Reja: Kirish Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari


Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari


Download 55.03 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1592278
1   2   3   4   5   6   7
4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.

Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar korxonalarda foydalanilayotgan asosiy va aylanma fondlarning iqtisodiy samaradorligi yuksalishiga xizmat qilmoqda. Kelajakda bu o‘sish sur’atini yanada oshirishga erishish uchun korxonalarda mavjud bo‘lgan barcha asosiy va aylanma fondlardan yil mobaynida to‘liq va maqsadga muvofiq samarali foydalanish zarur. Zamonaviy, serunum texnikalardan, samarali texnologiyalardan oqilona foydalanish natijasida dastavval mehnat unumdorligini oshirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini ta’minlab, yetishtiriladigan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish evaziga olinadigan foyda summasini ko‘paytirishga erishish lozim.


Avvalo, korxonalarning asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishdan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish lozim. Shuningdek, ularda mulkka egalik hissini shakllantirish va mulkdan samarali foydalanishdan manfaatdorligini yuksaltirish kerak.
Korxonalar ixtiyoridagi barcha asosiy va aylanma fondlardan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim. Shuningdek, korxonalarning joylashishi, ixtisoslashishi va ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligiga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikka alohida e’tibor berish kerak. Agarda korxonalar barcha vositalar bilan talab darajasida yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa, bu masalani hal etish bilan bog‘liq tadbirlarni, yo‘llarni aniqlash zarur. Jumladan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doimo e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

  • korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya’ni qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha mexanizmlar bo‘lishiga erishish;

  • asosiy vositalarning holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;

  • zarur bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;

  • ta’minotchilardan asosiy vositalarni qulay usullarda sotib olishni tashkil etish;

  • korxonalar faoliyatiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazo.

Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali korxonalar iqtisodiyoti yuksalishiga erishish lozim.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga e’tibor berish kerak:

  • korxonalar faoliyatida foydalaniladigan aylanma fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;

  • aylanma fondlarni sotib olish tartibini takomillashtirish;

  • aylanma fondlarning optimal tarkibini ta’minlash;

  • aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirish;

  • debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish;

  • mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish.

Yuqoridagi tadbirlarga e’tibor berish kelajakda korxonalardagi asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali foydalanilishini ta’minlaydi.


Xulosa
Korxonalarning ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanishini yaxshilashda, jonli mehnat sarflari tejalishida, mahsulotlar sifati yaxshilashda asosiy va aylanma vositalar muhim ahamiyatga ega.
Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish darajasini va ularning iqtisodiy samaradorligi holatini aniqlashda tegishli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Hozirgi davrda asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati, samaradorligini oshirishga va korxonalarning ular bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ulardan foydalanish holatini va samaradorligini oshirish uchun korxonalarni bunday vositalar bilan to‘liq va mutanosib ravishda ta’minlash, asosiy fondlarning ishga yaroqliligini oshirish, ulardan yil davomida oqilona foydalanishga erishish, aylanma fondlardan tejab foydalanish, ularni sotib olish usullarini takomillashtirish, ulardan unumli foydalanish, moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish zarur.

Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling