Reja: Kirish Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari 2
Download 49.34 Kb.
|
kurs ishi (5)
REJA: Kirish 1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari 2. O’zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar. 3. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmlari. 4. Jahon tadbirkorlik faoliyati va statistikasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Hozirgi kunda tariqiy etgan va rivojlanib kelyotgan davlatlarni ko’radigan bo’lsak ularda tadbirkorlik ancha rivojlangan. Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan rivojlanish strategiyasida ham tadbirkorlar asosiy drayver bo’lib xizmat qilmoqda. Xo’sh, nima uchun tadbirkorlarga qator imkoniyatlar, imtiyozlar va sharoitlar yaratilmoqda? Biz bozor munosabatlariga o’tishni ixtiyor qilgan ekanmiz va maqsadimiz islohotlar pirovardida xalqni farovon turmush tarzini ta’minlash ekan, tadbirkorlik faoliyatini erkinligi davlat tomonidan kafolatlanishi va qo’llab-quvvatlanishi yagona yo’ldir. Buning sababi, birinchidan, ular tomonidan yaratilayotgan ish o’rinlari ijtimoiy masalalarni hal qiladi. Ikkinchidan, tadbirkorlar to’layotgan soliqlar budjetni shakllantirib, mablag’lar evaziga infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari moliyalashtiriladi. Bu esa, mamlakatimizning rivojlanishi, aholi turmush farovonligining oshishining muhim omili hisoblanadi. Uchinchidan, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiy va murakkab geosiyosiy vaziyatda kichik biznes sub’ektlarining moslashuvchanlik qobiliyati yuksak bo’lib, qiyinchiliklarsiz o’z faoliyatini diversifikatsiya qilish xususiyatiga ega. Natijada, jahon iqtisodiyotida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan murakkab sharoitdan ham kichik talofat bilan chiqib ketishi mumkin. Shu bois, davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining ilk davridanoq tadbirkorlarga katta e’tibor qaratib kelyapti. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat siyosatining strategik yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o’tgan ikkinchi uchrashuvida ularni qiynab kelayotgan muammolarni ochiq o’rtaga tashladi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha ko’plab tashabbuslar ilgari surildi. Birinchi yo’nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha alohida yondashuv belgilab olinmoqda. Ilgari tadbirkorlik sub’ektlari sohalarda ishchi soni orqali aniqlangan bo’lsa, endi korxonalarni yillik aylanmasi bo’yicha toifalarga ajratiladi. Prezidentimiz ilgari surgan Ikkinchi tashabbus tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir. Buning uchun tijorat banklari o’z mablag’lari va xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan mablag’lar hisobidan kichik biznes loyihalariga 20 trillion so’m yo’naltirilishi belgilandi. Uchinchi yo’nalish haqida so’z yuritar ekan, Prezident kredit berish masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi. Shu sababli, eng avvalo, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi. To’rtinchi yo’nalish tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasiga bag’ishlanadi. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshirilishi ta’kidlandi. Beshinchi yo’nalishda tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalariga to’xtalib o’tildi. Avvalo, tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi. Kelgusi yildan 26 ta idoraning takrorlanuvchi nazorat funksiyalari bekor qilinishi aytildi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar oddiy tadbirkorning muammosiga yechim bo’lish bilan birgalikda tizimli muammolarning ham yechimidir. Bunda har bir yo’nalish bir-biri bilan bog’liq bo’lib, o’zaro to’ldirib turadi. Ayniqsa, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etilishi muhim yangilik hisoblanib, joylardagi tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlanishi va aholi turmush farovonligini yuksalishiga olib keladi. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling