Reja: kirish it sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


Tadqiqot ishining maqsadi. IT sohasini yanada isloh qilish


Download 303.99 Kb.
bet2/9
Sana26.03.2023
Hajmi303.99 Kb.
#1297763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davronbek tadqiqot ishi toliq

Tadqiqot ishining maqsadi. IT sohasini yanada isloh qilish.

Adabiyotlar
Foydalanilgan manbaalar

  1. https://www.it-park.uz

  2. https://www.daryo.uz

  3. https://www.qalampir.uz

  4. https://www.davr24.uz

  5. https://community.uzbekcoders.uz

  6. https://www.lex.uz

  7. https://www.instagram.com

IT sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


Insoniyat yaralganidan buyon yuksaklikka intilib yashaydi. Insonlar qadimda yerga ishlov berishda toshdan foydalangan. Oradan bir necha ming yillar o’tib yerga ishlov berishda temirdan foydalana boshlangan. Bu tarixdagi muhim yuksalish hisoblanadi. Bugungi kunda ham insonlar oz ustida ishlab yangidan-yangi kashfiyotlar qilishmoqda. Insonlarning oddiy hayotdan raqamlashgan hayotga otishini misol qilishimiz mumkin.
Bugungi kunda o’z hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Biz texnologiyalardan har joyda foydalanamiz. Bugungi kunda har bir odamning o’z shaxsiy telefoni mavjud. Bu ham texnologiya rivijlanishining bir ko’rinishi deyishimiz mumkin. Texnologiyadan foydalanish hayotimizni bir muncha yengillashtiradi. Biz texnologiyalardan foydalanar ekanmiz, o’z vaqtimizdan bir necha barobar unumli foydalangan bo’lamiz. Shu jumladan, o’zimiz haqimizdagi ma’lumotlar(qaysi institutda oqishimiz, qayerda yashashimiz haqidagi ma’lumot, passport va boshqalar)ni telefon yordamida elektron ko’rininda olishimiz mumkin. Texnologiyalardan insoniyatning har sohasida foydalanamiz. Misol uchun barchamiz foydalanadigan taksi xizmatini olaylik. Bu xizmatga “Yandeks Go” ilovasini misol qilib olishimiz mumkin. Biz avvallari taksi xizmatidan foydalanadigan bo’lsak uning bosh offisiga qo’ng’iroq qilishimiz keyin esa haydovchini biz bilan bo’glanishini kutishimiz kerak bo’lgan. Bu bilan hammasi tugamagan. Haydovchi biz bilan bog’langanidan so’ng biz qayerda turganligimiz ya’ni manzilimizni aytishimiz kerak bo’lgan. Bu buyurtmachiga ham, haydovchiga ham biroz noqulay bo’lgan. Chunki biz o’zimiz yashaydigon joydan boshqa joyda taksidan foydalanadigan bo’lsak, manzilimizni aniq yetkazib berolmas edik. Ba,zi bir haydovchilar esa shaharni yaxshi bilishmas edi. Texnologiya rivojlangandan so’ng bunday ovoragarchiliklarga barham berildi. Chunki hozirgi vaqtda taksi xizmatidan foydalanmoqchi bo’lsak o’zimiz turgan manzilni kiritishimizning o’zi yetarli. Bu ham bizga hech qanday qiyinchilik keltizmaydi, chunki biz manzilimizni qo’limiz bilan yozmaymiz. Buning uchun telefonimizdagi “joylashuv” tugmasini yoqishimizning o’zi yetarli. Bu borada turli xil tadbirlarda ham aytib o’tilgan. Shu tadbirlardan birida quyidagi fikrlar aytib o’tilgan:
“Oxirgi fikrologlarning prognozi bo’yicha yaqin o’ttiz yil ichida zamonaviy kasblarning 70 foizi yo’q bo’lib ketadi. IT texnologiyalari zamonaviy kasblarning 70 foizining o’rnini egallab qo’yadi. Shuning uchun ham inson kim bo’lishidan qat’iy nazar, dehqon bo’ladimi, shifokor bo’ladimi, o’qituvchi bo’ladimi, tadbirkor bo’ladimi, dasturchi bo’ladimi kim bo’lishidan qat’iy nazar IT ni o’rganishga majbur.IT ya’ni axborot texnologiyalarini zo’r o’rganishi kerak.
4 yil oldin kimdur kelib Toshkent shahrida internetni eng ko’p ishlatadigan qatlam shafyorlar bo’ladi desa kimdur ishonarmidi? Bugun Toshkentda ko’chada odamlar taksi to’xtatmay qo’ydi. Hamma “Yandeks taksi” yoki “My taksi” ilovalaridan foydalanmoqda. Shafyo’rlar ham o’rganib olib internetda ishlab yurishibdi. Xuddi shunaqa, ertyaga internet hamma joyga kirib boradi, internet texnologiyalari hamma joyga kirib boradi”
Texnologiyalarning rivojlanishi insoniyat hayotini tubdan o’zgartirish bilan bir qatorda, davlat iqtosodiyotining rivojlanishiga ham katta hissa qo’shadi. Bugungi kunda davlat iqtisodiyoti ham raqamlashib bormoqda. Shu bilan bir qatorda ‘qog’ozbozlik’ni ham oldini olmoqda. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning barchasi raqamli iqtisodiyotga o’tgan. Bizning mamlakatimiz ham shular qatorida bo’lishga harakat qilmoqda. Bu fuqarolar va davlat uchun bir qancha qulayliklarni vujudga keltiradi. Chunki davlatning barcha iqtisodiy ma’lumotlari yagona bazaga kelib tushadi. Shu bilan bir qatorda ulardan foydalanish va ularni boshqarishning qulay va tez bo’lishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning rivojlanishi fuqarolar uchun ham bir qancha qulayliklar keltiradi. Misol uchun respublikamizdagi banklar faoliyatini olaylik. Avvallari bank xizmatlaridan foydalanish bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqargan. Misol uchun bankdan kredit olish uchun uzundan uzun navbatlar, ayrim joylarda bank xodimlarining mijozlar bilan muomalasi ham noqulayliklar keltirgan. Biror bir joyga pul otkazish ham bir necha soatlab vaqtni talab qilgan. Bugungi kunda esa bularning barchasiga chek qo’yilmoqda. Bankdan kredit olish uchun banklarga borish shart bo’lmay qoldi. Chunki har bir bank o’zining elektron ilovasiga ega. Kredit olish uchun esa avvalgidek hujjatlar ham talab qilinmaydi. Buning uchun mijoz pasportining o’zi yetarli bo’ladi. Biror bir viloyatga, hattoki, chet mamlakatlarga pul o’tkazish uchun ham banklarga borish shart emas. Chunki bu ham elektron shaklda(“Click evolution” , “Apelsin” , “Pay Way” va shular kabi boshqa ilovalar yordamida) amalga oshirilmoqda. Bu ilovalardan foydalanish qulay va tez hisoblanadi va ulardan fjydalanish mobaynida hech qanday to’siqlarga duch kelmaysiz. Bulardan foydalanish ko’p vaqt, qulay sharoit va eng asosiysi hech qanday mablag’ talab etmaydi. Hattoki siz bu ilova yordamida pul o’tkazmasini amalga oshirsangiz sizga keshbek (ya’ni ilovadan foydalanganingiz uchun mukofot puli) qaytarishi ham mumkin.
O’zbekistonda IT texnologiyalarini rivojlantirish ishlari jadal sur’atlar bilan o’smoqda. O’zbekiston O’ta Osiyo mamlakatlari ichida ozining texnologiyalari bilan yaqqol ajralib turadi. Chunki mamlakatimizda texnologiya sohasidagi rivojlanishlar mustaqillik yillaridanoq boshlab yuborilgan. Bu borada bir qator qonun va farmonlar joriy etilgan.

Download 303.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling