Reja: Kirish Korxonalarning asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari


Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari


Download 55.03 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1592278
1   2   3   4   5   6   7
2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari.

Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma fondlar bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida turlicha yo‘llar bilan shakllantirilib, barpo etilmoqda. Qishloq xo‘jaligik korxonalari ayrim asosiy vositalarni (bino, inshootlarni) o‘zlari quradi, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlaydi, bog‘lar barpo etadi, chorva hayvonlarini parvarish qiladilar. Ayrim asosiy vositalarni sotib oladi, ba’zi birlarini esa ijaraga oladilar.


Asosiy va aylanma fondlar quyidagi ikkita manbadan shakllantiriladi:
- korxonalarning o‘z mablag‘laridan;
- chetdan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga.
Korxonalarning o‘z mablag‘lariga sof foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan tushadigan mablag‘lar, asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘, qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va boshqa shu kabilar kiradi. Chetdan jalb qilingan mablag‘larga esa davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, banklardan olingan kreditlar, jalb etilgan investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat byudjetidan ko‘plab mablag‘lar ajratilmoqda. Mazkur mablag‘lar asosan irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) barpo etishga, qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, ekologiyani sog‘lomlashtirishga, qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha texnikalarni sotib olish uchun mablag‘lari yetishmasligi mumkin. Bunday sharoitda ularni lizing asosida ijaraga olish va lizing muddati tugagandan so‘ng qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan lizing faoliyati izchil qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalari turli vositalarni lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, soliqlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari o‘zlarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalarining xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishda qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday munosabatda vositachilar bo‘lmasligi sababli vositalarni arzonroq sotib olishga erishiladi. Shuning uchun xo‘jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta’minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo‘jalik korxonalari asosiy va aylanma vositalarni xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar va boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar. Bunda ishlab chiqarish fondlarining bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak. Kelajakda qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo etish manbalari hamda shakllantirish yo‘llarini takomillashtirishga alohida e’tibor berishlari, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishga va ularning ko‘lamini kengaytirishga katta e’tibor berish lozim. Shu yo‘llar bilan tarmoq va xo‘jalikning asosiy va aylanma fondlarga bo‘lgan talabni qondirishga erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi pasayganligi bizga ma’lum. Lekin, so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan e’tibor tufayli tarmoqda asosiy va aylanma fondlar qiymati ortib bormoqda. Bunga asosiy va aylanma fondlar baholarining tez sur’atlar bilan o‘sganligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ-80» markali traktorning bahosi 487 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2002-yilga kelib, 19,3 martaga oshib, 9,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo‘jalik texnikalarining baholari juda yuqori sur’atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin yoqilg‘isining bahosi 12,6 martaga, ammofos o‘g‘itining bahosi esa 16,6 martaga qimmatlashgan.
1. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
2. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.


Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling