Reja Kirish Kadrlar siyosati va uning raqobatlashish taraqqiyotidagi roli Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi


Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi, va aniqlash yo‘llari


Download 109.88 Kb.
bet2/10
Sana29.03.2023
Hajmi109.88 Kb.
#1307680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu

Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi, va aniqlash
yo‘llari


Mehnat salohiyatini baholash va tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy jihatdan turli guruhlarga mansub, chunki mehnat salohiyatining u yoki bu jihatlarini ifodalaydi.
Raqobatlashish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha amalga oshirilgan choralar natijasida Iqtisodiyotda band bo'lgan 1 kishiga mehnat unumdorligi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida o'tgan yilga nisbatan 5,6foiz ga ko'payishi ta’minladi. shu bilan birga, respublikada o'rtacha ko’rsatkichidan (68690,2 ming so'm) mehnat unumdorligi ko’proq ekanligi Toshkent shahrida (122498,6 ming so'm), Sirdaryo (100165,8 ming so'm), Qashqadaryo (99299,1 ming so'm), Navoiy (94884,4 ming so'm) viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida (81524,6 ming so'm) kuzatildi.

1-rasm. 2017 yil yanvar-dekabr oylarida Iqtisodiyotda mehnat unumdorligi (Iqtisodiyotda band bo'lgan 1 kishiga ming so'm)2


Mehnat salohiyatini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlar iqtisodiy mazmunga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  • mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

  • mehnat salohiyati bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

  • mehnat salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga quydagilarni kiritish mumkin:

  1. Mehnat salohiyatining o‘rtacha soni.

  2. mehnat salohiyatining tarkibi.

  3. mehnat salohiyatiing oboroti.

  4. mehnat salohiyatining qo‘nimsizligi.

  5. mehnat salohiyatining turg‘unligi.

Mehnat salohiyatining o‘rtacha soni tahlil qilinayotgan hisobot davrida aniqlanadi. Buni hisoblash uchun mehnat salohiyatining davr boshidagi (Ms.db) va oxiridagi (Ms.do) soni qo‘shilib, ikkiga bo‘linadi:

Ms= (Ms.db + Ms.do)/2



Download 109.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling