Reja: Kirish Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari


Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari


Download 34.81 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1415507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari

Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari
Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlarga to'g'ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Natijada, xo'jalik aloqalarining baynalmilallashuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi, ya’ni u milliy chegaradan chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarish yoki iqtisodiyotning baynalmilallashuvini zarur qilib qo'yadi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuvi - bu mamlakatlaming jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlaming tobora kengroq tarmoqlarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi1. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmilallashuvi natijasida jahon xo'jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:1

  1. Tovar va xizmatlar jahon bozori.

  2. Kapitallar jahon bozori.

  3. Ishchi kuchi jahon bozori.

  4. Xalqaro valuta tizimi.

  5. Xalqaro moliya-kredit tizimi.

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisosiashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo'naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlaming shakllanishiga olib keladi. Awallari xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalmilal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ulaming negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topa boshladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlami o‘z ichiga oluvchi umumjalion xo'jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitga ega emas, ya’ni ulaming turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko'lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozoming hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlami ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlami boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo'lmaydigan tovarlami jahon bozoridan sotib olishga intiladi. Har qanday mulkchilik shakllariga asoslEmgan o'zining iqtisodiy rivojlanish yo'llarini tanlab olgan davlatlar milliy iqtisodiyotlarini rivojlantirish asosida o‘zlarining ishlab chiqarish vositalariga xom ashyolarga boMgan talablarini va aholini iste’mol talablarini to‘liq qondirish masalasi muammo hisoblanadi. Jahon xo'jaligi globallashuvi sharoitida mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlami takomillashtirish asosida mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish masalasi jahondgi barcha davlatlar oldida turgan hal etilishi zarur bo'lgan muammodir. Jahon xo‘jaligini rivoj lantirishda xalqaro mehnat taqsimoti uni davlatlar o‘rtasida kooperatsiyalashuvini taqozo etadi. Xalqaro mehnat taq simoti mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulot tannarxini arzonlashuviga olib keladi. 1776-yilda iqtisodchi olim A.Smit yaratgan absolyut samaradorlik nazariyasi xalqaro mehnat taqsimotini va mamlakatlaming ma’lum ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ixtisoslashuvi zarurligini ko'rsatib bergan.
Buning asosi mamlakatlaming ma’lum iqtisodiy mintaqalarda joylashishi, ularga tabiiy iqlim sharoitlar, yer osti boyliklari, ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish taraqqiyotlarini bir-birlaridan ajralib turishidir. Shuning uchun ham ayrim mamlakatlar mutlaq iqtisodiy holatda bo‘lib yuqori darajada daromad oladilar. Ingliz iqtisodchisi D.Rikardo nisbiy samaradorlik nazariyasini 1817-yilda yaratib bu nazariyaga asosan har qanday mamlakatlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga ta’minlash mumkinligini aytib o‘tgan. Nisbiy samaradorlikka ishlab chiqarishni ihtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga erishish mumkin.1



Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling