Reja: Kirish. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida «Yo`l harakati qoidalarini» tasdiqlash to`g`risida


Download 76.5 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1132702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

Piyodalarning vazifalari


  1. Piyodalar trotuardan, ular bo`lmaganda esa yo`l yoqasidan yurishlari kerak. Qo`pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo`l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo`lsa, ular qatnov qismini chetidan yurishlari kerak.

  2. Piyodalar yo`lning qatnov qismini piyodalar o`tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o`tish joylaridan, ular bo`lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo`l yoqasi bo`ylab kesib o`tishlari kerak.

  3. Piyodalar yo`l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki sfetoforlarning, ular bo`lmaganda esa transport sfetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak. Piyodalar to`xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tranvayni esa oldi tomonidan o`tishlari shart.

Yo`lovchilarning vazifalari


  1. Yo`lovchilar transport vositasiga faqat u to`la to`xtagandan so`ng tratuar yoki yo`l yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga, matosiklda harakatlanganda esa maxsus bosh kiyimini tugmalashga majburdirlar.

  2. Yo`lovchilarga:

-transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg`itish va unga halaqit berish;
-bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar satxidagi yoki undan yuqoridagi yuk ustida o`tirish;
-transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish taqiqlanadi.

Velosipedchilar uchun yo`l harakati qoidalari


Yo`llarda velosiped boshqarish 14 yoshdan kichik bo`lmagan shaxslarga, mopedlarni esa 16 yoshdan kichik bo`lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. Velosiped haydovchisi yo`l harakati qoidalarini bilishini tasdiqlovchi xujjatni yonida olib yurishi kerak.
Velosipedni soz tormozi va tovushli signali bo`lishi kerak. Sutkaning qorong`i vaqtida va yetarlicha ko`rinmaydigan sharoitda yo`lda harakatlanganda velosipedning old tomoni oq fara bilan, orqasi qizil rangli fara yoki yorug`lik qaytargich bilan, har ikki yon tomoni esa-zarg`aldoq yoki qizil rang yorug`lik qaytargich bilan jihozlanadi.
Velosipedlarda yo`lning qatnov qismida bir qator bo`lib o`ng chetidan ko`pi bilan bir metr masofada harakatlanishi ruxsat etiladi. Aylanib o`tish va ruxsat etilgan hollarda chapga burilish va qayrilib olish uchungina bunday kattaroq masofaga chiqishga yo`l qo`yiladi. Yo`l yoqasida harakatlanishga, agar bu piyodalarga halaqit bermasa, yo`l qo`yiladi.
Velosipedchilar kolonnasi (to`dasi)qatnov qismida harakatlanayotganda velosipedchilar o`ntadan bo`linishi kerak. To`dalar orasidagi masofa 80-100 metrni tashkil qilishi kerak.

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling