“Informatika” kafedrasi Informatika o‘qitish metodikasi fanidan mavzu: Bulutli texnologiyalar va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llash
Download 494.15 Kb. Pdf ko'rish
|
k
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI “Informatika” kafedrasi Informatika o‘qitish metodikasi fanidan MAVZU: Bulutli texnologiyalar va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llash. Bajardi: 4-“A” guruh talabasi Shodmonova N.G‘.a Rahbar: t.f.d.(DSc) Nasirova Sh.N.. NAVOIY-2023 2 MUNDARIJA KIRISH ...................................................................................................3 1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va vujudga kelish jarayoni..........5 2. Bulutli texnologiyalarning turlari va xususiyatlari .............................8 3. Bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari. ..................17 4. Bulutli texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish ........21 XULOSA ................................................................................................26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................27 3 KIRISH Raqamli texnologiyalarning rivojlanishida ta’lim uzluksiz, individual yo‘naltirilgan, moslashuvchan va dinamik jarayon shaklida bo‘ladi. YuNESKO XXI asr uchun yuqori texnologiyali taʼlim kompetensiyalari va koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Hamma uchun ta’lim barqaror rivojlanishi, raqamli texnologiyalarning hamma joyga kirib borishi sharoitida inklyuziv bilimlar jamiyat talablariga mos keladigan AKT kompetensiyasi, media va axborot savodxonligi darajasini shakllantirish muammolari va yechimlarini tavsiflashni amalga oshirmoqda, AKT va pedagogika integratsiyasi muammolarni hal qilish yondashuvlari, shu jumladan ochiq ta’lim resurslari va o‘quv-uslubiy yordam, ommaviy ochiq onlayn ta’limdan foydalanish, shakllantirish uchun ishlatiladigan innovatsion texnika va texnologiyalar rivojlanishi bunga misol bo’la oladi. XXI asr — yuqori texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar asri. Endi hayotimizni elektron qurilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter, noutbuk, planshet yoki hatto uyali telefon. Ushbu qurilmalar ko‘plab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda «bulutli» texnologiyalar barcha rivojlangan mamlakatlarda faol qo‘llanilmoqda. Ular biznes, menejment, ta’lim va tadqiqot uchun innovatsion, tejamkor imkoniyatlarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda ma’lumotlarning juda tez 4 o’sishi, bilimning o‘zi o‘z-o‘zidan maqsad bo‘lib qolmoqda, ular shaxsning, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda bulutli texnologiyalarni o‘rganish alohida ahamiyatga ega: — bir kishining bir nechta kompyuterlarda ma’lumotlari bor masalan: ishdagi kompyuterda, uydagi kompyuterda, noutbuklarida, planshetlarida, ular orasida doimiy ravishda fayllarni uzatish, hujjatlarni ochish va tahrirlash uchun, dasturiy ta’minotlarning muvofiqligi haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak; — kompyuterning qattiq diski yoki flesh-kartalarining cheklangan hajmini bilish; — dasturiy ta’minot litsenziyasiga ega bo‘lish zarurati; Ushbu kurs ishim orqali bulutli texnologiyalar va ularni o‘quv jarayonida qo‘llashga to‘xtalib o‘tamiz. Kurs ishim 4 ta rejadan iborat. Birinchi mavzu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bulut haqida umumiy tushuncha: bulutli texnologiyalar, bulutli hisoblash, virtualizatsiya, servis va taqdimlash modellari,bulutli texnologiyalar yaratilish jarayoni. Ikkinchi mavzu: bulut texnologiyasining turlari va xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Uchinchi mavzu: bulutli texnologiyalardan foydalanishda afzalliklari va kamchiliklari, bulutli texnologiyalarda tarmoqlarning o‘zaro integratsiyalari jarayoni, bulutli texnologiyada ma’lumot himoyasini ta’minlashda asosiy metodlar va foydalanishda axborot himoyasi, bulutli texnologiyalarda apparat va dasturiy vositalarning qo‘llash imkoniyatlari. To‘rtinchi mavzu. bulutli texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llash: Ta’lim sohasida bulut texnologiyalari va ularning ta’limda tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 5 Download 494.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling