Reja: Kirish Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va uning vazifalari 2


Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmlari


Download 49.34 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1524130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi (5)

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmlari.

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning aniq maqsad va chegaralarini belgilash, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi mahsulot va xizmat turlarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ular uchun tartibga solish yukini kamaytirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini faqatgina quyidagi vositalar orqali tartibga solish to’g’risidagi taklifi ma’qullansin:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining ayrim turlari bo’yicha litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etish;
texnik jihatdan tartibga solish;
tarif va notarif tartibga solish;
qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlarining javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
davlat nazorati;
raqobatni himoya qilish;
qonun bilan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning mansabdor shaxslari javobgarligini o’rnatish;
hisobotlarni joriy etish;
o’zini o’zi tartibga soluvchi tashkilotga a’zolik (ishtirok etish) asosida o’zini o’zi boshqarishni joriy etish.
Qonunlar bilan tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning boshqa vositalari ham belgilanishi mumkin.
2. Belgilab qo’yilsinki:
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini, uning qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, davlat xavfsizligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi;
normativ-huquqiy yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
3. Quyidagi talablar 2023-yil 1-yanvardan bekor qilinsin:
tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PF-47-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish;
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;1
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish.2
4. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-martdan:
6. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan:
a) Maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:
yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, aprobatsiya qilish va joriy qilish yo’nalishlaridagi faoliyatini cheklangan vaqt, hudud va shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslik;
litsenziyasiz va ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tmasdan faoliyatni amalga oshirish, bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno;
b) Maxsus huquqiy rejim tegishli vakolatli organ va tashabbuskor o’rtasida har bir loyiha bo’yicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan joriy etiladi. Bunda:
kelishuvda loyihani amalga oshirishning talab va shartlari, shu jumladan muddati, hududi va shaxslar doirasi, tashabbuskorga tatbiq etilmaydigan qonunchilik normalari ro’yxati hamda loyiha natijalarini baholash mezonlari (indikatorlari) belgilanadi;
har bir loyiha bo’yicha Maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati ko’pi bilan uch yilni tashkil etadi;
v) Maxsus huquqiy rejim yakunlari bo’yicha tegishli vakolatli organ tomonidan bir oy muddatda:
sinovdan o’tkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o’tkaziladi;
mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 1-yanvarga qadar “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to’g’risidagi vaqtinchalik nizomni, shu jumladan uni aniq yo’nalishlar kesimida amaliyotga tatbiq etish bo’yicha “yo’l xaritasi”ni tasdiqlasin.
Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili natijalari bo’yicha “Maxsus huquqiy rejim to’g’risida” gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Kabag’allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili natijalari bo‘yicha “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.3
Bu qarorlar O’zbekiston Tadbirkorlik faoliyatini anchagina tartibga solish va mukammal stabillikga erishishga katta yordam beradi. Biz bilamizki tadbirkorlik Faoliyati O’zbekiston rivojlanishi katta foyda keltiradi. Agar biz bu imkoniyatdan to’g’ri foydalana olsak. Chunki tadbirkorlar ko’payib ketsa undagi stabillik yo’qoldi chunki barcha tadbirkorlar bir xil maxsulot ishlab chiqaravers tovarning moddiy narxi tushib ketadi va bu pulning qadirsizlanishiga olib keladi. Shuning uchun bizning prizidentimiz tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiradigan mexanizmlarning mukammal ko’rinishlarini xalqga taqdim qildilar. Bu esa tadbirkorlarning ishini yengillashtiradi va stabillashtiradi. Shuning uchun bu qonunlar juda zarurdir.




  1. Download 49.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling