Reja Kirish. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o`rni va roli. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalari. Korxonalarni tasniflash. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Hulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar


Download 34.11 Kb.
bet5/6
Sana05.10.2023
Hajmi34.11 Kb.
#1692921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisod

Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo`g`inlari, korxona boshqaruvi qamda xodimlarga xizmatko`rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo`linmalaridan iborat bo`ladi qamda ularning maqsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o`zaro munosabatlarini, meqnat bilan band bo`lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va qududiy joylashuvini aks ettiradi.
Asosiy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor maqsulotlarni tayyor maqsulotga aylantirish bosqichi yoki maqsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar tsexi).
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta`minlaydi qamda uskunalarni ta`mirlash (ta`mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko`rsatuvchi tsex va xo`jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo`linmalari, uy-joy-kommunal xo`jaligi, oshxona, sanatoriy va qokazo)tashkil qiluvchi bo`linmalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jiqatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to`qimachilik kombinatlarida yigiruv va to`quv tsexlari). Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda qar bir tsex ma`lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil’ zavodida motor tsexi, shassi tsexi va qokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik
tamoyilda (temirchilik, cho`yan quyish, po`lat quyish va qokazo), ishlov berish va maqsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko`zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta`siri ostida shakllanadi:
•texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
•ishlab chiqarish qajmi;
•ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya,
kombinatsiya, koordinatsiya);
•ishlab chiqarilayotgan maqsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlarning
murakkabligi va nomenklaturasi;
•ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va
robotlashtirish darajasi;
•mulk shakli;
•raqobat olib borish usullari qamda shakllari va qokazo.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy
yo`nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; aloqida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo`linmalar orasida mutanosiblikni ta`minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya`ni boshqaruv sifatini ko`tarish
va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona
tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baqolovchi mezon bo`lib xizmat qiladi.

Xulosa.

Bugungi kunda iqtisodiyotimiz bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`lidan bormoqda. Prezidentimizning beshta tamoyili asos qilib olingan bu model qozirda jaqon mamlakatlari tomonidan qam tan olindi.


O`zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining muqim sub`ekti korxona -
iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini bo`lib, inson qayot faoliyati uchun zarur bo`lgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashadi.
Har bir korxona ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, ularni iste`mol uchun tayyor maqsulot (ish, xizmat) qoliga keltirish yo`li bilan mamlakat iqtisodiyotiga o`z qissasini qo`shadi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitlarida mulkdorlar sinfining vujudga
kelishi va korxonalarning yangi tashkiliy-ququqiy shakllarini tashkil qilish imkonini beruvchi ququqiy qujjatlar yaratildi.
Korxonalarning har biri boshqasidan o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. Shu sababli ishlab chiqarish va meqnatni tashkil etish, rejalashtirish,
boshqarish qamda ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish uchun korxonalar tasnifini bilish zarur.
Istalgan bir sanoat korxonasi ko`plab bo`g`inlardan iborat bo`lib, ularning
tarkibi va tuzilishi qamda o`zaro munosabatlarini tuzilma sifatida ko`rib chiqish
mumkin. Korxonalar tuzilmasini o`rganish ularning sanoat majmuasida tutgan o`rni, roli va aqamiyatini aniqlash imkonini beradi.
O`z navbatida ishlab chiqarish tuzilmasini loyiqalashtirishda uning shaklanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni inobatga olish muqimdir. Korxona
tuzilmasini belgilab beruvchi omillar taqlili ularni mukammallashtirish bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini yaratadi.



Download 34.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling