Reja: Kirish Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari aqsh iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi tashqi omillar aqsh federal zaxira tizimi foiz stavkalari aqshda davlat qarzidan tashqari


Download 89.52 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi89.52 Kb.
#1398819
1   2   3
Bog'liq
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi

Qarzga botish
Mehnat bozori muammolari faqat AQSh iqtisodiyotidagi uzilishlar tufayli yuzaga keladi. Uzilishlarning sababi esa bugun nafaqat AQShda, balki butun dunyoda karantin davom etayotgani bilan bog‘liq. Dunyo iqtisodiyotining pastlashi AQShda savdo ko‘rsatkichlari tushib ketishi bilan izohlanadi: so‘nggi bir oy ichida AQSh portlariga tovarlar oqimi 10 foizga kamaydi, deb ma'lumot bermoqda Bloomberg.
AQShning eng yirik savdo sherigi Xitoy. So‘nggi yillarda Tramp Xitoy bilan savdo aloqalarida ancha muammolar yaratdi va uning ritorikasiga ko‘ra, hozircha bu mamlakat bilan o‘zaro savdo-sotiqning tez tiklanishiga umid qilish kerak emas. Qolaversa, Tramp hozirgi og‘ir vaziyatga qaramay, joriy yil boshida Xitoy bilan o‘nglana boshlagan savdo aloqalarini Chin yurtini koronavirus tarqatishda ayblab, yana murakkablashtirib yubordi.


Xulosa
Mamlakatning 1 trillion dollardan ortiq tashqi qarzi aynan Xitoyga tegishli hisoblanadi. Savdoga asoslangan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma Shtatlar misli ko‘rilmagan qarzlarni olmoqda. Ikkinchi chorakning atigi uch oyida AQSh 3 trillion dollar qarz oladi – bu davlat qarzlarini joylashtirishning odatdagi yillik hajmidan ancha ko‘p hisoblanadi.
2019 yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz davrida AQSh moliya vazirligi butun yil uchun bu yil olayotgan qarzining deyarli yarmini, o‘tgan yil esa joriy yildagidan uch marta kamroq qarz olgan.
Joriy yilda yillik qarz miqdori 4 trillion dollardan oshishi mumkin. Bu deyarli AQShning 4,8 trillion dollar bo‘lgan yillik budjetiga teng. AQShning umumiy qarzi esa yillik YaIM hajmidan (20 trillion dollar) ham oshib ketishi mumkin.
AQShga qarz berish sarmoyadorlar orasida juda ommabop hisoblanadi. Shu tufayli hukumat yana qarz beruvchilarni topishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, dollar zaxira valutasi hisoblanadi va Qo‘shma Shtatlar lozim topilganda uni xohlaganicha chop etishi mumkin. Bunday holatlarda AQSh moliya vazirligi obligatsiyalar chiqaradi va Federal rezerv ularni qisman naqd pullarda sotib oladi.
Hukumat uchun pul chop etish va tarqatishdan ko‘ra, hozirgi holatda nol stavkasida kredit berish va inflatsiya qaytganida uni yuqori stavkada sterilizatsiya qilish foydaliroq.
Bugun AQShda davlat qarzidan tashqari, odamlarning qarzlari ham o‘sib bormoqda, ularda davlatdan farqli o‘laroq pul chop etish imkoniyati yo‘q. Birinchi chorakda amerikaliklarning qarzi rekord darajada (14,3 trillion dollargacha) o‘sdi. Ushbu o‘sish asosan ipoteka kreditlari, o‘qish kontraktlari va kreditga avtomobil sotib olish hisobidan bo‘ldi. Qizig‘i, bu hisobot tayyorlanayotganda hali karantin joriy qilinmagan edi.
Keyingi navbatda asosiy yuklama katta ehtimol bilan kredit kartalari bo‘yicha qarzdorlikka tushadi: hukumat ortidan oddiy amerikaliklar ham qarzga botib, kelajakda qo‘lga kiritadigan daromadlarini oldindan sarflay boshlaydi. Yupanch beradigan bitta holat bor: koronavirus qachondir yo‘qoladi va iqtisodiy o‘sish qaytadi.

Download 89.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling