Reja: Kirish. O’rta asr davrining kelib chiqishi
Download 25.96 Kb.
|
FALSAFADAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomiy Ganjaviy.
Umar Xayyom. Umar Xayyom (1040-1123) Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Faylasuf, matematik va astronom, mohir kosib hamda ruboiy janri taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘targan shoir. Uning asl ismi Abdulfath Umar binni Ibrohim bo‘lib, Xayyom uning laqabidir. Xayyom “xayma”, ya'ni chodir so‘zidan olingan bo‘lib, “chodirdo‘z” ma'nosini bildiradi. Umar Xayyom qadim Turkistonning Balx, Buxoro, Samarqand kabi ilmu fan markazlarida ta'lim olgan, 1079 yilda kalendar ishlab chiqqan, butun sonlarning ildizini topishni joriy qilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida ingliz shoiri Xerald Fidjerald shoir ruboiylarini tarjima qilib, nashr ettirgan. Shundan keyin Xayyom she'rlari butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan. Olimlar Xayyom ruboiylari sonini 172 tadan, 251 tagacha deb belgilaydilar. Shoir she'rlarida may obrazi ko‘p uchraydi. May Ollohga, hayotga va insonga muhabbatni ifodalaydi. Shoir ruboiylarini forsiydan o‘zbekchaga Shoislom Shomuhammedov mahorat bilan o‘girgan. Adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari” kitobida Xayyom ijodiga tadqiqiga bag‘ishlab, “Xayyomnoma” nomli maxsus bob ajratadi.
Nizomiy Ganjaviy. Nizomiy Ganjaviy (1141-Ganja1209) fors-tojik tilida ijod qilgan ozarbayjonlik shoir va mutafakkir. N.Ganjaviy arab va fors she'riyatini mukammal o‘zlashtirib, yoshligidanoq yetuk shoir sifatida shuhrat topadi. Uning hayoti haqida juda kam ma'lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy va sanskrit tillarini bilish bilan bir qatorda tibbiyot, falsafa, tarix, matematika va astronomiya kabi fanlarni ham chuqur o‘zlashtirgani sababli, zamondoshlari uni “Hakim” deb ulug‘laganlar. Ganja va uning atrofidagi hukmdorlar N.Ganjaviyni o‘z saroylarida xizmat qilishini istab, uning she'rlari tufayli nomlarini abadiyatga muhrlamoqchi bo‘lganlar. Nizomiy 3 bora uylanadi va uchala xotini ham vafot etadi. Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma'rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan. Nizomiy dostonlarini turkiyga o‘girish qadim zamonlardanoq boshlangan. 1341-yilda Qutb “Xusrav va Shirin” dostonini tarjima qilgan bo‘lsa, Ogahiy “Xaft paykar” asarini turkiyga o‘girgan. Nizomiyning lirik she'rlari keng o‘quvchilar ommasiga ma'lum bo‘lmaganidan, u ko‘proq masnaviy ustasi sifatida tilga olinadi. Download 25.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling