Reja: Kirish Shtrix-kodni shakllantirish, afzalliklar, qamrov 2


Download 133.82 Kb.
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi133.82 Kb.
#1817743
1   2   3   4   5   6   7   8
Chiziqli kodlashtirish – natijalarni yig'ish va avtomatik barobarlashtirish texnologiyasiga ega bo'lib, hisoblash mashinasiga avtomatik ravishda kiritish uchun belgilangan shakl, o'lcham, rang, qaytalanuvchi shikastlangandagi kombinatsiyalangan elementlarni bosilgan shakllanish ko'rinishdagi qoidalarni aniqlash bo'yicha ma'lumotlarni ko'rsatishga asoslangandir.
YEAN-13 - iste'mol tovarining chiziqli kod belgisi
Tovar almashinishavtomatik saralash, sinflash tizimi; yuklarni qabul qilish tizimi; avtomatik taxtlash; turar joyi; order bo'yicha ish olib borish; omborxonadagi xazinani qayta ishlash; omborxona va sotuvda hisobga olish jarayonlari; yuklashdan oldin tovarlarni tekshirish; yuklanayotgan tovarlarni qayta ishlash; kontora hujjatlarini qayta o'rash; order kitobi; qurilish materiallarini qayta ishlash.
Ishlab chiqarish - tayyor mahsulotlarni qayta ishlash; ishlab chiqarish jarayonida nazorat.
Mahsulotning chiziqli kodi - tovar ishlab chiqaruvchining vizit kartochkasi bo'lib hisoblanadi.
Barcha chiziqli kodlar - elementlarga o'xshash bo'ladi. Bu chiziq va oraliqlar inson ko'zi ilg'aydigan ko'rinishda bo'lib, yorug' maydonchalarga egadir.
Yorug' maydon – oid va keyingi chiziq va oraliqlarni toza yuzasidir.
Yorug' maydonning mavjudligi - chiziqli kodni o'qilishidagi eng muhim shartlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chiziqli kod yorug' maydonsiz hisoblanmaydi va e'tiborga olinmaydi.

XULOSA
Dunyoning ko‘pchilik mamlakati foydalanadigan bu tizimning qulayligi shundan iboratki, u sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobini yuritishga imkon beradi. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan magazinlardagi kassa apparati bu barcha tovarlarni va ularning narxlari xotirasiga kiritilgan kompyuterdir. Ularni savdo korxonasi o‘zi belgilaydi, buyumlarda bir xil shtrixli kod bo‘lsa ham turli savdo joylarida ular farq qilishi mumkin. Magazin raxbarlari ixtiyoriy paytda qancha so‘mga va qanday buyumlar sotilganligi, qaysilariga talab borligi yoki ularni turib qolishini bilib olishlari mumkin. Tizim ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida doimo tezkor to‘planadigan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham, ulgurji va chakana savdo uchun ham qulaydir. Barcha jarayonlar ustidan nazorat kuchayadi, buxgalteriya hisobi, tovar-transport va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samarasi aylanma mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar zahiralarini boshqarish tezkorligini ta’minlash, omborxonalarda saqlash harajatlarini kamaytirishdan tashqi l topadi.
Shtrixli kodni borligi psixologik ahamiyatga ham ega haridor albatta "zebra" belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega emasligini ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi o‘zining obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar berib, albatta tovarlar va o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
Grafik tasvirni va raqamli qatorni loyiqligini taqqoslashini buyum xaqidagi axborotni to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lgan ixtiyoriy YEAN milliy yoki xalqaro ma’lumotlar bankida o‘tkazish mumkin. Bu tizimdan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va savdoda muvaffaqiyatli foydalaniladi. Savdo sheriklari barcha zanjir bo‘ylab identifikatlashtirish raqamiga havola qilishadi bu qulaydir, chalkashlik va har xil tushunishni bartaraf qiladi.
Tizimni O‘zbekistonda joriy etish respublikani dunyo bozoriga faol ko’rib i bilan bog‘liqdir. Dunyo bozorida raqobat keskindir va unda muvaffaqiyatli qatnashish uchun to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejerga yordam beradigan axborotga ega bo‘lish kerak. Endi bizning tijorat tashqi lotlarimizga bevosita O‘zbekistonda u yoki bu tovarni ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar to‘g‘risida ishonchli axborotni olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Xorijiy tijoratchilarning so‘rovi bo‘yicha ham O‘zbekiston korxonalari to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlarni berish mumkin. Ya’ni shtrixli kod ishchan sherikchilikni yengillashtiradigan tashrif kartochkasidir.
Tovarlarning raqamlash bilan mashg‘ul bo‘lgan qator xorijiy tashqi lotlar bilan kelishilgan holda ma’lumotlar banklarini ayirboshlash rejalashtirilmoqda, bu esa O‘zbekiston tovarlarini import qilishni mo‘ljallagan mamlakatlarda bizning korxonalar uchun mahsulotlarini manzilli reklamasini ta’minlaydi. Bunday xizmatlar dunyo bozorida keng qo‘llaniladi.
Bu muhim ishga “O‘zstandart” bo‘linmalaridan tashqari Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Vazirligi (TIAV), respublika tovarlar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari palatasi jalb qilingan. Natijada tovarni bojxonadan olib o‘tish uchun TIAV da kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazishda shtrixli kodni borligi talab qilinadigan tartib joriy qilinadi. Ichki bozorda ham ko‘p ishlarni bajarish lozim bo‘ladi. Xususan shtrixli kodlarni o‘qib oladigan kassa apparatlarini joriy qilish bo‘yicha, hozir bizda ko’plab shunday supermarketlar mavjud. Vaqt o‘tishi bilan savdo korxonalarini texnik tomondan jihozlanishi bilan faqat eksport qilish uchun mo‘ljallangan tovarlarni emas, balki ichki bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni ham shtrixli kodlar bilan markalash zarurati kelib chiqadi. “O‘zstandart” da O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini aniq belgilaydigan meyoriy hujjatlar va usuliyatli materiallar ishlab chiqildi. Shtrixli kodlash bo‘yicha uchta asosiy davlat standartlari tasdiqlandi, shtrixli kodning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda. Begona belgilashlarni o‘zlashtirish uchun jinoiy jazo beriladi. Shunday qilib shtrixli kodni foydalanuvchilarini va uni bosmaxonada nashr qilish uchun asl nusxa maketini tayyorlovchisining javobgarligi oshadi. Hozir ushbu to‘lqinda har xil “bosmaxonachilar” paydo bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘yish o‘rinli bo‘ladi. Shtrixli kodni asl nusxa maketi faqat “O‘zstandart” ning SMSITI da amal qilayotgan shtrixli kodlash Markazida shakllanadi, tayyorlanadi va Davlat reyestrining kompyuterida ro‘yxatga olinadi. Shunday qilib shtrixli kodlash lozim bo‘lgan tovarlarni barcha tavsiflarini hisobga olib boradi. Bizning va xorijiy tadbirkorlar o‘zlarining mahsulotlarini realizatsiya qilinishini haqida to‘la axborot olishi va uni sotib olishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hozirgi paytda respublikaning o‘ndan ortiq korxonalari yuzdan ortiq buyumlarga asl nusxa maketlarini olishdi. Shtrix kodni avval olish ancha qiyin bo‘ldi, chunki maslahatlashadigan hech kim yo‘q edi. Endi hammasi texnik tomondan to‘g‘rilandi, ikki kun ichida buyumning tavsiflari bo‘yicha tuzilgan shtrixli kodini olish mumkin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bu “pasport” ma’lumotlarini aniqlashmoqda. Tovarni bir turiga ham, bir nechta o‘nliklariga ham buyurtmachilar bor. Shtrixli kodni tushirishga joyi kam bo‘lgan buyumlar ham uchraydi. Bu holda qisqartirilgan sakkiz raqamli asl nusxa maketi tayyorlanadi, lekin davlat kodi qoldiriladi.



Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling