uliyati” deb nomlangan. Unda tarixiy shaxslarning bir qanchalari Jo`rabek Qalandarqori o`g`li , Sebzor dahasi qozisi bo`lgan Muhiddinxo`ja,Sheralixonning xotini, Xudoyorxonning onasi, tarixda “Hokim oyim” nomi bilan qolgan malika, yanigicha yo`nalishdagi o`zbek ma’rifatparvartligining ilk namoyondasi Sattorxon hayotlari yoritilgan. Ikkinchi bo`lim “Adab bo`stoni “ `deb nomlanib, undan birinchi yetuk ma’rifatparvar Zokirjon Furqatga oid yangi ma’lumotlar,uning matbuotdagi so`nggi asari, “toji ush-shuaro” Muhyi Ho`qandiy, Haziniy, Chustiy haqida olimning yangi mulohazalari o`rin olgan.
Sharif Yusupovning Zokirjon Furqat ijodiga yana bir bor murojat qilishdan maqsadi shoirning publistika sohasidagi xizmatlarini e’tirof etish, o`quvchilarga uning vatanjudolik yillarida iztiroblarini yaqqolroq ko`rsatish.Olim Furqat hayotini chuqurroq o`rganish kerak deb hisoblaydi . Zero,
“Bu azamat ijodkor nomi “dahr ichra alam” bo`lgan Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Nasimiy, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab va boshqalardan olgan saboqlarini iftixor
Bila tasvirlagan, o`zbek xalqining eng ibratli udumlarini, marosimlarini ulug`lovchi “Gap xususida”, “Aza xususida”, “To`y xususida” singari ilmiy-ommabop asarlar yozgan, G`arbiy Yevropa va rus kompozitorlarining eng yaxshi musiqalarini tinglar ekan, ularda o`zbek maqomlari va klassik kuylariga botiniy hamohanglik mavjudligi uchun sevib qolgan, kelajak naslla ulardan bahramand bo`lajagini bashorat qilgan.” ‒deydi olim.
Furqatning hayoti sho`rolar davrida o`rganilar ekan, unga rus bosqinchilariga xizmat qilganligi haqida soxta ma`lumotlar singdiriladi. Sharif Yusupov esa bu zabardast so`z ustasiningf asarlarini o`qirekan hamisha uning botiniy mzmuniga ahamiyat bergan . Olimning fikricha, shoir xorijda yashar kan, bir tomondan “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N. Ostroumovning buyurtmasiga, ikkinchi tomondan yokentlik xo`jayin Komiljonboyninh farmoyishiga ko`ra rus-yapon urushi mavzusida bir nech she’rlar e’lon qildiradi. Aslida, chorizmning bosqinchilik siyosatini tanqid qilish Furqat asarlarinng zamiriga, botiniga singdirib yuborgan. Bu fikrga dalil sifatida shoirning “Qasida”ga yozgan so`zboshisi keltirilgan: “Arbobi nazardin umid ulkim,ushbu jaridag`a munsifona ko`ngul birla mutolaa va mulohaza aylagaylar. Mabodo xotirlarig`a qilmog`aykim, bu so`zlar xushomadgo`ylig`, yuzidin ado topqon bo`lg`ay deb. Chunki maqsudimiz asli boshqa yerga resh chekmakligi ko`nglumiz ganjinasida maktum va mazmirdir, vassalom” . Bu bilan shoir o`z asarlarining ichki mazmunini tushunib o`qishni iltijo qilgan. Sharif Yusupov “Rus askarlari ta’rifida” she’rining kirish qismi va boshqa asarlaridagi mazmunni shoir o`zi istagandek tahlil qiladi. Olim “Furqat kirish so`zidagina emas, balki asarlarning matnida ham rus-yapon urushining adolarsiz tabiatiga, begunoh yapon xalqi boshiga keltirgan so`ngsiz kulfatlarga ishora etadi” degan xulosa keladi. Yirik ma’rifatparvar shoir o`zining chorizm siyosatiga mohiyat e’tibori bilan zid kelgan qizg`in faoliyati uchun 1891-yildan to umrining oxirigacha vatanjudolikda yashashga majbur bo`lgan. Furqatning yor-u birodarlari bu vatanjudolikni “sayohat” o`ylaydilar , shoirga yo`llagan maktublarida ham buni aks ettiradilar. Sharif Yusupov shoirning barcha xabar va maqolalari o`qib tahlil qilgach “aslida bu sayohat emas, majburiy vatanjudolik ekanini , undan qutulish hayratafzo tilsimdan qutulishdek chorasiz ekanini” tushunib yetadi. Buni olim Furqat 1903-yilda marg`ilonlik do`sti Toshboltuga yo`llagan maktubi orqali dalillaydi:
Borurman gar qutulsam bu tilismi hayrat afzodin,
Yetib imdod holimg`a jam’ii muddaolardin.
Furqat abadiy vatanjudolikka mahkum etilgan bo`lsa ham hamisha ona yurtining, xalqining g`am-tashvishi bilan unga manfaat keltirish ishtiyoqi bilan yashagan.
Sharif Yusupov Furqat Yorkentdagi faoliyati bilanham qiziqadi. Shoir Yorkentda “Turkiston viloyati gazeti”ga obunalar uyushtirgan, u yerdagi aholiga rus tilini o`rganishga ko`maklashgan. Muallimlik faoliyatini davom ettirib, fizika, kimyo, taboba,astonomiya kabi fanlarni, hind ,uyg`ur, xitoy tillarini ouxta egallash yo`llarini topdi.Sharqiy Turkistonda o`z yurtida nashr eilgan kitoblar savdoini tashkil etgan. Olim Futqat haoti va ijodini o`ranishda bir qator taniqli shaxslar bilan ham suhbatdosh bo`lgan. Xususan, “Furqat” dramasi muallifi Barot Avezovdan shoir devoni haqida ma’lumot bergan. 1977-yil-yanvarda bo`lib o`tgan suhbatda Barot Avezovdan Furqat chet elda “Matla ul-anvor” nomli devon tartib berganligi, devon qandaydir sabab bilan Qirg`izistonning she’riyat ixlosmandlaridan birining tushganligi, 30-yillar o`rtalarida hozirgi Bishkekga gastrolga brogan Jo`raxon Sultonov undan o`ttizga yaqin g`azal,muxammasni ko`chirib, o`z shaxsiy kutubxonasida saqlaganligi, dramaturg esa shularning aksar qismini Furqat haqidagi dramaga kiritganligini bilib oladi. Furqatning o`zi “Bulbul” radifli g`azalida devon tuzganligi haqida xabar bergan:
Saboq olib o`qug`il “Matlaul anvor” Furqatdin,
Burung`i fayzi yo`q alhonlaringni ayla bas, bulbul.
Sharif Yusupov Furqat devoni haqidagi fikrlarni davom ettirib unda Miyon Buzruk Solihov fikrlari bilan ham tanishib chiqqan. Miyon Buzruk Solihov 30-yillarda Furqat devoniga duch keladi . Unda Furqat “Suvorov haqida” manzumasining boshiagi pacha keltiriladi. Parchada Furqat Toshkentga vstavkani ko`rish uchun Farg`onadan borganligi, u yerda Muhiddinqozining uyida turganligini aytadi. Bir kuni Muhiddin qozi Furqatni va boshqa do`stlarini teatr tomoshjasiga olib boradi. Furqat teatr tomoshasidan keyin “bir nazm tartib berdim” deb yozadi.Sharif Yusupov shoirning ushbu devonidan olingan parchaga qarab ayrim xulosalarga keladi. Birinchidan, Furqat 1890-yilning yozida Farg`onaga jo`nab, u yerdan Toshkentga vistavkani ko`rish uchun kelgan hamyurtlari bilan birgalikda qaytgan. Ikkinchidan,devon shoir Toshkentdan ketib xorijda yashagan darda tartib berilganiga ishora bor. Uchinchidan, rus teatri bilan Furqat ba’zi tadqiqotchilar aytganidek, N. Ostroumov vositasida emas, balki o`z davrining yirik ma’rifatparvari Muhiddin xo`ja qozi yordami tufayli tanishganligi ma’lum bo`ladi.
Olim bu xulosalar asosida tadqiqotchilar oldiga jiddiy vazifa qo`yadi. Ya’ni, Furqat merosining bebaho qismi bo`lgan bu kitobni Bishkek shahri va uning atroflarida yashab o`tgan she’riyat ixlosmandlari bisotidan izlash zarur. Chunki, devonda biz bilmagan yangi ma’lumotlar va she’rlar bo`lishi mumkin.
Sharif Yusupov Furqatning xorijdagi faoliyatini o`rganishga jiddiy qiziqan. Olim bu borada “Furqat vatanidan tashqarida amalga oshirgan har bir ish, yaratgan har bir badiiy-publitistik asar,u yurtiga yo`llagan hab bir gazeta xabari, hatto do`st- qadrdonlarga yozgan oddiy maktublari ham o`quvchilarni g`yat qiziqtirish turgan gap. Ular bilan tanishish Furqat hayoti va ijodining bu muhim davri haqidagi tasavvurimizni boyitadi, uning ijodkor, siyosatshunos, vatandosh sifatidagi qiyofasini to`laroq, aniqroq idrok etishimizga ko`maklashadi” degan fikrni ilgari suradi. Shu sababdan olim Furqatning matbuotdagi so`nggi asarini o`rganishga kirishadi. Bu asar “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy”(“Chin qoidalari va qo`rqitish ishlari”) bo`lib Turkiston viloyati gazetida chop etilgan va N.Ostroumov arxivida bizgacha yetib kelgan. Sharif Yusupov bu asarda Furqat oilaga, ota-onaga, bobo-buvi, aka-uka, egachi-singillarga,do`stlarga, qo`ni-qo`shnilarga munosabat , axloq-odobiga tegishli bo`lgan fikr-mulohazalar berganligi sababli ham muhim va o`quvchilar uchun ibratli manba deb hisoblaydi. Olim asadagi ota-onalar va farzandlar, er-xotin munosabati, do`st tanlash usullari, do`stlik qonun xususidagi fikrlarga to`xtalib o`tadi. Odob-axloqga tegishli xitoy qonun qoidalarini sharxlash, tegishli o`rinlarda kihik-kichik hikoyalar keltirish orqali Furqat o`z o`quvchilarini halollik, vijdonlilik,o`zaro mehribonlik,mehnatsevarlik ruhida,yovuzlikka nisbatan shavqatsizlik ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshiradi degan mulohazaga keladi.
Furqat Sharqiy Turkistonda yashagan yillari tabiiy fanlar bilan shug`ullanadi. Buni isbotlovchi dalillar esa hali o`rganilmagan edi. Furqat hind, arab ,fors tillarini bilgan ,“Pesayi axbor”,”hablul matiyn”,”Kavkabai nosiri” gazetalariga munosabatlar bildirgan.Olim nihoyatda muhim bir ma’limotni ham keltiradi. Ya’ni Furqat xitoy tilini ham nihoyatda yaxshi o`rgangan. “Chunki, Furqat o`z asarini yaratishda birinchi manba sifatida foydalangan ktob xitoy muallifi Guan Shuyning qalmiga mansub bo`lib, u endigina yozib tugallangan va hali u vaqtlarda shoir bilgan tillarning birortasiga ham tarjima qilinmagan edi” deydi. Sharif Yusupov ma’rifatparvar shoirning tabiiy fanlardan keng xabardor bo`lganidan dalolat beruvchi xujjat sifatida asardagi tabiat hodisalari,olov,suv,havo,tuproq singari unsurlar, ularning fizik xossalari, o`zgarish sabablari haqidagi ilmiy izohlarni keltirgan. Ushbu asar o`rganish dolzarbligini olim quyidagi fikrlarda aks ettiradi:
“ “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy”dagi paxtachilik va pillachilik dehqonlar moddiy ahvolini yaxshilashda alohida ahamiyat kasb etishi, umuman,dehqonchilik bilan shug`ullanishning jamiyat uchun manfaati, Sharqiy Turkiston dehqonlarini xaroblikka olib kelgan xitoy va hind sudxo`rlarining yovuzliklari va boshqala haqidagi Furqat mulohazalari asarning dolzarbligini ham,ta’sir kuchini ham ko`p jihatdan oshirib yuboradi”. Afsuski, o`quvchilarga insoniy olijanoblikni tarbiyalashda muhim vosita bo`lib xizmat qiluvchi ushbu asarning to`liq matni hali topilgan emas. “Turkiston viloyatining gazeti” redaksiyasi uni chop eta boshalb, 1905-yilning 22-dekabr, 1906-yilning 1-yanvar,15- va 22-fevral sonlarida ma’lum qismini e’lon qilgan. 22-fevral sonidagi qism oxirida “baqiyasi bor” deb asar hali tugamaganligini bildirgan. Ammo shundan keyin Furqatning gazeta bila aloqasi uziladi va asar ham chala qoladi. Bizgacha yetib kelgan parchalarning o`zi ham Furqatning dunyoqarashi masalasiga yangicha qarashga undaydi.



Download 156.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling