Reja: kirish it sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


Oʻzbekistonda startap ekotizimining rivojlanishi


Download 303.99 Kb.
bet5/9
Sana26.03.2023
Hajmi303.99 Kb.
#1297763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davronbek tadqiqot ishi toliq

Oʻzbekistonda startap ekotizimining rivojlanishi
IT Parkʼning asosiy vazifalaridan biri bu mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirishdir. Ushbu sohada 2 yil ichida ulkan, murakkab ishlar amalga oshirildi, bu esa oʻz samarasini berdi. Yuzlab yoshlar IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridan oʻtdilar. Hammasi boʻlib IT Parkʼda 3 ta inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari oʻtkazildi, unda 49 istiqbolli loyihalar ishtirok etdi. Dasturlardan muvaffaqiyatli oʻtgan startaplar qatoriga quyidagilar kiradi: ArzonApteka (onlayn xizmat va million auditoriyaga ega arzon dori vositalarini topish uchun qulay dastur), OSTO (Oʻzbekistondagi tovar va chakana savdo doʻkonlari uchun onlayn platforma), prep.uz (veb mutaxassislar talabalar uchun juda arzon narxlarda video kurslarni taqdim etadigan platforma), Hopme (yetkazib beruvchilar bilan ishlashni soddalashtiradigan yuridik shaxslar bozori), Micros (Oʻzbekiston Respublikasida kichik biznes uchun ishlab chiqilgan raqamli buxgalteriya xizmati «yagona darcha», buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritish, qonuniy ahamiyatga ega boʻlgan elektron hujjat aylanishi va boshqalarni qoʻllagan holda kontragentlar bilan ishlashga imkon beradi. Coozin (Oʻzbekistondagi ishsiz va muhtoj ayollarga yordam berishga qaratilgan) va boshqalar.
Talabalar oʻrtasida startap ekotizimini ommalashtirish va talabalar startaplarini rivojlantirish
Startap ekotizimini va talabalar tadbirkorligini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida IT Park mamlakatimizning 16 ta universitetida inkubatsiya markazlarini ham ochdi. Mamlakatning quyidagi universitetlarida allaqachon inkubatsiya markazlari ochilgan:
- Toshkent shahridagi Inha universiteti;
- Toshkent shahridagi Amity universiteti;
- Toshkent moliya instituti;
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali;
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;
- Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali;
- Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
- Andijon davlat tibbiyot instituti;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali;
- Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Markazlarda turli xil ustozlik mashgʻulotlari, oʻquv mashgʻulotlari, shuningdek talabalar startaplarini rivojlantirish uchun treninglar, tanlovlar, Demo kunlar va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkaziladi.
Bugungi kunga qadar inkubatsiya markazlarida 123 dan ortiq startap-loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, universitetlar dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatgan istiqbolli loyihalarga 52,050,000 soʻm miqdorida mablagʻ ajratdilar. Hammasi boʻlib 12 ta inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va mahalliy va xalqaro mutaxassislar tomonidan 30 ga yaqin maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. 2020 yil dekabr oyida oʻsha paytda faoliyat yuritgan 6 ta inkubatsiya markazlari oʻrtasida «Talabalar kubogi» startap loyihalarining universitetlararo musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarini tashkil etdi.

Download 303.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling