Reja Kirish tadbirkorlik kapitalining iqtisodiy mohiyati
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi Mohinisoga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
- 1.Tadbirkorlik kapitalining iqtisodiy mohiyati.
- Davlat ishlab chiqarish korxonalari
1
2
Reja Kirish ………………………………………………………………………. 3 1. Tadbirkorlik kapitalining iqtisodiy mohiyati……………………………... 5 2. Tadbirkorlik kapitali turlari va uning harakati ……………… ………….. 10 3. Tadbirkorlik kapitalining aylanish bosqichlari………………. ………….. 21 4. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab – quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari…………………………………………………………………. 34 5. Mamlakatimizda tadbirkorlik kapitalini oshirish chora – tadbirlari............ 43 Xulosa …………………………………………………………. ………….. 47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………. ………….. 49 3
Mavzuning dolzarbligi – Bugungi kunda tadbirkorlik faolyatini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamni islohotlarning bosh maqsadi – kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz raxbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ularning samaradorligini ta‘minlash va shu asnoda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakillantirishning muhim muhim shartiga aylangan tadbirkorlarni qo‘llab – quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzalarida: ―Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab – quvvatlash va rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur‖ 1
moliyaviy mablag‘ bo‘lishi talab etiladi. So‘ngi yillarda mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab – quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bandlikni taminlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va
1 Каримов И.А. 2014 йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давом эттириш.
Т.: ―Ўзбекистон‖, 2014. 29-бет. 4 barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‗paytirish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish kabi bir qator yo‘nalishlarni amalga oshirish belgilab qo‘yildi. 2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev: ―Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta‘minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.‖ 3 – deb ta‘kidlab o‘tganlar. Bu borada tadbirkorlik kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Bu borada hayotga tadbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning mantiqiy va izchiligi, barcha sohada va tarmoqlarni jadal rivojlantirish, jahon bozorlarida tez o‘zgarib turgan sharoit iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada erkinlashtirishni taqozo etmoqda.
2 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. 3 Ш.Мирзиѐув.‖Тақидий таҳлилий, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.‖http:/kun.uz/news/2017/14/01/.
5
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o`tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo`lgan va ko`pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan, raqobatli iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, boshqarish, turli xil shakl va usullarda olib boriladi. Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi va bu faoliyat orqali mulkchilikning turli shakllarini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish ya‘ni foyda olish amalga oshiriladi. Keyinchalik real xo`jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to`g`ri kelmay qoladi.Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko‘plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Fikrimizcha tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai- nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. Hozirgi zamon g`arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko`zlab xo`jalik yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo`lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo`lish va shu kabi ko`p qirrali tomonlari bilan qaraladi. Tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish, texnalogiyani ta‘minlash va uni moddiy ta‘minlash tadbirkorda yana bir omildan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lganidagina mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyati omili – talab qilingan shaklda (moddiy yoki pul) va talab qilingan hajimdagi kapitaldir. Kapital samaradorligi va quvvati turlicha tushinchalardir. Natijada kapital hajmi kichik bo‘lganda, juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, yangi ilmiy g‘oya, tubdan
6 yangi texnik kashfiyot (innovatsiya) ning tug‘ilishi va asoslanishi natijasida bo‘lishi mumkin. Kapitalni boshqarmay turib, tadbirkor bo‘lish mumkin emas. Tadbirkor ixtiyoridagi kapital qanchalik samarali yoki kuchli bo‘lsa, uning faoliyat natijasi shunchalik katta, shunchalik katta hajmdagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Oqilona tashkil qilinadigan jami hajmi ko‘p darajada milliy boylik darajasini belgilaydi. Tadbirkorlik kapitali uchun nafaqat o‘z-o‘zidan o‘sish balki tadbirkorni butun jamiyat
manfaati yo‘lida harakat qilishga majburlaydigan, iqtisodiy jihatdan oqlangan amal qilish sharoitlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish jamiyat va davlatning vazifasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday vaziyatga erishish vositasi davlatning quydagi yo‘nalishlardagi siyosati hisoblanadi: •shakllanayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash; •moliyaviy jihatdan yordam ko‘satish; •tashkiliy jihatdan mustahkamlash. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi quydagi natijalarga olib keladi: •tadbirkorlik tuzilmalarining muntazam murakkablashib borishini keltirib chiqaradi; •tadbirkorlar orasida raqobat darajasini oshiradi; •tovarlar taqchilligining qisqarishiga, so‘ngra esa
tugatilishiga, iste‘molchilarga taklif qilinayotgan tovarlar miqdori va sifatining nafaqat ancha oshishiga, balki ular assortimentining kengayishiga ham olib keladi; •tadbirkorlarni yo narxlarni pasaytirishga, yoki iste‘molchilar pul daromadlarini oshirishga majbur qiladiki, u faqat iste‘molchilar xarid qobilyatini oshirish hisobigagina daromadlilikni oshirishga erishishi mumkin bo‘ladi. Kapital deganda faqatgina qandaydir buyumlashgan mulk obyektlarini tushunish mumkin emas. U moddiylashgan yoki mental shaklda (bilm, ko‘nikma, layoqat, qandaydir qobilyatlarga, kasb sirlariga ega bo‘lish, ya‘ni nou-xau ham tovar va kapital singari baholanadi) amal qilish mumkin. 7 Kapital deganda, moddiy yoki moliyaviy mablag‘lar hamda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan va foyda olish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan intelektual ishlanmalar va tashkilotchilik ko‘nikmalari tushiniladi. Boshqacha aytganda, kapital deganda quydagilar ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda bizning iqtisodiy taffakurimiz, aniqrog`i boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda. Jumladan, ―Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida‖gi O`zbekiston Respublikasi qonunida ta'riflanishicha tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma'suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. 4
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo`lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkin.Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko`ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo`lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o`zini iqtisodiy jihatdan to`la namoyon qila olmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga yetarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to`rtta o`zaro bog`liq vazifasini aniqlash bilan to`liq tushuniladi. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga
oshirish uchun
boshqa resurslarni bir joyda
uyg`unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi. Tadbirkor biznesni yuritish,
4 ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublika Qonuni 2012 yil 2 may. 8 foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi. Tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati –bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining shart-sharoitlari. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o`z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy –iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Birinchidan, tadbirkor xo`jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o`zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo`yicha ma'lum huquq va erkinliklar mavjud bo`lishini taqozo etadi. Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo`lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o`zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo`jalik yuritish huquqi, ya'ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma'lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasini nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo`llarini topishga qaratiladi, ya'ni u iste'mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo`jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi. Uchinchidan, xo`jalik yuritish yo`lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta'minlaydigan ma'lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
9 To`rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o`zlashtirishning turli- tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi. O`z navbatida turli-tumanlilikning o`zi obyektiv xodisa bo`lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi. Yetarli
moliyaviy manbalarga, yaxshi ma'lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo`lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo`yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti
va uni
rivojlantirishda jamiyat
manfaatdorligining mavjud bo`lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. Yuqorida ko`rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo`lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o`tib ketadi.
10
2 - Tadbirkorlik kapitali turlari va uning harakati Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o`ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo`shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va, nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli- tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biror-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni quydagicha ifodalash mumkin (1-rasm). 2.1-chizma. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning nomoyon bo’lishi 5
Byujet korxonalari – davlatning vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi
5 Manba: O‘lmasov A, Vahobov A. Iqtisodiyot nazaryasi: Darslik-T.:‖sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahriryati, 2006. 11
xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar. Huquqiy va xo`jalik mustaqilligiga ega bo`lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O`zlarining holati bo`yicha ular davlatning ma'muriy – boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlariga bevosita bo`ysunadi, yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydadan soliq to`lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o`tadi.
davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lgan korxonalar. Ular mol- mulkka ega bo`lib, xo`jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya'ni davlat korporatsiyalari o`zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi. Bundan ko‘rinadiki, davlat ishlab chiqarish korxonalari yoki korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtirib, korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli hisoblanadi. Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo`ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to`g`risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo`jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma'lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan pul va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xom ashyo va yarim fabrikatlarni qat'iy belgilangan baholarda yetkazib berish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta'minlanganlik va shu kabilar. Hamma vaqt korxona (firma) jamoa tadbirkorligini amalga oshirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida korxona ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilishning asosiy birlamchi bo`g`ini hisoblanadi. Huquqiy nuqtai nazaridan korxona deganda 12
yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil xo`jalik yuritish subyekti tushuniladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha mamlakatlarda mukammal iqtisodiyotni yaratishda tadbirkorlik muhim faoliyat hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar jadal rivojlanib, bir-biriga qo‘shilib ketishi sodir bo‘lmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlardan jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-
jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a'zolarining uning faoliyatida o`z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy
belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo`shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo`shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a'zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o`z-o`zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlarning uyg`unligi yuzaga kelishi va h. k.
6
Tadbirkorlikning shakllari shaxsiy xususiy
aralash davlat
jamoa 13
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo`lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling