Reja: Kirish Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari 2


Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari


Download 49.34 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1524130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi (5)

Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari



Tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes (inglizcha “ish va odam”) esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’i nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy foliyatdir, deyish mumkin. Tadbirkorlikka shart-sharoitlar zarur, shunda u rivojlanadi, uning asosida tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgartirishga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo’lishi kerak.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo’lishi kerak va unga qonunan to’laqonli egalik qilishi lozim.
Uchinchidan, xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyatini real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratish zarur va ularga qonuniy imkoniyatlar yaratish.
To’rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o’zlashtirish turli-tuman shakllari va o’zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlikning o’zi ob’yektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi sifatida maydonga chiqadi va o’z tovarlarini raqobatga qo’yadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlarini hisoblash va unga tadbirkorlar uchun yangicha keng imkoniyatlarni hisobga qo’shish. Aytish mumkinki, ko’rsatib o’tilgan shart-sharoitlar mavjud bo’lsa tadbirkorlik shakllanadi va rivojlanadi. 0'zbekistonda tadbikorlikning ahamiyati va roli, rivojlanishi, muammolari, istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha ko’nikmalar shakllantirish lozimligini O’zbekiston xalqiga ya’ni tadbirkorlarga tushuntirishdir.
Tadbirkorlik faoliyati va tushunchasi to'g'risidagi fikrlar, mulohazalar, qarashlari o’rganib, ularga ayrim aniqliklar kiritish maqsadida ularni chuqurroq tahlil qilish zarur deb hisoblaymiz. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati va uni aks ettiruvchi tushuncha ko’p qirrali, murakkab hodisalardir. Shuning uchun ularning alohida tomonlari, qirralari, yo’nalishlari bo’yicha mohiyatini aniqlab olish lozim. Avvalo, tadbirkorlik tushunchasining umumiy va aniq darajalarini qarab chiqamiz. Tadbirkorlikning umumiy darajasida uning ikki holatini - statik va dinamik holatlarini ajratish kerak. Tadbirkorlik statik holatda yondashuv, dinamik holatda esa jarayon, faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlik birinchi holatda qo’yilgan vazifani, ishni bajarish mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini qo’llash imkoniyatlarini topib, ishga solishdan iborat bo’lgan yondashuvdir. Bunday yondashuv an’anaviy yondashuvdan farqli o’laroq izlanuvchanlik, ijodiy qadamlar, tashabbuskorlik singari faol elementlami ham o’z ishiga oladi. Tadbirkorlik jarayon, faoliyat sifatida qo’yilgan maqsadga aynan tadbirkorlik yondashuvini qo’llab erishishga yo’naltirilgan tashabbuskor faoliyat hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik va biznes o’zaro dialektik bogliq tushunchalar hisoblanadi. Bu tushunchalaming o’zaro dialektikasi murakkab bolib, quyidagi bir qator jabhalarda namoyon boladi:
1. Tadbirkorlikka xos tashabbuskorlik, yaratuvchanlik, islohotchilik, tavakkalchilik singari belgilarga ega bo’lgan har qanday faoliyat tadbirkorlik faoliyati, ya’ni tadbirkorlik hisoblanadi.
2. Tadbirkorlikning maqsadi iqtisodiy tusga ham, ijtimoiy tusga ham ega bo’lishi mumkin va uni tijorat tashkilotlari ham, notijorat tashkilotlari ham amalga oshiradilar.
3. Biznesning maqsadi faqat iqtisodiy tusga ega bo’lib, uni faqat foyda olish uchun tuzilgan tijorat tashkilotlari amalga oshiradilar.
4. Tadbirkorlik ko’proq alohida shaxslarga xos qobiliyat, yondashuv, ish, faoliyat hisoblanadi, biznes esa ham alohida shaxslar, ham korxona va tashkilotlar darajasida amalga oshiriladigan faoliyatdir.
5. Bir tomondan qaraganda, tadbirkorlik doirasi keng bo’lib, biznesdan (tijorat tadbirkorligidan) tashqari, notijorat tadbirkorligini ham o’z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan qaraganda, biznes doirasi keng bo’lib, tijorat tadbirkorligidan tashqari, maqsadi foyda olish bo’lgan, lekin tadbirkorlik alomatlariga ega bo’lmagan faoliyat turlarini ham o’z ichiga oladi. Shunday qilib, bizning fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyati va tushunchasining mazmun-mohiyatiga ikki nuqtayi nazardan qarash lozim. Tadbirkorlik falsafiy nuqtayi nazardan har qanday ishga tashabbuskorlik bilan ijodiy yondashuv hisoblanadi. Tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan-qo’yilgan aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tavakkal qilib amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir.
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: Erkinlik, Mustaqillik, Teng huquqlilik, Ixtiyoriylik, Moddiy javobgarlik, Qonuniylik. Tadbirkorlik faoliyati turli mulk shakllariga asoslangan boyishi mumkin: xususiy mulk, ommaviy mulk, aralash mulk. Mulkning barcha shakllarini teng huquqli ekanligi qonunlarda belgilab qo’yilgan. Demak, qanday mulk shakliga asoslanganidan qat’i nazar, hamma tadbirkorlik subyektlari barcha sohada teng huquqli hisoblanadilar. Ma’lumki, tadbirkorlik jamiyatda amal qiladigan qonunlar doirasida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati amaldagi umumiy va maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Har bir tadbirkor o’z faoliyati sohasiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ulaming talablari va ular yaratadigan imkoniyatlarni yaxshi bilishi lozim. Shundagina u o’zining qonuniy huquqlarini bilib oladi, huquqlari va manfaatlarini himoya qila oladi, o’z majburiyatlarini maqbul darajada bajaradi va turli qonunbuzarliklarga yo’l qo’ymaydi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim tadbirkorlar yuqorida ko’rib chiqilgan umumiy tamoyillarga qo’shimcha ravishda o’zlari uchun muhim hisoblangan alohida tamoyillar shakllantirib, ularga ham rioya etib keladilar. Masalan, amerikalik supermarketlar qiroli Sem Uolton o’zining quyidagi tamoyillariga amal qilgan:
1) barqaror daromad yuqori daromaddan yaxshiroq;
2) firmani kengaytirish uni boshqa firmalar bilan qo’shishdan yaxshiroq;
3) axborot bebahodir;
4) hamma narsada yoppasiga tejamkorlik;
5) ishlab chiqarish korxona ostonasida emas, balki savdo peshtaxtasida tugaydi.
Tadbirkorlik shart-sharoitlari - bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tabiatan mavjud bo’lgan hamda jamiyat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar majmuyidir. Bu imkoniyatlari ikki xil xarakterga ega va shuning uchun ikki guruhga-obyektiv va subyektiv imkoniyatlarga, ya’ni shart-sharoitlarga bo’linadi. Tadbirkorlikning obyektiv shart-sharoitlari - bu mamlakatda tabiatan mavjud imkoniyatlar bolib, ularga quyidagilar kiradi: birlamchi tabiiy resurslar, ya’ni xomashyo, turli materiallar, yoqilg‘i-energetika boyliklari, suv resurslari, tabiiy iqlim, yil fasllari va mavsumlari, mintaqaning geografik o‘rni va hududiy joylashishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, aholi soni, uning о‘sishi, joylashishi va iqtisodiy faollik darajasi, ish bilan ta’minlanishi, tabiiy, xalqaro va milliy ixtisoslashish va boshqalar.
Tadbirkorlikning subyektiv shart-sharoitlari - bu jamiyat tomonidan yaratiladigan imkoniyatlar bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) subyektiv umumiy shart-sharoitlar jamiyatning hamda iqtisodiy otning barcha sohalariga taalluqli bo‘lib, quyidagilardan iborat: siyosiy, umumiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, psixologik, mafkuraviy, ilmiy-texnikaviy muhitlar, umuminsoniy qadriyatlar va munosabatlar, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, bozor va bozor munosabatlari, infratuzilma, raqobat, xalqaro iqtisodiy aloqalar, axborot ta’minoti, kadrlar tayyorlash tizimi va shu kabi boshqa jarayonlar va hodisalarning rivojlanish darajasi va hokazolar;
2) subyektiv maxsus shart-sharoitlar tadbirkorlik uchun maxsus yaratiladi va ular quyidagilardan iborat: tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi, tadbirkorlik infratuzilmasi, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimlari, dasturlari, organlari, shakllari va boshqalar. 0‘zbekistonda tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar asosan yaratilgan, mavjud obyektiv shart-sharoitlar yetarli: mamlakatdagi tabiiy boyliklar, o’simlik va hayvonot dunyosi, energiya, yer, suv, mehnat va boshqa resurslar tadbirkorlikni xomashyo, yoqilg’i-energiya va boshqa kerakli materiallar bilan to’liq ta’minlashga qodir, iqlimi ham tadbirkorlik uchun qulay.
Tadbirkorlik faoliyati bir qator omillar ishtirokida hamda ta’siri ostida amalga oshiriladi. Tadbirkorlik omillari - bu tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi resurslar hamda unga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kuchlardir. Tadbirkorlik ichki muhiti komponentlaridan eng muhimi inson omili bo’lib, u asosiy rol o’ynaydi. Bu omilning tadbirkorlikda, biznesda muhim o‘rin egallashi va asosiy rol o‘ynashi to'g'risida rivojlangan mamlakatlar biznes olamida shakllangan ikki fikrni keltirish kifoya qiladi. Birinchisiga ko’ra biznesning 85 foizini odamlar, 10 foizini kapital, 5 foizini pul tashkil etar ekan. Ikkinchisi esa hamma kishi tadbirkor bo’lishi mumkin, lekin hamma tadbirkor bo’la olmaydi deb ta’kidlaydi. Tadbirkorlik muhitini quyidagicha tasniflash ma’qul deb hisoblaymiz:
1) muhit komponentlarining tadbirkor tomonidan nazorat qilinishiga qarab:
a) ichki muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinadigan yoki tadbirkorga bog’liq muhit;
b) tashqi muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinmaydigan yoki tadbirkorga bog'liq bo’lmagan muhit;
2) muhit komponentlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok yoki ta’sir etish darajasiga qarab:
a) ishki muhitning tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi komponentlari;
b) ichki muhitning tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi komponentlari;
d) tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi maxsus tashqi muhit komponentlari.
e) tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ta’sir etuvchi umumiy tashqi muhit komponentlari;
3) muhitning tadbirkorlik faoliyatiga aloqadorligiga qarab:
a) mikromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aloqador bo’lgan muhit
b) makromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita aloqador bo’lgan muhit.




  1. Download 49.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling