Mavzuning o`rganilish darajasi.Buyuk ma’rifatparvar Furqat ijodiga qiziqish uning o`zi davridayoq boshlangan.Uning hayoti va ijodi haqida H. Rasul, A. Abdug`afurov, H.Vohidov, E. Karimov, J. Usmonov kitoblarida, V. Zohidov, I. Sulton, M.Shayxzoda G`. Karimov, L. Qayumov, M. Yunusov, S.Mirvaliyev, A. Qayumov, Sh. Yusupov kabi olimlar maqolalarida tadqiq qilgan.
Mavzuning yangiligi.“Bugun Muqimiy, Furqat,Zavqiy,Hamza,Ayniy ijodi va faoliyati qayta baholanmog`i kerak. Biz bu ulkan san’atkorlarimiz haqida qilingan ishlarningo`z vaqtidagi ahamiyatini hech birini kamsitmagan holda ularga bugungi ko`z bilan qaramog`imiz, ularni bugungi aql bilan baholamog`miz lozim. Bu mezonning nomi milliylikdir. Millat va Vatan manfaatidir”1 . Darhaqiqat , Furqat ijodidagi ma’rifatparvarlik ruhining talqin qilinishi, xalqni ziyoli bo`lishiga istashi uning asarlarida aks etgan. Uning mana shu ruhdagi asarlarini aslidagi kabi talqin etish sho`rolar davrida bir muncha cheklangan. Sharif Yusupovning mana shu cheklashni inkor etgan tadqiqotlar qilgan. Ushbu tadqiqotlarda Furqatga oid yangi ma’lumotlarni o`rganilganligi mavzuning yamgiligidir.
Mavzuni o`rganishning maqsad va vazifalari.Mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda ushbu maqsadlar qo`yildi:
Shoir, publitsist, tarjimon Furqatning ijodini o`rganilish tarixi. Xususan,
a) Furqat ijodi sho`rolar davrida o`rganilishi;
b) Xorijlik tadqiqotchilarnng furqatshunoslik bo`yicha ishlarini o`rganish;
d) Milliy istiqlol davrida furqatshunoslik yo`nalishiga kimlar hissa qo`shganini va qanday yangiliklar amalga oshirganini yoritib berish;
Ikkinchidan, olim, tadqiqotchi professor Sharif Yusupovning “Xudoyorxon va Furqat” ,“Xufiya qatlamlar”, “Furqat yo`llarida” “Tarix va adab bo`stoni” asarlarini o`rganib , tahlil qilish . Olimning ilm-fan tarraqiyotiga qo`shgan hissani to`g`ri baholash.
Nazariy va amaliy ahamiyati. Sharif Yusupovning “Xudoyorxon va Furqat” ,“Xufiya qatlamlar”, “Furqat yo`llarida” ‘Tarix va adab bo`stoni” asarlarini o`rganib,tahlil qilish. Olimning Furqat hayoti va ijodiga oid izlanishlarini ko`rib chiqish. Bu tadqiqotlarda Furqatning ijodiy merosi, hayot yo`li qay darajada aks etganini o`rganish ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |