Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


-jadval Tijorat banki o’z kapitali tarkibi2 (31 dekabr holatiga)


Download 1.8 Mb.
bet4/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1268289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
agrobank hisobot tayyor

2-jadval
Tijorat banki o’z kapitali tarkibi2 (31 dekabr holatiga)



Ko’rsatkich lar

2017-yil

2018-yil

O’zgarishi (+;-)

Summa, ming so’mda

Salmoq % da

Summa, ming so’mda

Salmoq % da

Ming so’m

%

1

Ustav kapitali

182,302,396

73

242,501,121

76

+60198725

33,1

2

Umumiy zahira

-

-

-

-

-

-

3

Taqsimlanmagan foyda

66,721,660

26.7

75,757,331

23.7

+9035671

13.5

4

Boshqalar

754,417

0.3

754.417

0.3

0

0

5

Jami o’z mablag’lari

249,778,473

100

319,012,869

100

+69234396

27.7

Jadval asosida bankning o’z mablag’lari manbalarini tahlil qiladigan bo’lsak, 2017-yili ustav fondi 182 302 396 ming so’mdan iborat bo’lib, jami o’z mablag’laridagi ulushi 73% ni tashkil qilgan. 2017-yilgi taqsimlanmagan foyda esa, 26.7% ya’ni 66 721 660 ming so’mni tashkil etadi. Bu holatni yaqqol ijobiy deb hisoblashimiz mumkin chunki. 2018-yil esa ustav fondi jami o’z mablag’larida 76% ni tashkil qilib, 2017-yilga nisbatan 60 198 725ming so’mga ortgan , ushbu yili taqsimlanmagan foyda 75 757 331 ming so’mni tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 9 035 671 ming so’m ortiq daromad qilganligini ko’rsatmoqda. Bankning o’z mablag’lari 2018-yili 2017-yilga nisbatan 69 234 396 ming so’mga foiz miqdorda esa 27.7% ga o’sgan, buni ijobiy holat deb baholash mumkin.
Jalb qilingan mablag‘lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo‘lib, bank resurslarining 70 %dan ortig‘ini tashkil qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo‘jaligining va aholining qo‘shimcha aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) va banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
– depozitlar;
– nodepozit resurslar.
Jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘-larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozit hisobvaraqlari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning asosini qo‘yilmalar manbayi, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar tashkil etadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va qo‘yilmani olish shakllari inobatga olinadi.
Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
– yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);
– jismoniy shaxslar.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
– muddatli depozit mablag‘lar;
– talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;
– aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi:
– 3 oy muddatgacha depozitlar;
– 3 oydan 6 oygacha depozitlar;
– 6 oydan 9 oygacha depozitlar;
– 9 oydan 12 oygacha depozitlar;
– 12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.
Talab qilib olingunga qadar depozitlar – bu bankni oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan mablag‘lardir.Ularga joriy, hisob-kitob, budjet va hisob-kitoblarni amalga oshirish yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq hisobvaraqlardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob-kitoblar uchun mo‘jallangan. Bu hisobvaraqdagi
mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
– depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada
mablag‘ni qo‘yish yoki olish mumkin;
– depozit muddati chegaralanmagan;
– kam miqdorda foiz to‘lanadi;
– bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankka o‘tkaziladigan majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va hokazo.
Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi.
Muddatli qo‘yilmalar mablag‘larni shartnoma bo‘yicha muddat va shartlarda to‘liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli qo‘yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli qo‘yilma bo‘yicha to‘lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va shartnomaning pul qo‘yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‘liqdir. Qo‘yilmaning muddati va summasi qanchalik katta bo‘lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek amaliyotda, asosan, 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada uzoqroq muddatga qo‘yilmalar rasmiylashtiriladi.
Muddatli depozitlar bankka depozitlarning boshqa turlariga nisbatan barqaror resurs bazasini ta’minlaydi. Shu bois tijorat bank lari muddatli depozitlar salmog‘ini ko‘paytirishga harakat qilishlari lozim.
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
– aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siyosatida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi;
– joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi;
– mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim, aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma bekor qilinadi va talab qilib olingungacha bo‘lgan depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin;
– mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi;
– majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‘lishi mumkin va hokazo.
Jamg‘arma depozitlari aholi pul jamg‘armalarining to‘planishi uchun xizmat qiladi. Jamg‘arma depozitlarga pul mablag‘-larini jamg‘arish yoki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‘yilmalar kiradi. Ularning xususiyatli tomonlari – saqlashning rag‘batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma’lum davr ichida
jamg‘arila borishi kabilardir.
Jamg‘arma depozitlari deganda, faqatgina aholi mablag‘-larining muddatli qo‘yilmalar yoki talab qilib olingungacha hisobvaraqlarida jamg‘arilishi bilan bog‘liq har qanday opera tsiyalar tushuniladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari ba lansida aholi qo‘yilmalari „Kredit tashkilotlarida buxgalte riya hisobining yangi
schotlar reja“siga muvofiq balans schotdan hisoblanadi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling