Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida


Download 76.5 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1132702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish havsizligini ta`minlash, yo`l transport xodisalarining oldini olish va bu borada yagona davlat siyosatini yuritish, yo`l harakati qoidalarini xalqaro «Yo`l harakati haqidagi» Konvensiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda «Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



  1. Yo`l harakati qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2001 yil 1-martdan e`tiboran amalga kiritilsin.

  2. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazioligi yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga oid normativ – huquqiy xujjatlarning Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilishini ta`minlasinlar.

  3. Vazirliklar, davlat qumitalari, korporasiyalar, uyushmalar va boshqa tashkilot va muassasalar, viloyatlar hokimliklari Yo`l harakati qoidalari amalga kiritilishi munosabati bilan yo`l harakatining tashkil etilishini o`zgartirish bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilasinlar.

  4. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi. Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda maktabgacha bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilariga, maktab o`quvchilariga Yo`l harakati qoidalarini o`qitish dasturini 3 oy muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

  5. O`zbekiston avtomobil transporti davlat – aksionerlik korporasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi mudofaga yordam beruvchi «Vatanparvar» tashkilotining Markaziy kengashi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 3 oy muddatda haydovchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish o`quv dasturlarining ushbu Qoidalar asosida qayta ishlab chiqilishini ta`minlasinlar.

  6. O`zbekiston Milliy axborot agentligi, «O`zteleradio» kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qoidalarni aholi o`rtasida keng targ`ib qilish ishlarini amalga oshirsinlar.

  7. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1 oy muddatda Yo`l harakati qoidalarini nashr etilishini ta`minlasin.

  8. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O`.T.Komilov va O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, A.N.Isayev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O`.Sultonov


11 dekabr 2000 yil №472 Toshkent shahri.





Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling