Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi auditorlik amaliyotida auditorlik hisobotining tuzilishi va auditorlik xulosasi berilishida yetakchi xalqaro auditorlik standartlari hamda auditorlik faoliyati milliy standartlari talablaridan kelib chiqib auditorlik hisoboti tuzilishini takomillashtirish hisoblanadi. Aynan yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishida quyidagi vazifalar belgilandi:
Auditorlik xisoboti va auditorlik xulosasi tushunchalarining iqtisodiy mohiyatini ochib berish;
O'tkazilayotgan auditorlik tekshiruvi natijalarini baholashda, umumlashtirishda va auditorlik xisoboti tuzilishida mijoz korxonaga berilgan auditorlik xulosasi tashqi foydalanuvchilar uchun ishonchli va samarali bo'lishida optimal darajalarni belgilash;
Auditorlik xisoboti tuzilishining mamlakatimiz va xorijiy tajribalarga asosan tuzilishini kursatib berish;
Auditorlik xisobotining tuzilishi va uning tarkibini takomillashtirish yo'llari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob'ektibo’lib, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etishda rejalashtirish va uni takomillashtirish masalalarini o’rganish hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo'lib auditorlik tekshiruvi davomida auditorlik xisoboti va moliyaviy hisobot to'g'risidagi auditorlik xulosasini tuzish va qo'llashni tashkil etish, tekshiriladigan korxona(mijoz) faoliyatini o'rganish, buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o'rganish, ichki nazorat tizimini o'rganish va baholash hamda korxonani auditorlik tekshiruvidan o'tkazish ish dasturi va auditorlik xizmati ko'rsatish haqida shartnoma tuzish, yakuniy auditorlik xisoboti tuzilishi va auditorlik xulosasi berilishi hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Kursishiningning nazariy asosini xorijlik va O'zbekistonlik iqtisodchi olimlarning auditorlik hisoboti tuzilishi va uning tarkibini takomillashtirish muammolariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlari, ushbu masalaga oid O'zbekiston Respublikasining xujalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tartibga soluvchi Qonunlari, Prezident SH.M Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va bozor munosabatlariga bag'ishlangan farmonlari, asarlari hamda ko'rsatmalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya Vazirligining buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyotiga oid me'yoriy hujjatlari, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari, shuningdek, iqtisodchi olimlarning shu sohaga oid ilmiy ishlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining tavsiyalaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |