Reja; kirish Prtlovchi materiallarning yaratilishi


Download 56.12 Kb.
bet2/3
Sana26.09.2023
Hajmi56.12 Kb.
#1688276
1   2   3
Bog'liq
sulaymon asqarov

Bu kanal trassasida yuz minglab tonna portlovchi moddalar ishlatildi. Chodak, Marjonbuloq, Zarmitan oltin konlarini dastlabki yillarda ochiq usulda qazib olingan karyer maydonida ham yalpi portlatish ishlari amalga oshirilishi natijasida katta miqdordagi ruda zaxi­ralarini ochishga va qazib olishga imkoniyat yaratilgan edi. Ingichka volfram konining 1-sonli shaxtasida 1960-yilda yer osti maydonining miqdori yuqori bo‘lgan uchastkasini yalpisiga portlatish, konchilik korxonasi ruda boyitish fabrikasining deyarli 8 baravar yuqori samara bilan ishlash imkonini bergan edi.

1968-yili Vaxsh daryosidagi gidroelektrostansiya qurilishida portlatib itqitish yo‘li bilan elektrostansiya to‘g‘onini qurishda 2000 tonna portlovchi moddani bir vaqtda portlatib boshlang‘ich to‘g‘on hosil qilingan edi. Bu to‘g‘on o‘zagiga portlatish yo‘li bilan 860 ming m3 hajmdagi tog‘ jinslarini ko‘chirib o‘tqazildi. Bu amaliy ishlar portlatib itqitish usulini kashf etgan ayrim olimlarni yaratgan formulalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga majbur etdi. 1960-yillardan boshlab xavfsiz, oddiy ammiak-selitra asosida tayyorlanadigan portlovchi modda – «Igdanit» va «Ifzanit»lar sanoatda ishlab chiqarilgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan bir qatorda, yer osti ishlarida va ochiq usulda ishlatiladigan konlarda portlatish ishlari olib borishda keng qo‘llanila boshlandi. 

Portlashni boshqarish usullarini takomillashtirish karyer va shaxtalarda tog‘ jinslarini parchalab-maydalashda qisqa muddatli sekinla­ tib portlatish imkonini rivojlantirishga yordam berdi. Birinchi marta 1934–1935-yillarda qisqa muddatga sekinla­ tib portlatish usulini K. A. Berlin shaxta stvolini o‘tishda qo‘lla­gan. 1951-yildan boshlab konlarni ochiq usulda va shaxtalardan qazib olishda qisqa muddatli sekinlatib portlatish usuli keng qo‘llanilib va rivojlanib bormoqda. Portlatish nazariyasi, portlatish ishlari o‘lchamlarini hisoblash, portlashni boshqarish usulini rivojlantirish va yangi usullarini ishlab chiqish, portlatish haqidagi murakkab masalalar nazariyasini takomillashtirishda qilinadigan ishlar – bugungi kunning dolzarb masa­ lalaridan biridir. 


Download 56.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling