Reja: kirish it sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar


Download 303.99 Kb.
bet3/9
Sana26.03.2023
Hajmi303.99 Kb.
#1297763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davronbek tadqiqot ishi toliq

Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining 11 ta Qonuni;

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni;

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o’tdi.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda “qo’llik” axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali hat vositasida amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda “mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinasi, arifmometr kabilardan iborat bo’lgan.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, “elektromehanik” texnologiyalar bilan farq qiladi, uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko’chirildi.
4-bosqich. XX asr o’rtalariga to’g’ri kelib, “elektron” texnologiyalar qo’llanishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi ehmlar va ular asosida tashkil etilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda “kompyuter” texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik cositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

IT sohasini rivojlantirishiga tosiq bolayotgan omillar


Bugungi kunda O’zbekistonda IT sohasi jadal rivojlanmoqda. Bu borada O’bekiston Markaziy Osiyo davlatlaridan bir necha barobarga oldinlab ketgan. Ammo yurtimizda ham bir qator muammolar mavjud. Misol uchun 2022-yil mart oyidagi ma’lumotlarga ko’ra O’zbekistondagi 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Magistral avtomobil yo’llarining atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan bo’lib o’tgan yig’ilishda aytib o’tgan.
“Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni “drayver”sohaga aylantirib, IT xizmatlarini 2,5 barobar oshirish va eksportni 500 million dollarga yetkazish bo’yicha kata-katta maqsadlarni qo’ydik bir narsani aniq tushunish kerak. Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi”, deb ta’kidlagan davlat rahbari.
Yig’ilishda IT sohasida yechimini kutayotgan muammolar va ishga solinmagan imkoniyatlar hali ko’pligi qayd etilgan. Prezidentga ko’ra:

  • Hududlarning optik tolali internet bilan qamrab olish darajasi past – 72 foiz;

  • 118 ta olis qishloqlarga aloqa tizimi va internet umuman yetib bormagan. Shuningdek, magistral avtomobil yo’llarining atigi 38 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Umuman, hududlarda internet sifati va tezligi pastligicha qolmoqda;

  • “O’zbektelekom”ning daromadlari va samaradorligi boshqa mamlakatlar kommunikatsiya kompaniyalaridan ancha past.

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari yechimini kutib turgan yana bir nechta muammolar bor. Xususan, “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturi doirasida vazirlik va tarmoqlarning 11 ta loyihasi kechikmoqda.
Jumladan, Transport va Moliya vazirliklarida – 3tadan, Investitsiya, Sog’likni saqlash vazirliklari, Kadastr agentligi, Milliy bank, ”O’zagrosug’urta”da bittadan.
Shavkat Mirziyoyevga ko’ra, bugungi kunda ayrim vazirlik va idoralar eski, ishonchsiz va o’zaro integratsiya qilinmagan axborot tizimlaridan foydalanmoqda. Hududlarda IT sohasini rivojlantirish bo’yicha ishlar bir maromda emas. IT xizmatlarining 90 foizi Toshkent shahriga to’g’ri keladi. Eng og’ir holat Qoraqalpog’istion, Andijon va Surxondaryoda. Shu bilan birga, 46 ta hududiy loyiha ijrosi kechikmoqda.
IT sohasini rivojlanishining sustligi borasida Umidjon Ishmuhammedov ham o’zining intervyularidan birida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan:
“Hamma IT ga qiziqyapti, lekin elakdan o’tkazilganda 10 ta ham bola qolmayapti. Nega qolmayapti?-desa, karra jadvalini bilmaydi hali. IT o’qish uchun matematika, algoritm bazasi bo’lishi kerak, logika eng kata muammo. IT o’qimoqchi. Nega?-chunki uning mativatsiyasi ko’proq pul toppish. Lekin, unga o’tish uchun baza bo’lishi kerak. Baza shunchalik bo’lishi kerakki, karra jadval uyoqda tursin, fundament bo’lishi kerak. Biz bu fundamentsiz rassommiz. Men maktabda faqat kollej ochaman degan edim. Lekin, kollejga kiryapman bollar judayam sust. Yana pastga tushyapman, yana pastga tushyapman. Holat 1-sinnfgacha tushishni taqozo qilyapti. Boshqattan o’qitgin deyapti. Sen agar xohlayotgan bolani istayotgan bo’lsang, boshidan bilimini boshqacha berishing kerak deyapti. Men hamma bilim yomon demiman. Haqiqattan tan olaman 1-sinfdan 5-sinfgacha qanaqadur darajada bor. Ya’ni o’qituvchilar 1-sinfdan 5-sinfgacha bo’lban bilimni bera olishadi. 5-sinfdan keyin muammo. O’sha kimyo, fizika, biologiya qo’shilgan paytda qyerda bu o’qituvchila. Ya’ni 5-sinfdan keyin ham bollarni o’qitishni kuchaytirish kerak”.

O’zbekistonda IT sohasining so’ngi 5 yil davomidagi rivojlanishi, IT park va reytinglar


5 yil davomida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasi, boshqa barcha sohalar singari, katta oʻzgarishlarga duch keldi, bu keyinchalik nafaqat iqtisodiyotga, balki butun mamlakat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Xususan, internet tezligi oshdi, Butunjahon internet tarmogʻidan, optik aloqa liniyalaridan, mobil tayanch stansiyalaridan va boshqalardan foydalanuvchilar soni, IT-mutaxassislari sezilarli darajada oshdi.
Bugun biz mamlakatdagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi ulkan oʻzgarishlarni kuzatishimiz mumkin va bu oʻzgarishlar asosan hukumat tomonidan soʻnggi 5 yil ichida koʻrsatib kelinayotgan qoʻllab-quvvatlashga bogʻliq.

Bundan tashqari, 2019-yil 24-iyulda IT sohasida Oʻzbekistonning birinchi texnoparki –” IT Park Uzbekistan”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Va endi, bundan ikki yil oʻtib, IT Park oʻzining tugʻilgan kuni sharafiga, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni yaxshilash, mamlakatimiz IT sanoatida milliy IT mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda rivojlantirish uchun xorijiy hamkorlarni jalb qilish maqsadida “IT Park Rewind 2021” onlayn konferensiyasi tashkil qilindi, unda mahalliy spikerlar Oʻzbekistonda IT madaniyatini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish, IT loyihalarini yaratishning oʻziga xos xususiyatlari va bizning IT-kompaniyalarimizga bagʻishlangan taqdimotlar bilan qatnashdilar.


IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov taʼkidlaganidek: “IT sektori va xususan IT Park Oʻzbekistonda jadal rivojlanmoqda, noyob IT infratuzilmasi yaratilmoqda, raqobatdosh yosh IT kadrlar tarbiyalanmoqda. Oʻzbekistonni MDH mamlakatlarining IT yetakchisiga aylantirish”.
Biz oʻz oldimizga juda katta maqsadlarni qoʻyganmiz – 2025-yilga kelib biz autsorsingda ishlaydigan, kuchli venchur kapital bozorini yaratadigan, keng koʻlamli IT mahsulotlarni yaratadigan, tashqi bozorlarni faol ravishda oʻrganadigan va 2028-yilga kelib milliy bozorni yaratishga erishadigan aholining 70 foiziga ega boʻlishimiz “Yakkashox” va IT xizmatlari eksporti sonining 1 milliard dollarga koʻpayishiga erishishi kerak.



Download 303.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling