Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


Tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 1.8 Mb.
bet2/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1268289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
agrobank hisobot tayyor

Tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari

Respublikada ilk marta 1988-yil 1-yanvarda “Agroprombank” USSR nomi bilan tashkillangan. Hamda respublika bo’ylab 155 ta filiallni o’z ichiga olgan. 1990-yil 18-iyulda esa SSSR Vazirlar Mahkamasining №703 sonli qaroriga asosan “Agroprombank” SSSR tizimidan ajralib chiqqan holda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O’zbek aksionerlik tijorat bank “O’zagroprombank” tashkil etilgan.
1993-yil mamlakatimizda birinchi marta “O’zagroprombank” tomonidan Turkiya “Ziraat Banki” bilan birgalikda “UT Bank” O’zbekkistin – Turkiya qo’shma banki ta’sis etilgan.
1995-yil 27-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining №294 sonli qaroriga asosan “O’zagroprombank” Yopiq Aksionerlik Tijorat Banki asosida yangi “Paxta bank” OATB tashkil etilgan. 1998-yil OATB “Paxta bank” Osiyo – Tinch okeani qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi (APRAKA)ga a’zo bo’lgan.
2009-yil 30-martda OATB “PAXTA BANK” asosida ATB “AGROBANK” tashkil etilgan.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari kabi o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim. Iqtisodiyotning rivojlanishida bank resurslarini tashkil etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin: iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimining shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Bular, banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lardir.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to’rtta shakli mavjud:

  1. Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li bilan resurslar yig’ish;

  2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;

  3. Boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish;

  4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish.




Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling