Божхона назорати ва уни амалга ошириш тартиби


Tovarlar va transport vositalarini bojxona


Download 146 Kb.
bet4/6
Sana22.12.2022
Hajmi146 Kb.
#1041387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARIDAN BOJXONA MAQSADLARI UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR.

4.Tovarlar va transport vositalarini bojxona
nazorati ostida tashish
Bojxona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojxona hududi orqali tranzit rejimida olib o’tilayetgan tovarlar va transport vositalari yuk jo’natuvchi bojxona organidan yuk kelib tushuvchi bojxona organiga ushbu tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin. Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli bo’lsa, o’sha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi.
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli: bojxona va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan bo’lsa;
bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan o’rov-idishlarga qo’yilgan ta’minlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi:
ularni jo’natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yo’nalishda va muddatda, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi o’zgarishlarni istisno etganda, ularning o’rov-idishlari yoki holatini o’zgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;
tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida ko’rsatishi, bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa - tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi;
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart. Yuk eltib beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatisiz tovarlar va transport vositasini to’xtash joyida qarovsiz koldirish, to’xtash joyini o’zgartirish, yo’lovchilarni tushirish, tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish vao’rash-joylash operasiyalarini o’tkazish, qiyoslash vositalarini o’zgartirish, olib tashlash yoki yo’q qilish huquqiga ega emas. Agar tashuvchi, yo’lovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sogligi chinakam xavf ostida kolganligini, tovarlar va transport vositasining yo’qqilinishi, qaytarib bo’lmaydigan tarzda qo’ldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud bo’lganligini isbotlasa, talablarni buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Ko’rsatilgan talablar buzilishiga sabab bo’lgan holatlar to’g’risida tashuvchi darhol bojxona organini xabardor qilishi shart.Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi Bojxona Kodeksining talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojxona kuzatuviga olingan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan taqdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib o’tilishiga yo’l qo’yishga haqli. Ayrim toifadagi tovarlarni tashuvchilaruchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o’tilayetgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar bo’ladi. Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yo’qotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida to’lanishi lozim bo’lgan boj to’lovlarini to’lashi shart, tovarlar xaloqat yoki yengib bo’lmas kuch ta’siri oqibatida yo’q bo’lgan yoxud qaytarib bo’lmaydigan tarzda qo’ldan ketgan, yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof hatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ro’y bergan bunday hollar O’zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Falokat yuz bergan yoki yengib bo’lmas kuch ta’sir etgan taqdirda tashilayetgan tovarlar transport vositasidan tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini ta’minlash va ulardan biron-bir tarzda foydalanilishiga yo’l qo’ymaslik uchun zarur choralarni ko’rishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport vositalarining kayerda ekanligini eng yakin bojxona organiga darhol xabar qilishi, tovarlarning eng yakin bojxona organiga tashib keltirilishini yoki bojxona organining mansabdor shaxslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini ta’minlashi shart. Bojxona organi bunday hollarda bojxona nazoratini ta’minlash uchun ko’riladigan chora-tadbirlarni belgilaydi. Yuqorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarko’rilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan harajatlari bojxonaorgani tomonidan koplanmaydi. Ushbu qoidalar yuqorida ko’rsatilgan dengiz, daryo yoki havo kemalari O’zbekiston Respublikasi hududida noiloj to’xtash yoki ko’nishga majbur bo’lgan hollarda ham qo’llaniladi.
Bojxona tashuvchisi bojxona organining lisenziyasini olgan va tovarlar tashishni bojxona nazorati ostida amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. Bojxona tashuvchisining tovarlarni jo’natuvchi bilan o’zaro munosabatlari shartnoma asosida yo’lga qo’yiladi. Bojxona tashuvchisi bojxona kodeksida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi, shuningdek bojxona nazorati ostidagi tashishlarning hisob-kitobini yuritishi va bojxona organlariga tegishli hisobotlarni taqdim etishi shart.



Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling