Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


– jismoniy shaxslarning talab qilib olingungacha depozitlari. 20406


Download 1.8 Mb.
bet5/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1268289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
agrobank hisobot tayyor

20206 – jismoniy shaxslarning talab qilib olingungacha depozitlari.
20406 – jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari.
20606 – jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari.
3-jadval
AGROBANK” ATB ning jalb qilingan mablag’lari tarkibi va dinamikasi3 (31-dekabr holatiga)





Ko’rsatkichlar

2017-yil

2018-yil

O’zgarishi (+;-)

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Ming so’m

%




Majburiyatlar



















1

Boshqa banklarning mablag’lari

153 374 800

5,09

191 698 400

4,75

38 323 600

25,0

2

Mijozlar mablag’lari

1 900 093 733

63,07

2 403 574 400

59,53

503 480 667

26,5

3

Muomulaga chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozlar

22 380 610

0,74

25 313 262

0,63

2 932 652

13,1

4

Davlat va xalqaro moliyaviy muassasalardan o’zlashtirish

927 805 255

30,80

1 409 103 508

34,90

481 298 253

51,9

5

Boshqa moliyaviy majburiyatlar

2 697 576

0,09

3 846 471

0,10

1 148 895

42,6

6

Boshqa nomoliyaviy majburiyatlar

4 515 857

0,15

3 846 471

0,10

-669 386

14,8

7

Sotish u-n mo’ljallangan sifatida tasnif etilgan aktivlarga tegishli majburiyatlar

1 702 338

0,06

1 171 519

0,03

-530 819

31,2




Jami majburiyatlar

3 012 570 169

100,00

4 038 554 031

100,0

1 024 812 343

34,0

Jadval ma’lumotlari asosida shlarni xulosa qilib aytish mumkinki, “AGROBANK” ATB ning jalb qilingan mablag’lari o’tgan yil davomida 1 024 812 343 ming so’mga ya’ni foizda 34.0 % ga ko’payib 4 038 554 031 ming so’mni tashkil qilganini ko’rishimiz mumkin. Bankning majburiyatlari tarkibiga qaraydigan bo’lsak eng katta salmoqni mijozlarning mablag’lari tashkil etayotganini ko’rishimiz mumkin ya’ni o’tgan yili 503 480 667 so’mni ya’ni foiz hisobida 26.5 % ga ortib 2 403 574 400 so’mni tashkil etgan. O’tgan yil davomida majburiyatlar tarkibini birma bir tahlil qiladigan bo’lsak Davlat va xalqaro moliyaviy muassasalardan o’zlashtirish 481 298 253 so’mni, foiz hisobida esa 51.9 % ni tashkil etgan, Boshqa moliyaviy majburiyatlar 1 148 895 so’mni ya’ni 42.6 foizni tashkil etgan




  1. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va sifatining tahlili

Tijorat banklari aktivlari-bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo’lgan qiymatliklar:naqd pullar,qarzga berilgan mablag’lar,binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari,bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo’lib, bular o’zlarining moddiy shakliga ega bo’lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank samarali faoliyat ko’rsatishi uchun o’zining aktivlarining tarkibini to’g’ri belgilab olishi va ulardan oqilona foydalanishi kerak bo’ladi. Har qanday bank ham o’zining aktivlari tarkibini samarali shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar.Bank aktivlarining sifati, aktivlarning maqsadga muvofiq tuzilishiga, likvidliligiga, aktiv operatsiyalarining diversifikatsiyasiga, aktivlarning risklilik darajasiga, muammoli va sifatsiz aktivlarning salmog’iga va aktivlarning o’zgaruvchanlik sifatlariga bog’liq.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari deganda o’z va jalb qilingan mablag’lari daromad olish maqsadida joylashtirish jarayoni tushuniladi.
Aktiv operatsiyalar 4 asosiy turga bo’linadi:
1. Kassa operatsiyalari(kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi vakillik hisobraqamidagi mablag’lar)
2. Ssuda operatsiyalari
3. Qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar
4. Asosiy vositalar (yer,bino va inshootlar)
4-jadval
Tijorat banki aktivlari tahlili 4(31-dekabr holatiga)



Ko’rsatkichlar

2017-yil

2018-yil

O’zgarishi (+;-)

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Ming so’m

%




Aktivlar



















1

Naqd pullar

305 589 320

9,37

386 801681

8,9

81 212 361

26,6

2

Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar

311 714 084

9,55

468 377 476

10,7

156 663 392

50,3

3

Mijozlarga kreditlar va bo’naklar

2 493 570 230

76,43

3364 996 926

77,2

871 426 696

34,9

4

Sotish uchun mavjud bo’lgan investitsiyalar

5 246 861

0,16

5 356 277

0,1

109 416

2,1

5

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

77 139 150

2,36

84 639 059

1,9

7 499 909

9.7

6

Foyda solig’ining oldindan to’lanishi

2 465 259

0,08

3 656 006

0,1

1 190 747

48,3

7

Kechiktirilgan soliq aktivlari

8 468 739

0,26

7 684 006

0,2

-784 733

-9,3

8

Boshqa moliyaviy akt

331 007

0,01

580 247

0,0

249 240

75,3

9

Boshqa nomoliyaviy

29 300 149

0,90

35 474 442

0,8

6 174 293

21,1

10

Sotish mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar

28 523 843

0,87

0

0,0

-28 523 843

0,0




Jami akivlar

3 262 348 642

100

4 357 566120

100

1095 217478

33,6

Jadval asosida shuni xulosa qilish mumkinki, “Ipoteka bank” ATIB ning jami aktivlari o’tgan yil davomida 1 095 217 478 ming so’mga yoki foizda 33,6 % ga ko’payib, yil oxirida 4 357 566 120ming so’mni tashkil etdi. Bunday o’sish ko’rsatkichiga erishishda, mijozlarga berilgan sof kreditlar va avanslarning 871 426 696 ming so’mga yoki 2014-yilga nisbatan esa 34,9 % ga oshganligini asosiy sabab sifatida keltirib o’tish mumkin. Qolaversa, yil davomida bank aktivlar tarkibida naqd pullar 81 212 361 ming so’mga yoki 26,6% ga, boshqa banklardan olinishi kerak bo’lgan mablag’lar esa 156 663 392ming so’mga, ya’ni foiz hisobida 50,3 % ga ko’paydi. Aktiv turlarining jami bank aktivlaridagi ulushi dinamikasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, eng ko’p ulushni mijozlarga berilgan kreditlar va bo’naklar teshkil etadi. Uning jami salmog’i deyarli 77.2 % ga teng. Bank uchun ikkinchi asosiy aktiv turi bu boshqa banklardan olinishi kerak bo’lgan mablag’lar hisoblanadi. Uning jami aktivdagi ulushi yil oxiriga kelib 10,7 % ni tashkil etgan . Bank balansidagi eng kam ulushga ega bank aktivi bu bu boshqa moliyaviy aktivlardir. Uning jami aktivdagi ulushi 0,1 % dan iborat. Quvonarli tomoni shuki, bank tomonidan ajratiladigan sof kreditlar va avanslar jami bank aktividagi ulushi yildan-yilga o’sib bormoqda.


Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

  • Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.

  • Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.

Daromad keltirishiga karab bank aktivlari daromad keltiruvchi aktivlar,ya’ni
qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklar),faktoring, lizing, forfeyting, trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar va daromad keltirmaydigan aktivlar,ya’ni pul mablag‘lari, boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘, bino va inshootlar, nomolliy aktivlar,debitorlar,hisob-kitobdagi mablag‘lar,muddati utgan ssudalarga ajratiladi.
Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;
- banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;
- O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
- andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.
Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:
-ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;
- ko‘chma mulk;
- xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
- yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.
1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0%

  • naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari,

  • Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar,

  • majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar,

  • xazina veksellari,

  • davlat obligatsiyalari,

  • Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi.

2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng.

  • boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, evroobligatsiyalar,

  • qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar

  1. - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.

  • boshqa banklarga berilgan kreditlar,

  • boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar.

  1. - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng.

  • qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti,

  • sotib olingan veksellar,

  • trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari,

  • bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar,

  • akkreditivlar,

  • forvardlar kiradi.

Aktivlarni samarali boshqarish bank daromadi va xarajati urtasidagi marja ko’rinishidagi farqning o’sishi, daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga yetarli darajada rioya qilish, bank aktivlarda % stavkasi o’zgarishi bilan % tavakkalchiligini kamaytirish maksadida e’tiborini karatish,bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish extiyojini belgilab beruvchi mavjud konun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi. «Likvidlilik- daromadlilik» dillemasini echishga urinishlar aktivlarni boshkarishda 3 usulni keltirib chiqaradi.
Krеdit portfеli - bu turli xil risklarga asoslangan muayyan mеzonlarga qarab turkumlangan krеditlar miqyosidagi bank talablarining yig’indisidir. Tijorat banklari tomonidan bеrilgan barcha krеditlar uning krеdit portfеlida o’z ifodasini topadi. Tijorat banklari o’z mijozlariga turli ko’rinishdagi krеditlar bеrishi mumkin. Bank kredit portfeli kreditlarning holati bo’yicha, kreditlarning muddati bo’yicha, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, foiz stavkalari bo’yicha, ta’minot turi bo’yicha, kredit sifati bo’yicha, kreditlarningmanbai bo’yicha va kreditlarning maqsadi bo’yicha tahlil olib boriladi. Kredit operatsiyalarini samarali amalga oshiririlishini ta’minlash va ulardan keladigan foizli daromadlarni barqarorligini ta’minlash uchun berilayotgan va avval berilgan kreditlarning risk ko‘rsatkichi qay darajadaligini to‘g‘ri aniqlay olish xamda kreditning riskka uchrashi yoki uni chetlab o‘tishi va riskni boshqarish chora-tadbirlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularning barchasi kredit riskini baholash orqali amalga oshiriladi.
Kredit riski – bu bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytmasligi xamda ularga xisoblangan foizlarni to‘lashda yuzaga keladigan muammolarining yuzaga kelishidir.
1)Mijozning moliyaviy va sifat ko‘rsatkichlari:
a) Mijozning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;
b) Kapital etarlilik ko‘rsatkichlari;
c) Kreditlash shartlari va ta’minot masalalari bilan bog‘liq omillar;
d) Biznes reja ko‘rsatkichlari;
Boshqa omillar.
2) Tashqi omillarni :

  • Turli xil mikro va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar;

  • Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatlarni hamda qonunchilikning mavjud holatini o‘zgarishi;

Kreditlanayotgan tarmoqning bugungi holati va istiqboli.
Kredit riskini baholashda kredit riski darajasini aniqlash tushunchasi ham qo‘llaniladi. Kredit riski darajasini aniqlashda risk koeffitsentidan foydalanish mumkin. Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo‘yicha aniq guruxlarga bo‘lish bilan bog‘liq5 Vaqti bo‘yicha risklar uch turga bo‘linadi.

  1. retrospektiv risklar;

  2. joriy risklar;

  3. kelajakdagi risklar.




Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling