Reja Kirish tadbirkorlik kapitalining iqtisodiy mohiyati


miqyosida  asosiy  kapitaldan  olinadigan  samara  darajasi  ishlab  turgan


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.11.2020
Hajmi0.84 Mb.
#152459
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi Mohinisoga


miqyosida  asosiy  kapitaldan  olinadigan  samara  darajasi  ishlab  turgan 

asosiy  kapitalning  har  bir  so‘miga  to‘g‘ri  keladigan  yalpi  ichki  mahsulot 

yoki milliy daromadni, kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy 

 

31 


daromad  yoki  yalpi  ichki  mahsulotning  bir  so‘mi  hisobiga  asosiy  kapital 

qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflaydi: 

  

 



   

    


 

  

 



            yoki    

 

 



   

  

 



  

 

Korxona  miqyosida  kapitaldan  olinadigan  samara  darajasi  asosiy 



kapitalning  bir  so‗mi  evaziga  korxona  ishlab  chiqaradigan  mahsulot  miqdori 

(M) bilan, kapital sig‗imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir 

so‗m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‗g‗ri kelishi bilan tavsiflanadi:  

 

      



   

 

 



  

   


  

 

   



 

    


   

 

  



 

 

Korxonadagi  mehnat  vositalarining  ayrim  turlaridan  foydalanish 



samaradorligi  natural  ko‗rsatkichlar  yordami  bilan  aniqlanadi.  Masalan,  bir 

to‗quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‗qilgan mato, bir avtomobilda bir 

kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.  

Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‗lari 

harakati  bilan  uzviy  bog‗liq.  Shu  sababli  aylanma  kapital  va  aylanma 

mablag‗lardan  foydalanish  samaradorligini  aniqlash  va  uni  oshirish  omillarini 

ko‗rsatib berish muhim ahamiyatga ega.  

Aylanma  kapitaldan  foydalanishning  umumlashuvchi  ko‗rsatkichi 

hisoblangan  iqtisodiyot  miqyosida  mahsulotning  material  sig‗imi  (M

sig‗


mahsulot  yaratishda  iste‘mol  qilingan  aylanma  kapital  qiymatining  yalpi  ichki 

mahsulot (YaIM) yoki milliy daromadga (M

d

) nisbati orqali aniqlanadi: 



 

    


   

  

  



 

 

32 


Korxona  miqyosidagi  material  sig‗imi  (M

sig‗.kor.

)  unda  iste‘mol  qilingan 

aylanma  kapital  qiymatining  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  qiymatiga  nisbati 

orqali aniqlanadi:  

 

   



 

    


 

  

 



 

Sarflangan  aylanma  kapital  birligi  hisobiga  ishlab  chiqarilgan  mahsulot 

miqdori material sig‗imi ko‗rsatkichiga teskari miqdordir. 

Aylanma  mablag‗lardan  foydalanish  samaradorligi  u  bilan  aylanma 

kapital o‗rtasidagi nisbatga bog‗liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band 

bo‗lgan  aylanma  kapitalning  salmog‗i  qanchalik  ko‗p  bo‗lsa,  aylanma 

mablag‗lardan shunchalik samarali foydalaniladi.  

Amaliyotda  aylanma  mablag‗lardan  foydalanish  samaradorligi  ularning 

aylanish  koeffitsienti  bilan  o‗lchanadi.  Bu  koeffitsient  bir  yil  ichida  sotilgan 

mahsulot qiymatining aylanma mablag‗larning o‗rtacha yillik summasiga nisbati 

sifatida aniqlanadi.  

Aylanish  davri  (a)  yildagi  kunlar  sonining  aylanishlar  soniga  (n)  nisbati 

bilan aniqlanadi:  

   


   

 

 



Aylanma  mablag‗lar  aylanishini  tezlashtiradigan  asosiy  omil  ishlab 

chiqarish  vaqtini  avvalo  ish  davrini,  shuningdek,  muomala  vaqtini 

qisqartirishdir. 

 

 


 

33 


4. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab – quvvatlashning asosiy 

yo’nalishlari. 

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamdagi  bozor  islohotlari, 

iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari  korxonalardagi 

mavjud  asosiy  va  aylanma  kapitallar  qiymatining  o‘sishiga  hamda  tarkibining 

o‘zgarib, sifat jihatidan takomillashib borishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. 

Asosiy  kapitalning  tarmoq  tarkibi  ularning  ayrim  tarmoqlar  bo‘yicha 

taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan 

tavsiflanadi.  Agar  asosiy  kapital  tarkibida  ko‘proq  texnika  taraqqiyoti  va  ishlab 

chiqarish  samaradorligini  belgilaydigan  tarmoqlarning  ulushi  oshsa,  ularning 

tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 

Asosiy  kapitalning  mulk  shakllari  bo‘yicha  tarkibi  kapitalning  umumiy 

qiymatida  har  bir  mulk  shaklining  hissasi  bilan  tavsiflanadi.  Asosiy  kapitalni 

shakllantirishda  chet  el  investitsiyalarining  ishtirokini  barqarorlashtirish  tashqi 

iqtisodiy  faoliyatini  erkinlashtirish,  investitsiya  muhitini  rivojlantirish  va 

investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quydagi o‘zgarishlarni 

taqozo etadi: 

- Ishlab  chiqarish  texnalogiyalarini  sotib  olish,  global  ilmlarni  egallash, 

soliqlarni  tartiblovchi  rolini  takomillashtirish,  ularning  rag‘batlantiruvchanlik 

rolini kuchaytirish; 

- Importga  cheklovlarni  iqtisodiyotda  import  o‘rnini  bosuvchi  ishlab 

chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan bilan mutanosib ravishda kiritib borish, 

mazkur 


tarmoqlarni 

asosan 


xorijiy 

investitsiyalar 

hisobidan 

moliyalashtirish.Mamlakatga  xorijiy  ka  pitalni  keng  miqyosda  jalb  qilishda 

kreditlar  hissasini  kamaytirish  va  bevosita  xorijiy  investitsiyalar  hissasini 

o‘stirishga erishish lozim.

10

 

Ta‘kidlash  lozimki,  O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamdagi 



bozor  islohotlari,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari 

                                                           

10

  Основы  предпринимательской  деятельности:  экономическая  теория.  Учебное  пособие.  /  Под  ред. 



В.М.Власовой. – М.: ―Финансы и статистика‖,2004 й. 

 

34 


korxonalardagi mavjud asosiy va aylanma kapitallar qiymatining o‘sishiga hamda 

tarkibining  o‘zgarib,  sifat  jihatdan  takomillashib  borishiga  ijobiy  ta‘sir 

ko‘rsatmoqda. 

Respublika  bo‘yicha  asosiy  kapitalni  ko‘paytirish  manbalari  tuzilmasining 

tahlili hamon davlat byudjeti mablag‘lari hissasining yuqoriligini, bank kreditlari, 

chet  el  investitsiyalari  va  kreditlari,  byujetdan  tashqari  fondlarning  hissasi  esa 

pastligini  ko‘rsatib  kelgan  edi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Oliy 

Majlisga  Murojaatnomasida  ta‘kidlaganidek:  ―Biz  2018-yilga  ―Faol  tadbirkorlik 

innavatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab – quvvatlash yili‖ deb nom berib

Davlat  dasturi  doirasida  21  trillion  so‘m  va  1  milliard  dollarga  teng  76  mingta 

loyihani  amalga  oshirganimiz  o‘tgan  yili  yaxshi  niyat  bilan  boshlagan 

ishlarimizning natijasini ko‘rsatib turibdi.‖

11

 

Hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotida  tadbirkorlik  faoliyatining  quyidagi 



shakllari  samarali  amal  qilib  kelmoqda:  xususiy  tadbirkorlik,  ma‘sulyati 

cheklangan  va  ma‘sulyatli  cheklanmagan  jamiyatlar,  hissadorlik  jamiyatlari. 

Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat 

kasb  etadi.  Hissadorlik  jamiyatining  paydo  bo‘lishi  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini 

rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, 

aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanishga undaydi. 

Asosiy  kapitalning  mulk  shakllari  bo‘yicha  tarkibi  kapitalning  umumiy 

qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi. 

 

 

 



 

                                                           

11

 Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. https//m.kun.uz/news/president-murojaatnomasi-to‘liq 



matn2018/12/28/ 

 

35 


 

4.1-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga investisiyalar 

hajmi

12

 

Joriy  davrda  asosiy  kapitalga investitsiyalar  107 333,0  mlrd  so`m  tashkil 



etib,  bu  o‘tgan  2017  yilning  mos  davriga  nisbatan  118,1%  oshganligini 

ko‘rsatadi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,7%i yoki 65142,4 mlrd. so`m 

jalb etilgan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korhona, tashkilot va 

aholining  o`z  mablag`lari  hisobidan  39,3  %i  yoki  42190,6  mlrd.  so`m 

moliyalashtirildi.  

Joriy  davrda  markazlashgan  moliyalashtirish  manbalari  hisobidan  asosiy 

kapitalga  investitsiyalarning  ulushi  o`tgan  yilning  mos  davridagi  ulushiga 

nibatan  8,6  %  punktga  ko`payib,  32,1%  ni  yoki  34448,4  mlrd.so‘mni  tashkil 

etdi. 

                                                           



12

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumoti. 



 

36 


Asosiy kapitalga investitsiyalar o`sish suratlarini moliyalastirish mabalari 

bo`yicha  eng  yuqori  ko`rsatkich  O`zbekiston  Respublikasi  kafolati  ostidagi 

xorijiy  kreditlar  hisobidan  o`zlastirilgan  investitsiyalarda  kuzatildi  –  o`tgan 

yilning  mos  davriga  nisbatan  2,8  martta  o`sish.  Bu  MChJ  shaklidagi 

―O`zbekiston  GTL‖  qo`shma  korxonasi  tomonidan  Sho`rtan  gaz-kimyo 

majmuasida  tozalangan  metan  asosida  sintetik  suyultirilgan  yoqilg`i  ishlab 

chiqarishni tashkil etish, To`raqo`rg`on IESda umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan 

ikki  450  MVt  quvvatli  bug`gaz  qurilmali  blokdan  iborat  yangi  issiqlik  elektr 

stansiyasi  qurilishi,  Taxiatosh  IESda  230-280  MVT  quvvatli  ikki  bug`gaz 

qurilmasi  qurilishi,  Navoiy  IESda  450  MVt  quvvatli  ikkinchi  bug`gaz 

qurilmasini  qurish  orqali  kengaytirish,  ―O`zelektrtarmoq‖  UK  tomonidan 

energotizim  podstansiyalarida  eskirgan  asbob-uskunalarni  almashtirish  va 

modernizatsiya  qilish,  ―Navoiyazot‖  AJda  polivinilxlorid  (PVX),  kaustik  soda 

va  methanol  ishlab  chiqarish  majmuasi  qurilishi  kabi  yirik  investitsiya 

loyihalarining jadal olib borilayotgani bilan bog`liq. 

Zamonaviy texnalogiyalarni texnalogiyalarni tadbiq qilish qilish zaruryati, 

tadbirkorlik  bo‘yicha  ilg‘or  xorijiy  tajribalarni  o‘zlashtirish  va  investitsiya 

muhitini  yaxshilanishi  borasida  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida 

mamlakatga  bevosita  chet  el  investitsiyalarini  olib  kirish  faollashib,  capital 

qo‘yilmalarning umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada 

o‘zgardi. 

 

 


 

37 


4.1-jadval. 

2018 yilning yanvar-dekabrida asosiy kapitalga investitsiyalarning 

moliyalashtirish manbalari bo’yicha taqsimlanishi

13

 

 

Ko’rsatkichlar 

2014 

2015 

2016 

2017 

2018 

№ 

M

lrd.so

’m

 

O

’s

is

h

 

sur’

at

i %

 

M

lrd.so

’m

 

O

’s

is

h

 

sur’

at

i %

 

M

lrd.so

’m

 

O

’s

is

h

 

sur’

at

i %

 

M

lrd.so

’m

 

O

’s

is

h

 

sur’

at

i %

 

M

lrd.so

’m

 

O

’s

is

h

 

 s

ura

ti %

 

1  Jami 



33715,3  109,6 

40737,3  109,6  49770,6  107,7 

68423,9  100 

107333  118,1 

2  Markazlashtirilgan 



investitsiyalar: 

6780,8  110,6 

8482,2 

114,6  2221,2  104,5 



3348,2 

106,8 


72884,6 

131,2 


3  Budjet mablag‘lari 

1577,2 


93,6 

1974,4 


112,0  1997,2  104,0 

3474,5  105,1 

4124,1 

108,8 


4  Sug‘oliradigan yerlarda 

melerotiv holatini 

yaxshilash 

jamg‘armasining 

mablag‘laridan 

120,7 


100,1 







5  Budjetdan tashqari 

jamg‘arma 

mablag‘laridan 

2000,8  109,9 

2483,7 

108,2  2986,0  111,5 



3157,1 

101,9 


5467,8 

112,8 


6  Tiklanish va taraqqiyot 

jamg‘armasining 

mablag‘laridan 

1403,1  145,4 

1871,5 

134,6  2362,6  143,3 



8245,1 

113,8 


7894,8 

109,6 


7  Chet el investitsiyalari 

va hukumat kafolati 

ostida olingan kreditlar  

1479,0  108,9 

1909,6 

117,1  2387,5  119,3 



1714,5 

107,1 


16689,6 

125,4 


8  Markazlashtirilmagan 

investitsiyalar 

26934,5  109,8 

32255,1  108,8  26404,0  105,3 

37146,5 

139,0 

72884,6 

167,9 

9  Korxonaning 

mablag‘lari 

10401,2  107,1 

12607,6  108,5  26404,0  153,0 

28906,0 


105,6 

30062,9 


106,8 

10 


Aholi mablag‘lari 

7350,5  110,1 

8614,4 

109,9  26404,0  111,0 



10465,2 

115,0 


12127,8 

118.2 


11 

To‘g‘ridan to‘g‘ri chet el 

investitsiyalari va 

kreditlari 

5339,1  109,3 

6273,1 


106,5  10611,4  121,3 

12768,6 


144,9 

14660,4 


146,7 

12 


Tijorat banklarining 

kreditlari va boshqa qarz 

mablag‘lari 

3843,7  113,8 

4760,0 

110,8  5523,9  110,1 



5643,9 

111,1 


16033,5 

125,4 


 

Iqtisodiyotda  asosiy  kapitalga  kiritilayogan  investitsiyalar  hajmining 

barqaror  o‘sib borishi  mamlakat  YaImning  o‘sishini ta‘minlab  beradi va  buning 

natijasida  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  va  shu  orqali  aholini  ish  bilan  bandlik 

                                                           

13

 



Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida tuzilgan. 

 

38 


muammosini  bosqichma-bosqich  hal  etish  hamda  ular  daromadlarini  muntazam 

oshirib borishga imkoniyat yaratadi. 



 

4.2-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish 

tarkibi

14

 

Joriy davrda ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi 

yangi qurilishga yo`naltirildi. Yangi qurilishga yo`naltirilgan investitsiyalar hajmi 

61093,8  mlrd.so`mni  tashkil  etib,  jami  o`zlashtirilgan  investitsiyalarning  57,0 

%ini  tashkil  etdi.  Biz  yuqoridagi  rasmdan  ko‘rib  o‘tishimiz  mumkunki, 

kengaytirish,  rekonstruksiya,  modernijatsiya,  texnik  qayta  qurollantirish  tarkibi 

uchun27,3 % da va boshqalar uchun 27,3 % da investitsiyalar jalb etilgan. 

 

                                                           

14

 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumoti. 



 

39 


 

4.3-rasm. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o’sish surati

15

 

Hudular  kesimida  asosiy  kapitalga  investitsiyalar  o`zlashtirilishi  bo`yicha 

o`tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o`sish surati 84.6 %ga ko`payish 

Navoiy  viloyatida  kuzatildi.  Bu  asosan  qimmatli  metal  konlarini  o`zlashtirish 

bo`yicha investitsiyalar bilan bog`liq.  

Namangan  viloyatinig  o`tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  171,2  %  o`sishi 

To`raqo`rg`on tumanida issiqlik elektr stansiyasi qurilish bilan bog`liq.  

Jizzax  viloyatida  ham  o`tgan  davrlarga  nisbatan  investitsion  Jizzax 

viloyatida  ham  o`tgan  davrlarga  nisbatan  investitsion  faollik  yuqori  darajada 

oshib,  dehqonchilik  va  chorvachilik,  ovchilik  va  bu  sohalarga  xizmat  ko`rsatish, 

sport,  dam  olish  va  ko`ngil  ochishni  tashkil  etish  sohasidagi  faoliyat  kabilarda 

                                                           

15

 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumoti. 



 

40 


o`zlashtirilayotgan  investitsiyalar  ushbu  hududda  o`zlashtirilgan  investitsiyalar 

hajmini o`tgan yilning mos davriga nisbatan 155,9 % bo‘lishini ta‘minladi. 

 

4.4-rasm. Hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy 

kapitalga investisiyalar

16

 

Joriy  yilda  asosiy  kapitlaga  investitsiyalarning  yuqori  o‘sish  sur‘atlariga 

erishilishilishiga katta hissa qo‘shgan Davlat rivojlanish dasturiga kiritilgan yirik 

investitsiya loyihalari quydagilar: 

Tozalangan  metan  asosida  sintetik  suyuq  yoqilg‘i  ishlab  chiqarishga 

mo‘ljallangan Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi; 

Buxoro viloyatida: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash 

va gazni qayta  ishlovchi zavodning qurilishi,  Xauzak  va  Shadi konlarini  ishlab 

chiqarishga tayyorlash, shuningdek Quvachi-Olat konlarini kengaytirish; 

Qashqadaryo  viloyatida:  Xisor  investitsiya  bloki  va  Ustyurt  hududida 

mahsulotni  taqsimlash  bo‘yicha  bitm  asosida  konlar  bilan  ishlash  va 

uglevodorod qazib qazib chiqarishini tashkil etish;  

                                                           

16

 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma‘lumoti. 



 

41 


Namangan  viloyatida:  To‘raqo‘rg‘on  tumanida  quvvati  450  MVt  dan 

bo‘lgan  ikki  bug‘-gaz  qurilmasidan  tarkib  topgan  jami  quvvati  900  MVt  dan 

bo‘lgan yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi; 

Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida 230-280 MVt quvvatli ikkita bug‘-

gaz qurilmasi qurilishi; 

Navoiy  issiqlik  elektr  stantsiyacida  450  MVt  quvvatli  2  bug‘-gaz 

qurilmalarini kengaytirish bo‘yicha qurilish ishlari; 

Polivinixrod  (PVX),  kaustik  soda  va  methanol  ishlab  chiqarish 

kompleksining qurilishi 

 

 



 

 

 



 

 


 

42 


5. Mamlakatimizda tadbirkorlik kapitalini oshirish chora-tadbirlari 

Mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojini  yuqori  darajaga  ko‘tarish,  fan-

texnika  taraqqiyotini  jadallashtirish  yanada  izchil,  yanada  qat‘iyat  bilan  talab 

qiladi.  Ayni  chog‘da  ilmiy-texnika  rivojining  yutuqlarini  ishlab  chiqarishda 

ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika 

taraqqiyotini  jadallashtirishning  hal  qiluvchi  omili  ekanligi  davlat  siyosatining 

eng  muhim  qoidasi  hisoblanadi.  Bu  borada  bugungi  kunda  mamlakatimizda 

ko‘plab  samarali  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bunga  yaqqol  misol  qilib 

aytadigan  bo‘lsak  mamlakatimiz  prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  tomonidan 

tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni sifat 

jihatdan  yaxshilashga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida  farmon 

tasdiqlandi.  

Unga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ning jadal rivojlanishini 

taminlash  xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  uning  daxlsizligini  kafolatlarini 

mustahkamlash,  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  byurokratik  to‘siqlarni  bartaraf 

etish,  respublikada  investitsiya  va  ishbilarmonlik  muhitini  rivojlantirish  ko‘zda 

tutilgan. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  erkinlik  berish,  ularning 

faoliyatiga  davlat  aralashuvini  tubdan  qisqartirish,  huquqbuzarlikni  oldini 

olishni  ta‘minlash,  huquqbuzarlikka  yo‘l  qo‘ymaslik  tadbirkorlik  faoliyatini 

yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va 

davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda. 

Bugungi  kunga  kelib,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub‘ektlari 

mamlakatimiz  iqtisodiyotining  barcha  jabhalarida,  mashinasozlik  mahsulotlari 

ishlab  chiqarishda,  xalq  iste‘moli  mollarini,  qishloq  xo‘jaligi  va  oziq-ovqat 

mahsulotlarini 

ishlab 

chiqarishda 



hamda 

boshqa 


sohalarda 

faoliyat 

ko‘rsatmoqda. 

Tadbirkorlik  faoliyatida  ilmiy-texnika  rivojiini  jadallashtirish, sanoatning 

ilg‘op  tarmoqlarida  yangi  texnologiyalarga  o‘tish  sharoitida  o‘z  o‘rnini  topib 


 

43 


bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g‘oyalar 

va  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash  bilan  ishlashni  ta‘minlovchi  butun 

tizimning  ajralmas  qismini  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari,  kichik  korxonalar 

tavakkalchilik  xavfi  yuqori  bo‘lgan  sharoitlarda  ishlab  chiqarishning  ma‘qul 

shakllaridan hisoblanadi. 

Ushbu  farmonga  binoan  tadbirkorlik  kapitali  davlat  tomonidan  qo‘llab-

quvatlash va rivojlantirish quydagi tamoyillarga asoslangan: 

biznes uchun  qulay  huquqiy  sharoitlarni takomillashtirish  (soliqlarni 



kamaytirish, xususiylashtirish) 

fuqorolarning  shaxsiy  jamg‘armalarini  mamlakatning  muhim 



investitsiya  resursiga  aylantirishni  rag‘batlantirish  ishlarini  davom  ettirish 

(tijorat  banklarining  omonotlariga  jalb  etish,  reklamani  kuchaytirish,  yakka 

tartibdagi  yashirin  biznes  ustidan  nazorat  va  cheklash  tadbirlari);  oilaviy 

tadbirkorlikni  qo‘llab  quvvatlash,  imkoniyatlarni  kengaytirish  orqali  rasmiy 

ro‘yxatga olingan tadbirkorlikni rivojlantirish; 

tadbirkorlikning  xususiy  mulklarini  davlat  tomonidan  muhofaza 



qilishning samarali tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar orqali davlat 

organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash; 

 xo‘jalik  yurutuvchi  subyektlar    faoliyati  ustidan  jamoatchilik 



nazoratini o‘rnatish.  

Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish  maqsadida  mamlakatimiz 



prezidenti 

Shavkat  Mirziyoyev  tomonidan  ―Tadbirkorlik  faoliyatini 

rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida‖ 

gi  qaror  qabul  qilingan.  Jamg‘arma  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  davlat 

muassasasi shaklida tashkil etilgan. 

Hujjat  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatini  himoya  qilishning  huquqiy 



mexanizmlari  va  kafolatlarini  yanada  mustahkamlash,  ularni  davlat  tomonidan 

qo‘llab-quvatlashning  yangi  vositalarini  yaratish,  tadbirkorlik  subyeklarini 

kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosida yangi ish o‘rinlarini 

tashkil  etishni  rag‘batlantirish  va  respublika  bank-moliya  tizmi  faoliyatini 

yanada takomillashtirishga qaratilgan. 


 

44 


Mamlakatimizda  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish  va  rivojlantirish 

bo‘yicha ham kelgusida bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, 

bu ishla 

2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish 

strategiyasini amalga oshirish boʻyicha ―yoʻl xaritasi‖ da belgilab qo‘yilgan. Bu 

borada  Prezident  qaroriga  muvofiq  O‘zbekistonda  tadbirkorlikni  qo‘llab-

quvvatlash  ra  rivojlantirish  komissiyasi  va  hududiy  guruhlar  tashkil  etildi. 

Hududiy  guruhlarning  asosiy  vazifalari  quyidagilari:  Hududlarning  ijtimoiy  –

iqtisodiy  rivojlanish  holatini,  shu  jumladan,  muhandislik-komunikatsiya,  ishlab 

chiqarish  va  boshqa  infrtuzilmani  o‘rganish;  Hududlarning  ehtiyoji  va 

salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya 

kiritishni  talab  etadigan  istiqbolli  loyihalarni,  shuningdek,  bo‘sh  turgan  davlat 

mulki ob‘ektlari va yer uchastkalari o‘rganish va aniqlash; Salohiyatli investorlar 

bilan  muzokaral  bilan  muzokaralar  va  uchrashuvlar  o‘tkazish;  Tadbirkorlik 

tashabuslari  va  loyihalarini,  shu  jumladan  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy 

tijorat  banklarining    kredit  liniyalari  hisobidan  amalga  oshirishda  tijorat 

banklarining  ishtirokini  ta‘minlash;  Bo‘sh  turgan  davlat  mulki  ob‘ektlari  va  yer 

uchastkalarini  auksion  savdolarga  qo‘yish  bilan  bog‘liq  masalalarning  tezkorlik 

bilan hal etilishini ta‘minlash; 

  Joylarda  davlat  organlari  va  tashkilotlari  darajasida  hal  qilinmagan 



tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalarni komissiyaga kiritish; 

 Vazirliklar  va  idoralar,  mahalliy  davlat  hokimyati  organlari,  shuningdek, 



erkin  iqtisodiy  va  kichik  sanoat  zonalari  direksiyalarining  tadbirkorlik 

tashabuslari  va  loyihalarini  jadal  amalga  oshirish  bo‘yicha  faoliyatini 

muvofiqlashtirishdan iboratdir.  

Shu  bilan  bir  qatorda,  bugungi  kunda  respublikamiz  iqtisodiyotini 

innovatsion  taraqqiyot  tadbirkorlik  faoliyatida  jadal  rivojlanish  yo`liga  olib 

chiqishdagi  ahamiyatidan  kelib  chiqib,  sanoat  sohasidagi  innovatsion 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  lozim.  Davlat  buni  soliq  va  kredit  siyosati,  huquqiy 

ta`minot  hamda  boshqa  bir  qator  choralar  bilan  rag`batlantirishi  mimkin.  Bu 

sohadagi  tadbirkorlikka  narxlardan  imtiyozlar  berish  lozim.  Ayniqsa,  gaz,  elektr 


 

45 


energiyasi,  yuk  tashish  harajatlari  bo`yicha  imtiyozli  narxlarni  yo`lga  qo`yish 

lozim. Davlat iqtisodiyotni isloh qila borib, tadbirkorlik faoliyatini alohida e`tibor 

qaratishi,  iqtisodiyotni  zamonaviy  boshqaruvchi  kadrlar  bilan  ta`minlash  orqali 

korxonalarning barqaror ishlashlarini ta`minlash mumkin bo`ladi. 

 

 

 



 

 

 



 

  

 



    

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling