Божхона назорати ва уни амалга ошириш тартиби
Download 146 Kb.
|
TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARIDAN BOJXONA MAQSADLARI UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
- Bojxona nazorati va shakllari.
- 2. Bojxona ko’rigidan o’tkazish tartibi
Tovarlar va transport vositalaridan bojxona maqsadlari uchun talab qilinadigan hujjatlar. Reja: Bojxona nazorati va shakllari. Bojxona ko’rigidan o’tkazish tartibi. Bojxona omborlari va erkin omborlar. Tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash va realizasiya qilish Tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish. Bojxona organining lisenziyasi. Tayanch iboralar. Bojxona nazorati va shakllari, bojxona ko’rigidan o’tkazish, tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash va realizasiya qilish, tovarlar vatransport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish, bojxona brokeri, bojxona lisenziyasi. Bojxona nazorati va shakllari. Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo’llar bilan o’tkaziladi: bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarnitekshirish; jismoniy va mansabdor shaxslarni og’zaki so’rab-surishtirish; bojxona ko’rigidan o’tkazish; tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash; tovarlar va transport vositalarini hisobga olish; hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish; bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda. Bojxona nazorati o’tkazilayotganida inson, xayvonot va o’simliklar hayoti va sog’ligi uchun xavfsiz bo’lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyen yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo’llanilishi mumkin. Bojxona nazoratini o’tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim, Bojxona kodeksning 49, 50, 117-126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir. Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda to’xtatish, dengiz, dare va havo kemalarini majburiy ravishda orkaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno. 2. Bojxona ko’rigidan o’tkazish tartibi Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling