Reja: Kirish Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari
Jahon iqtisodiyoti aloqalarini xalqaro tartibga solish
Download 34.81 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyoti aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi davlatlararo xo‘jalik aloqalarini tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligi vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlami tartibga solish milliytashkiliy shakllardan boshlanadi. X o‘jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg'unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi. Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblami o‘matishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalami aniqlovchi kelishuvlami ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalami o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tartibga solisliga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan (Millatlar ligasi 1919-yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929-yil), xalqaro darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. Jumladan, 1945-yil maxsus xalqaro uyg'unlashtiruvchi muassasalarXalqaro valuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartibqoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo'yicha bosh kelishuv (TSBK), Jahon savdo tashkiloti (JST), Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlami erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi. Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib-qoidalarini qayd qiluvchi, 1948- yilning 1-yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo'yicha bosh kelishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko‘rsatib, 1995-yil 1-yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) deb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bogMiq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko'prog'ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi ish olib boradi, milliy manfaatlami o'zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, tarifli va tarifsiz cheklashlami aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o'tkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababfi o'zaro maqbul qarorlami qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko'plab qiyinchiliklar bilan erishiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming yana bir ahamiyatga molik sohasi - bu valuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlami uyg'unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tash kiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiyaning har yillik kengashi bu sohada muhim ro‘l o‘ynaydi. Valuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o'zining nizomiga muvofiq valuta kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valutamoliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan birga Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlami o'rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviyN iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlami birlashtiruvchi IHRT muhim ro‘l o ‘ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli funksional aloqalarni o’rganislini amalga oshiradi, valuta va budjet siyosati, narx, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991-yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xalqaro tartibga solish tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 1 80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o'zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga solish shakllari evolutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o‘zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiJuvchi davlatlar sonining keskin ko'payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. 80-yillaming o‘rtalarida dunyoda AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markazi vujudga keldi, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko'rsatdi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlaming ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBK, XSTga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keldi. Yevropa Ittifoqi (YI) doirasida yagona bozomi bunyod etilishiga harakat tufayli yagona umumyevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valuta va siyosiy ittifoq ta'sis etildi. Bu ittifoqning shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator Yevropa muassasalari tuzildi. Yevropa Ittifoqining ijroiya organi Yevropa hamjamiyati Komissiyasi (YHK) dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar Kengashi mavjud boladi. Xulosa Shunday qilib, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuz berganligi va ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, katta ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar keltirganligi rivojlangan mamlakatlar hukumatlarini jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Ushbu inqirozga qarshi birgalikda kurashish va uning oldini olish maqsadida dastlab, 2008-yil noyabr oyida Vashingtonda, keyin 2009-yil aprel oyida Londonda jahon yalpi 465 mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokidagi sammit o'tkazildi. Birinchi Prezidentimiz dastlabki sammit muhokamalarida inqirozni keltirib chiqargan sabablar tahlili bo‘yicha sammit ishtirokchilarining yagona yondashuvga ega emasligi, shu bois ushbu global moliyaviy inqirozning jiddiy va uzoq davom etadigan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan umumiy va samarali dastur ishlab chiqish haqida hali erta ekanligini qayd etib, «shu bilan birga, mazkur sammitning bo'lib o'tgani, unda jahon moliya inqirozi bilan bog‘liq muammolar va vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinganining o‘zi umid uyg‘otadigan ijobiy hoi ekani shubhasiz» [13], deya baholadilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fewaldagi PF4947-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”iga 5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: 0 ‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish; fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolami oldini olish; favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. 5.2. Chuqur o‘ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlaming teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 0 ‘zbekis466 tonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish; 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish. Download 34.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling