Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida


Download 76.5 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1132702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

Umumiy qoidalar.

  1. «Yo`l harakati qoidalari» respublika hududidagi yo`llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.

  2. O`zbekiston Respublikasi yo`llarida transport vositalarini o`ng taraflama harakatlanish tartibini belgilaydi.

  3. Yo`l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug`dirmasliklari kerak. Vakolati bo`lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo`l qoplamasini buzish, yo`l belgilarini, sfetaforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o`zboshimchalik bilan olib tashlash, o`rnatish, to`sib qo`yish va yo`llarda harakatlanishga to`sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

  4. Mazkur qoidalarni buzgan shaxslar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.

  5. Qoidalarda qo`llanilgan asosiy tushuncha va atamalar quyidagicha:

-yo`l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan va shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun`iy yuzasi.
-yo`lovchi transport vositasidagi (haydovchidan tashqari shaxs)
-yo`r harakati odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo`llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.
-yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash-yo`l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.
-piyoda-yo`lda transport vsitasidan tashqarida bo`lgan va ish bilan band bo`lmagan shaxs.
-piyodalar o`tish joyi-yo`lning qatnov qismini piyodalar kesib o`tishi uchun mo`ljallangan qismi.
-piyodalar yo`lkasi-yo`lning piyodalar harakatlanishi uchun mo`ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
-velosiped-odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g`ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari)
-chorraha-yo`llarning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi
-haydovchi-yo`llarda biron bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling