Reja: kirish it sohasining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati


IT Parkʼda rezidentlik va oʻzbekistonlik IT kompaniyalar potensiali


Download 303.99 Kb.
bet6/9
Sana26.03.2023
Hajmi303.99 Kb.
#1297763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davronbek tadqiqot ishi toliq

IT Parkʼda rezidentlik va oʻzbekistonlik IT kompaniyalar potensiali
Ikki yil davomida IT Park oʻziga nafaqat mahalliy darajada faoliyat koʻrsatadigan, balki dunyo arenasiga chiqqan IT kompaniyalarning yaxshi bazasini yigʻishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan, 2 yil ichida IT Park rezidentlari soni 486 taga yetdi. Ular orasidan 17 nafari xalqaro kapitallar yordamida tashkil etilgan. Rezident kompaniyalarning chetga chiqargan eksport qiymati $22.6 mln tashkil etadi. 2021-yilning oxiriga qadar ushbu koʻrsatkichni $40 mlnga koʻtarish koʻzda tutilgan.
Boshidanoq hukumat koʻmagi yordamida IT kompaniyalari Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdi. Xususan, IT Park rezidentlari quyidagi imtiyozlarga ega:
- daromad soligʻi - 7,5%
- QQS, daromad soligʻi, yer soligʻi va boshqalar - 0%;
- ijtimoiy soliq - 0%;
- uskunalarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish.
IT Park norezidentlari uchun soliqlar:
- daromad soligʻi - 12%
- QQS, daromad soligʻi, yer soligʻi va boshqalar - 5-10%;
- ijtimoiy soliq - 12-25%;
- uskunalarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishda bojxona toʻlovlari mavjud.
Berilgan imtiyozlar tufayli koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi va eksport hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. IT Park rezidentlari jahon bozorlariga chiqib, oʻz xizmatlarini xorijiy kompaniyalarga taqdim etishadi.
2019-yilda xizmatlar hajmi 529,1 milliard soʻmni tashkil etdi va 2020-yil oxiriga kelib ushbu koʻrsatkich 191 foizga oʻsdi va 1,0 trillion soʻmdan oshdi. 2021-yil oxiriga kelib, xizmatlar hajmi 1,3 trln. sumga koʻtarildi.
IT Parkʼning AQShdagi vakolatxonasi
IT Park filiallarini ochish faqat Oʻzbekiston bilan cheklanib qolmaydi. Shunday qilib, 2020-yil 18-avgust kuni IT Park AQShda Delaver shtatida oʻz vakolatxonasini ochdi. Aynan shu kuni Oʻzbekiston mahalliy IT kompaniyalari tashqi bozorga chiqishi uchun imkoniyat yaratish uchun yana bir qadam tashladi.
AQShda IT Park vakolatxonasini ochishdan maqsad oʻzbek kibersport bozorini rivojlantirish (autsorsing) uchun oʻzbek kompaniyalarining AQSh bozoriga kirishini va konsolidatsiyasini taʼminlash, IT Park rezidentlarining mahsulot va xizmatlarini reklamaqilish, xalqaro bozorlar hamda startap-loyihalarga chet el investitsiyalarini jalb qilishdan iborat. Bu, oʻz navbatida, oʻzbek kompaniyalarining AQSh kompaniyalari bilan faol oʻzaro munosabatlariga va keyinchalik IT Parkʼning Markaziy Osiyodagi eng yirik va ishonchli hamkor sifatida shakllanishiga olib keladi.
Qolaversa, vakolatxona har ikki tomon uchun ham - buyurtmachi uchun bajarilgan ishning sifati uchun, bajarilgan ish uchun toʻlov uchun ijrochi sifatida kafil boʻlib xizmat qiladi.

Download 303.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling