Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Download 1.8 Mb.
|
agrobank hisobot tayyor
Pul muomalasini tashkil etish.
Tijorat banklarida kassa operatsiyalari Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi12/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” yo’riqnomaga asosan amalga oshiriladi. Banklarda mijozlar bilan kassa operasiyalarini amalga oshirish va naqd pullarga ishlov berish bo’yicha aylanma kassa va operasion kassalar tashkil etiladi. Operatsion kassalar quyidagilardan iborat: kirim va chiqim kassalari (kirim-chiqim kassalari), pulni qayta sanash kassasi, kechki kassa, xo’jalik yurituvchi sub'ektlar qoshidagi maxsus kassa va kommunal to’lovlarini qabul qilish bo’yicha jamg’arma hamda sayyor kassa va boshqalar. Mijozlarga kassa xizmatini ko’rsatish uchun banklar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga kassa xizmatini ko’rsatish bo’yicha ruxsatnoma berish haqida Markaziy bankning me'yoriy hujjatlarida o’rnatilgan tartibda taqdim etadilar. Tijorat banklarida kassirlik lavozimiga 18 yoshga to’lgan va undan oshgan shaxslar qabul qilinadi. Har bir kassir bilan yakka tartibdagi to’liq shaxsiy moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi.Kassada yaqin qarindoshlarning, agar ularning ishlari bevosita bir-biriga bo’ysunish yoki bir-birini nazorat qilish bilan bog’liq bo’lsa, birgalikda ishlashlari taqiqlanadi. Bank va ularning filiallari (minibanklar)da kassa xodimlarining shaxsiy kiyimlari, sumkalari va pullarini saqlash uchun alohida xona ajratilgan bo’ladi. Xonaning kaliti ish kuni davomida Kassa operasiyalari bo’limi boshlig’i yoki kassa mudirida, mini banklarda esa minibank mudirida saqlanishi lozim. Kassirlar ish kuni davomida qimmatliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar va qimmatliklarni tashish uchun temir aravachalar bilan ta'minlangan bo’lishlari lozim. Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish 001-shakldagi naqd pul qo’yish e'lonlari bo’yicha, boshqa turdagi bir martalik to’lovlarni qabul qilish esa 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali 44-ilovada ko’rsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani berish bilan amalga oshiriladi.001-shakldagi naqd pul qo’yish e'loni 3 qismdan - naqd pul qo’yish e'loni, kvitansiya va orderdan iborat. Naqd pul qo’yish e'loni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitansiya naqd pulni topshirgan mijozlarga, orderlar esa - buxgalteriya xodimlariga beriladi. Bank kassasidan berilgan pulni olgan shaxs, kassa yonidan ketmay turib olingan umumiy summani hujjatda ko’rsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bog’lamlar va dastalar bo’yicha tekshirishi, dasta to’lmagan alohida pullarni esa shu pulni bergan kassirning kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanab ko’rish orqali qabul qilib olishi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub'ekt vakili bank kassasiga pul topshirmay turib, bir vaqtning o’zida pul olish uchun chek va naqd pul qo’yish e'lonini taqdim etgan hollarda, bunday operasiyalarni bajarish taqiqlanadi. Tijorat banklarida kassa prognozini tuzish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 20-avgustdagi 18/1-son Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida”gi yo’riqnomaga asosan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida naqd pul aylanmasini prognoz qilish O’zbekiston Respublikasidagi banklar kassa oborotlarini xomcho’tini tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va MB HBB, shuningdek, tijorat banklari tegishli hudud bo’yicha kassa oborotlari xomcho’tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qiladi. Kassa oborotlari xomcho’ti bir qancha tushum manbalari va naqd pul berish yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu manbalar va yo’nalishlar uchun alohida ramzlar tuzilgan va banklar shu ramzlar asosida ish yuritadilar. Bunda kirim va chiqim uchun 02 dan 59 gacha ramz raqamlari qo’yilgan. Banklar kassa oborotlarining choraklik xomcho’tini tuzish uchun bankda asosiy talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’iga ega bo’lgan yuridik shaxslardan kassa buyurtmanomalarini oladilar. Tijorat banklarining filiallari va filialga ega bo’lmagan tijorat banklari xomcho’t qilinayotgan chorakning boshlanishidan 30 kun oldin asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatilayotgan yuridik shaxslardan kassa buyurtmanomalarini oladilar. Tijorat banklari yuridik shaxslar faoliyatining xomcho’t hisob-kitoblari hamda pul tushumlarini ko’paytirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kassalariga tushadigan pullarning to’liq hisobga olinishiga etibor bergan holda, yuridik shaxslardan olingan kassa buyurtmanomalarini ko’rib chiqadilar. Tijorat banklari oborotlarining xomcho’tini xomcho’t qilinayotgan chorakdan oldingi oyning 15 - kunigacha MB HBB ga , ular esa 25-kunigacha Markaziy bankka taqdim etadi. Bank filiallari kassa oborotlarining xomcho’tini MB HBBga elektron pochta orqali yuz ming so’mda, MB HBB Markaziy bankka million so’mda jo’natadilar. “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga ( 1998-yil 17-dekabrda 565-son bilan ro’yhatga olingan) muofiq yuridik shaxslar o’z kassalarida naqd pul qoldiqlari bo’yicha belgilangan limitlar doirasida naqd pulga ega bo’lishlari mumkin. Yuridik shaxslar kassadagi belgilngan naqd pul qoldig’ining limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda hisobvaraqlarga kiritib qo’yish uchun bankka topshirishlari shart. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling