Reja Kirish Kadrlar siyosati va uning raqobatlashish taraqqiyotidagi roli Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi


Download 109.88 Kb.
bet3/10
Sana29.03.2023
Hajmi109.88 Kb.
#1307680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu

Mehnat salohiyati tarkibini tahlil qilganda xodimlarni alohida kategoriyalari bo‘yicha aniqlash lozim. Masalan, umumiy mehnat salohiyatida oliy ma’lumotli xodimlar (Omx) ulushini yoki o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar (O‘mx) ulushi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.

Ms.t = O‘mx/ Ms Ms.t = Omx / Ms


Bulardan tashqari, umumiy mehnat salohiyatida boshqaruv xodimlari ulushi, muhandis-texnik xodimlar ulushi kabi ko‘rsatkichlarni ham aniqlash mumkin. Ms.t = Msi/Ms bunda:Msi- mehnat salohiyatining alohida guruhlari.
Mehnat salohiyati oborotini tahlil qilish ham hozirgi davrda katta ahamiyatga ega. ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun barcha ishga qabul qilingan xodimlarga (Ms.q) ishdan bo‘shatilgan xodimlarni (Ms.b) qo‘shib, umumiy mehnat salohiyati soniga bo‘lamiz.
Ms.ob = (Ms.q+Ms.b) / Ms.
Ushbu ko‘rsatkichni alohida ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan xodimlar bo‘yicha ham aniqlash mumkin:

Ms.obk = Ms.q / Ms ; Ms.ob.b = Ms.b / Ms


Mehnat salohiyatining ko‘nimsizligi umumiy mehnat salohiyatida salbiy oqibatlar natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ulushini ifodalaydi. Salbiy sabablar bilan ishdan bo‘shaganlar tarkibiga o‘z arizasi bilan bo‘shaganlar ham kiradi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Ms.kun = Ms.salb / Ms.
Mehnat salohiyatining turg‘unligi ham uning holatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Buni shu korxonada (firmada, kompaniyada) uch yildan ortiq ishlagan xodimlar sonini ((Ms 3 yildan ko‘p ishlaganlar) mehnat salohiyatining umumiy miqoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
Ms.tur = Ms 3 yildan ortik ishlaganlar / Ms.
Mehnat salohiyati bilan ta’minlanganlikni ifodalash uchun quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:

  • Mehnat salohiyati bilan shtat jadvalining ta’minlanganligi.

  • mehnat salohiyati sig‘imi.

  • mehnat salohiyatining qurollanganligi.

  • aylanma mablag‘larning mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi.


Download 109.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling