Божхона назорати ва уни амалга ошириш тартиби


Bojxona organining lisenziyasi


Download 146 Kb.
bet5/6
Sana22.12.2022
Hajmi146 Kb.
#1041387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARIDAN BOJXONA MAQSADLARI UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR.

5.Bojxona organining lisenziyasi
Bojxona organining lisenziyasi O’zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do’konini va erkin omborni ta’sis etish, bojxona hududida qayta ishlash, bojxona nazorati ostida qayta ishlash, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona rejimlaridan foydalanish, shuningdek bojxona brokeri, bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi. Lisenziya besh yil muddatga beriladi. Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilsa, ko’rsatib o’tilgan lisenziyani olish talab qilinmaydi.
Lisenziya bojxona organi yoxud sudning qaroriga ko’ra bekor qilinish yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin. Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do’koni va erkin omborni ta’sis etish, shuningdek bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi bojxona organining qaroriga ko’ra to’xtatib ko’yilishi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash uchun lisenziya berish shartlari Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash va tovarlarni bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun lisenziya quyidagi shartlar bilan beriladi:

  • olib kirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin bo’lsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

  • qayta ishlash O’zbekiston tovarlarini qayta ishlash mahsulotlari ko’rinishida olib chiqishga yoxud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishga yordam bersa;

  • bojxona ishi to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan bojxona organlari belgilashi mumkin bo’lgan boshqa talablar bajarilgan bo’lsa.

  • Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun lisenziya quyidagi shartlar bilan beriladi:

  • qonun hujjatlarida o’zgacha tartib nazarda tutilmagan hollarda bojxona organi qayta ishlash mahsulotlari olib chiqilgan tovarlar qayta ishlash natijasida vujudga kelganini aniqlash mumkin deb hisoblasa;

  • tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyeti manfaatlariga zarar yetkazmasa.

Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish huquqini beradigan lisenziyani olishi uchun quyidagilar talab etiladi:

  • shtatda bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisga zga bo’lish;

  • o’z faoliyatini sug’urtalash shartnomasini tuzish;

  • bunday faoliyatni amalga oshirish uchun moddiy-texnika jihozlariga ega bo’lish;

  • bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar bilan amalga oshiriladigan operasiyalarni aniq va to’liq aks zttiruvchi hisob-kitoblar va hisobotlar yuritilishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga ega bo’lish;

  • qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga javob berish.

Bojxona tashuvchisi sifatida faoliyat olib borish huquqini beradigan lisenziyani olish uchun quyidagilar talab etiladi: bojxona tashuvchisi ro’yxatga olingan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda bo’lmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini ta’minlay oladigan maxsus jihozlangan transport vositalariga ega bo’lish;
o’z faoliyatini surtalash haqida shartnoma tuzish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarga javob berish.
Lisenziyani bekor qilish
Agar lisenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki lisenziya to’liq bo’lmagan yoxud noto’gri ma’lumotlar asosida berilgan bo’lib, ular lisenziya berish to’g’risida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, lisenziya bekor qilinadi. Bekor qilish to’g’risidagi qaror lisenziya berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Lisenziyaning bekor qilinishi to’g’risidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan bojxona organi tomonidan lisenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Lisenziat lisenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida lisenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo’q qilinishi kerak.
Lisenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: lisenziat lisenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risida ariza bilan murojaat qilganda:

  • yuridik shaxs tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganida - qaytatashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o’zgartirilishi bundan mustasno;

  • yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvoxnomaning amal qilishi tugatilganda;

  • yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

  • lisenziat lisenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo’pol ravishda buzganda;

  • lisenziat lisenziyaning amalqilishini to’xtatib turishiga olib kelgan holatlarni bojxona organi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

  • bojxona organining lisenziya berish to’g’risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;

  • lisenziyaning amal qilish muddati tugaganda.

Lisenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan bojxona organi tomonidan lisenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi.
Lisenziat lisenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida lisenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo’q qilinishi kerak. Bojxona organining lisenziyaning amal qilishini tugatish
to’g’risidagi qarori ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim. Tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran lisenziyaning amal qilishi tugatiladi. Lisenziya amal qilishining tugatilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan hollarda bojxona organi lisenziat oldida u ko’rgan zarar miqdorida javobgar bo’ladi.
Lisenziyaning amal qilishi bojxona organining qaroriga binoan quyidagi hollarda to’xtatib turilishi mumkin:

  • lisenziat lisenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

  • bojxona organining lisenziat zimmasigaaniqlangan qoida buzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari lisenziat tomonidan bajarilmaganda;

  • yuridik shaxs qayta tuzilganda - lisenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.

Lisenziyaning amal qilishini to’xatib turish to’g’risidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan bojxona organi tomonidan lisenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Bojxona organi lisenziat tomonidan lisenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Ko’rsatilgan muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas. Lisenziyaning amal qilishi to’xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni lisenziat bartaraf etgan taqdirda, lisenziyaning amal qilishini to’xtatib turgan bojxona organi ko’rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to’g’risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran o’n kunlik muddat ichida lisenziyaning amal qilishini tiklash to’g’risida qaror qabul qilishi shart.
Lisenziya berish to’g’risidagi takroriy ariza lisenziyani bekor qilish yoki lisenziyani ama qilishni tugatish to’g’risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran ikki yil o’tganidan keyin buning uchun asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda ko’rib chiqilishi mumkin.
Malaka attestatini berish tartibi, uning amal qilish muddati, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislarga qo’yiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestatini bojxona organi bekor qilishi yoxud uning amal qilishini tugatishi yoki to’xtatib turishi mumkin.
Agar malaka attestati belgilangan tartibni buzgan holda berilgan bo’lsa yoki attestat to’liq bo’lmagan yoki noto’gri ma’lumotlar asosida berilgan bo’lib, ular attestat berish to’g’risidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan bo’lsa, u bekor qilinadi. Bekor qilish to’g’risidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Agar mutaxassis quyidagi harakatlarni sodir etgan bo’lsa, malaka attestatining amal qilishi tugatilishi mumkin hujjatlarni soxtalashtirishda, o’grilik sodir etishda, poraxo’rlikda aybdor deb topilgan, shuningdek bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan bo’lsa; o’zini vakil qilgan shaxsga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa, shu jumladan tijorat siri yoki maxfiy axborot bo’lgan ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish yo’li bilan zarar yetkazgan bo’lsa va bu sud tomonidan aniqlangan bo’lsa; soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan bo’lsa.
Tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran malaka attestatining amal qilishi tugatiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestati sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestati sudning hal qiluv qaroriga binoan ham bekor qilinishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
Malaka attestati berish to’g’risidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran olti oy o’tganidan keyin, buning uchun asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat o’tganidan keyin ko’rib chiqilishi mumkin. Malaka attestatining amal qilishi bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis o’z majburiyatlarini halol bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo’lgan taqdirda ikki oygacha bo’lgan muddatga to’xtatib turilishi mumkin.
Lisenziya, malaka attestati berganlik uchun, shuningdek ularni qaytadan ro’yxatdan o’tkazganlik yoki amal qilishini tiklaganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda yig’imlar undiriladi.
Lisenziya bekor qilingan, chaqirib olingan yoki malaka attestati bekor qilingan, uning amal kiishi tugatilgan, haqikiy emas deb topilgan taqdirda ko’rsatib o’tilgan yig’imlar qaytarilmaydi.



Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling