Reja: Kirish Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari


Amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhlari (kichik guruhlari) bo’yicha amortizatsiyaning cheklangan me’yorlari


Download 55.03 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1592278
1   2   3   4   5   6   7
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhlari (kichik guruhlari) bo’yicha amortizatsiyaning cheklangan me’yorlari



Asosiy vositalarning nomi

Amortizatsiyaning
yillik eng yuqori
me’yori, foizlarda

I

Binolar, imoratlar va inshootlar




1.

Binolar, imoratlar

3

2.

Ko‘priklar

5

3.

Dambalar, to‘g‘onlar

4.

Korxonalarning temir yo‘llari

5.

Qirg‘oqni mustahkamlovchi, qirg‘oqni himoyalovchi inshootlar

6.

Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar

7.

Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i

8.

Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i

9.

Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari

10.

Issiqxonalar va parniklar

11.

Boshqa inshootlar

II

Uzatish qurilmalari




1.

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8

2.

Ichki gaz quvurlari va boshqa quvurlar

3.

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari

III

Kuch mashinalari va asbob-uskunalar




1.

Issiqlik texnik asbob-uskunalari

8

2.

Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari

3.

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar

4.

Kompleks qurilmalar

5.

Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV

Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)




1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar

15

2.

Qishloq xo‘jaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari

3.

Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari

4.

Nasoslar

5.

Yuk transporti, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari

6.

Boshqa mashinalar va uskunalar

V

Harakatlanuvchan transport




1.

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20

2.

Yengil avtomobillar

3.

Sanoat traktorlari

4.

Kommunal transport

5.

Boshqa transport vositalari

VI

Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari




1.

Kompyuterlar

20

2.

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari

3.

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi

4.

Boshqalar

VII

Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar

15

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi.

Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya me’yorini qo‘llash orqali, biroq ushbu Kodeksda belgilangan eng yuqori me’yordan oshmagan holda hisoblab chiqiladi. Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu Kodeksda belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan me’yorlar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.


Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratilgan zamonaviy, serunum texnika vositalarini sotib olishga intiladi. Korxonada ma’naviy jihatdan tez eskiradigan asosiy vositalar uchun tezkor amortizatsiya usulidan ham foydalaniladi. Lekin bu jarayon ular yordamida yetishtiriladigan mahsulotlarning tannarxlariga bevosita ta’sir etadi. Chunki bunda mahsulot tannnarxiga o‘tkaziladigan amortizatsiya summasi ko‘payadi. Shuning uchun bu usulni qo‘llashdan avval ularning o‘rindoshligini, sarf-xarajatlarini va boshqa jihatlarini e’tiborga olish lozim.
Korxonalarning fondlari tarkibida aylanma fondlar ham muhim ahamiyatga ega. Aylanma fondlar – mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish jarayonida bir marta qatnashib, qiymatini shu mahsulotlarga to‘liq o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan vositalardir. Ularga yoqilg‘i, yog‘lovchi materiallar, kimyoviy vositalar, kam qiymatli, tez to‘zuvchi materiallar, joriy va valyuta hisob raqamlaridagi, kassadagi mablag‘lar va boshqa shu kabilar kiradi. Aylanma fondlar ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz amalga oshishini ta’minlab turadi. Aylanma fondlar ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashib, o‘z shaklini o‘zgartiradi. Masalan, yonilg‘idan foydalanish natijasida texnikalar ish bajaradi va hokazo.
Aylanma fondlar ishlab chiqarish jarayonida bajarayotgan vazifalarini e’tiborga olgan holda uch guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va muomaladagi vosita va mablag‘lar.
Aylanma fondlarining aylanishi o‘zida uch bosqichni mujassamlashtiradi: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya (sotish).
Aylanma fondlarning tarkibi korxonalarning ixtisoslashuviga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi korxonaning aylanma fondlari tarkibi bilan savdo sohasida faoliyat yurituvchi korxonaning aylanma fondlari tarkibi bir-biridan farq qiladi.
Aylanma fondlar mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxona faoliyatining so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydi. Ta’sir etish darajasiga qarab aylanma fondlar:
- korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi;
- ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir qiluvchi aylanma fondlarga bo‘linadi.
Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish va olinadigan foyda summasini ko‘paytirish uchun aylanma fondlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.



Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling