Reja Kirish. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Hulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli


Download 34.11 Kb.
bet2/6
Sana05.10.2023
Hajmi34.11 Kb.
#1692921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod

Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli.

U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy obyektlaming katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlami tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining me’yoriy jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlami aniqlaydi. Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalami bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo‘jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to‘g‘ri tanlov olib borishga imkon yaratadi. «Biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtayi nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir» 3. «Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va hokazo), funksional («Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy statistika», «Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan («Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tarmoqlari tizimi kiradi. «Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo‘nalishlarida chuqur bilimga ega bo‘lish insonlaming ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo‘jalik yuritish, kadrlami yangi iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga katta turtki bo‘ladi. . U real voqelik bilan bog‘liq bo‘1 ish barobarida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llami mos keluvchi bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani statistik kuzatuv, gipotezalarni ilgari surish va tekshirish, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, iqtisodiy jarayonlami modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar o‘tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va uslublarini ishlab chiqqan hamda ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu usullar nafaqat iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko‘ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham qo‘llanishi • mumkin. Shu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob bermaydi, chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqamv, tartibga solish, bashorat qilish sohasi sifatida oddiy fan tushunchasidan ko‘ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U faqatgina ilmiy vosita bo‘lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o'taydi. Iqtisodiyot iqtisodiy fanning o‘ziga xos sinov maydoni asosidir. Iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini ilmiy jihatdan o‘rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi. 8 Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo‘jalik faoliyatining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu sababli, iqtisodiyotning turli darajadagi korxona, tarmoq va butun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy ishlab chiqarishning keng ma’noda iste’molga yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga mos keiishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi.
Korxonalarning bozorlarda qaysi mahsulot yoki xomashyoga ehtiyoj borligini bilishlari, uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar va xomashyoni qaysi korxonalardan olishlari mumkinligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishlari ularning rivojlanishi, umuman mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida muhim omil hisoblanadi. «Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi - 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi - 14,8 foizga oshdi. Inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi» . 4 I.Karimov. «2014-yil yuqori o'sish sur'atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlami safarbar etish, o'zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili.bo'ladi». 9 Korxonalar o‘rtasida barqaror kooperatsiya aloqalarini o'matish va ulami kengaytirish bo‘yicha boshlangan ishlami davom ettirish, bu jarayonga kichik biznes va xususiy tadirkorlik subyektlarini keng jalb etish zarur. Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish lozim. I.A. Karimov (ma'ruzadan) Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishida kompyuterlashtirish va informatizatsiya, internet tarmog‘iga kirishni ilgari surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan tashqari, ishchi kuchining sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.


Download 34.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling