Xulosalar
Mehnat motivatsiyasining asosiy omillari ehtiyojlar va qiziqishlar bo‘lib, ular moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin.
Mehnat motivatsiyasi jarayonining eng muhim elementlari qadriyatlar - sub’ektning, ijtimoiy guruhning hayot va ishlashning asosiy va muhim maqsadlari to‘g‘risidagi tassavurlaridir, qadriyatli yo‘nalishlar esa, inson xulq-atvoridagi yo‘nalish, mo‘ljaldir.
Sabablar yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishda shuni nazarda tutish kerakki, ularning mazmuni ko‘proq qadriyatlar va normalar mazmunini, avvalo shaxsiy ehtiyojlar hamda qiziqish yo‘nalishidan ko‘ra ijtimoiy jihatdan maqullangan qadriyatlar va normalar mazmunini, avvalo shaxsiy ehtiyojlar hamda qiziqish yo‘nalishidan ko‘ra ijtimoiy jixatdan ma’qullangan qadriyatlar va normalar mazmunini aks ettiradi. Bunda sabablar ierarxiyasi qadriyatlar ierarxiyasidan dalolat beradi. Extiyojlar va qiziqishlar tuzilishini esa faoliyatning har xil turlariga doir vaqt sarflari aks ettiradi. Turli ijtimoiy guruhlar xodimlarining hulq-atvotining sabablari, yo‘l-yo‘riqlari, qadriyatli yo‘nalishlarini, shuningdek ularning tuzilishini o‘rganish xodim nima sababdan mehnat qilayotganligini aniqlash imkonini beradi. Mehnat faolligiga undovchi ichki sabablarni bilish asosida yaratiladigan rag‘batlar tizimi mehnatga munosabatlarning optimal tipinp shakllantirishning asosi hisoblanadi. Jamiyatda amal qilayotgan rag‘batlar tizimi faqat xodimlarning etakchi ehtiyojlariva qiziqishlarini amalga oshirishga yordam bergandagina samarali bo‘ladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O‘zbekiston 2009 y.
2. Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Oliy o‘quv yurti studentlari uchun darslik – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008 y. .- 656 b.
3. ErgashevF., Raximova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov Sh. Innovatsion menejment. Darslik.T.: «Akademiya», 2005y
Do'stlaringiz bilan baham: |