Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


-jadval Tijorat banki resurslari va uning tarkib1i (31-dekabr holatiga)


Download 1.8 Mb.
bet3/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1268289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
agrobank hisobot tayyor

1-jadval
Tijorat banki resurslari va uning tarkib1i (31-dekabr holatiga)



Ko'rsatkichlar

2017-yil

2018-yil

o'zgarishi (+;- )




Summa
(mln.so'm)

salmog'i (% )

Summa
(mln.so'm )

salmog'i (% )

Mln. so'm

(%)

1

Majburiyatlar (bankning jalb qilingan resurslari)

3.012.570

95.1

4.038.554

96.7

+1.025.984

34.1

2

Bank kapitali

249.778

4.9

319.012

3.3

+69.234

27.7

3

Jami resurslar

3.262.348

100

4.357.556

100

+1.065.218

33.6

Jadval ma’lumotlariga asosan “Agrobank” ning resurslari va tarkibini tahlil qilar ekanmiz, 2017-yil 31-dekabr holatiga bankning jalb qilingan resurslari 3.012.570 ming so’mni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Bu jami resurslar tarkibida 95,1 % ni tashkil etadi. Bank kapitali esa jami resurslar tarkibida 2018-yil 31-dekabr holatiga 249.778 ming so’mdan iborat bo’lib, bu ko’rsatgich jami resurslar tarkibida 4,9%ni tashkil etadi. 2018-yili 31-dekabr holatiga bankning jalb qilingan resurslari 4.038.554 ming so’mni tashkil etgan va bu jami resurslar tarkibida 96.7 % ni tashkil qiladi. Bu bank uchun ijobiy holat hisoblanadi. Chunki, bank jami resurslar tarkibini ko’paytirishda depozit mablag’larini jalb qilishga ko’proq ahamiyat bergan.
Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil etadi. Boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining yetarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim. Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar berish salohiyati, to‘lovlar, banklarning daromadlari vujudga keltiriladi. Banklarda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga qarab bank resurslari o‘z resurslariga va qarz (sotib olingan) resurslarga bo‘linadi. Bu holda banklar resurslariga bank kapitalidan tashqari ma’lum vaqt davomida bank ixtiyorida bo‘lgan jalb qilingan depozitlarni, boshqa banklarning depozitidan va vakillik hisobraqamidan qoldiqlarni, forvard valuta kursi va kliring bo‘yicha qoldiqlarni va boshqa depozitlar va qoldiqlarni ham kiritish mumkin. Undan tashqari, bankning ixtiyorida mavjud bo‘lgan resurslar amalga oshirishni mo‘ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli bo‘lmasa, zarur miqdordagi mablag‘larni Markaziy bankdan, nobudjet fondlardan, pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin.
Shunday qilib, bankning o‘z mablag‘lari va qarzga olingan yoki sotib olingan mablag‘lari yigindisi tijorat banklarining resurs bazasini tashkil qiladi.
Xalqaro bank amaliyotida banklarning resurs bazasini shakllantiruvchi asosiy manbalarga o‘z kapitalidan tashqari quyidagilar kiradi:
– yuridik va jismoniy shaxslarning depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari;
– bank tomonidan yuridik shaxslar uchun muomalaga chiqarilgan veksellar va depozit sertifikatlar;
– olingan banklararo kreditlar;
– bank vakili tomonidan ochilgan „loro“ depozit va valuta hisobvarag‘idagi mablag‘lar va boshqa manbalar.
Bankning o‘z mablag‘lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya’ni real kredit resurslari hajmini, pirovard natijada aktiv amaliyotlar hajmini belgilab beradi. Bankning o‘z mablag‘lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular ustidan nazoratni amalga oshiruvchi
Markaziy bank uchun muhim ma’lumot manbayi hisoblanadi.
Bankning o‘z mablag‘lariga ustav fondi (kapital), rezerv fondi va bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda yil davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Bankning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni ustav kapitali egallaydi.
Bankning ustav kapitali – bu bank ishini tashkil qilishning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi.Markaziy bankning me’yoriy talablariga muvofiq bank kapitali asosiy (birinchi darajali kapital) va qo‘shimcha (ikkinchi darajali) kapitaldan iborat. Birinchi darajali kapital hisob-kitob qilingan kapital yig‘indisining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi darajali kapital bajaradi, chunki u doimiyroq hisoblanadi.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyati shartlari, biznes-rejada ko‘rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga qarab bank ustav kapitali miqdoriga qo‘shimcha talablar qo‘yish mumkin. Ustav fondining minimal miqdori bankning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun o‘rnatiladi.
Bank amaliyotida o‘z kapitalining netto va brutto turlari farqlanadi. Bankning o‘z kapitali – brutto – bankning barcha fondlari va balans bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi yig‘indisiga teng. Bankning o‘z kapitali – netto – bu kapital bruttodan o‘z mablag‘laridan kapital xarajatlarning oshgan qismini, yo‘l qo‘yilgan va potensial zararlar, sotib olingan xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo‘lgan debitor qarzlarni chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. Shunday qilib, kapital – netto mavjud bo‘lgan bank kapitalini o‘zida aks ettiradi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bank kapitali I va II darajali kapitaldaniborat bo‘lib, I darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) to‘liq to‘langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar to‘lanmasligi mumkin;
d) qo‘shimcha kapital – oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxi ning ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
e) taqsimlanmagan foyda:
1) kapital zaxiralar;
2) avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi;
3) joriy yil zararlari.
f) aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlarida o‘sishi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) taxminiy xarajatlarni hisobga olgan holda aktivlar summasi ning 125 foizi va hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foiz li kapitaldan oshmagan miqdoridagi umumiy zaxira lar. Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aksiydorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar to‘lanmasligi mumkin.
d) hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar;
e) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak.
Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun (masalan, devalvatsiya uchun zaxira, trast operatsiyalari bo‘yicha biznes uchun zaxira, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zaxira va boshqa maqsadlar uchun) yaratgan zaxirasining hisobi 30903–30906 balans hisobvaraqsida olib boriladi. Ushbu zaxira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lagandan so‘ng sof foyda hisobiga shakllangan zaxiralardir.Ushbu zaxiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochiq e’lon qilinadigan hisobotda ko‘rsatilishi lozim. Zaxiradan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni ular yuzaga kelishi
bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Bundan mazkur zaxiralar hisobiga qoplanadigan barcha zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903 – umumiy zaxira fondi bo‘lib, bu hisobvarag‘i bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadlar (masalan, bank faoliyatini kengaytirish, bank uchun zaruriy vositalarni sotib olish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun va hokazo) uchun tashkil etgan zaxirasi hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda. Bu hisobvarag‘i bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismi hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan. O‘z ichiga quyidagi hisobraqamlarni oladi: yillik, sof foyda; boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo‘shimcha qiymat.31206 – yillik sof foyda. Bu hisobvarag‘i hisobot yilida bank faoliyatining moliyaviy natijalari bo‘yicha yillik foyda yoki zararlar hisobini olib borish uchun mo‘ljallangan. Ushbu hisobvarag‘i bankning yillik hisoboti topshirilgandan so‘ng yopiladi. Agar bank moliyaviy hisobot yakunlariga ko‘ra foyda bilan chiqsa, ushbu hisobraqam kredit qoldiq bilan yopiladi.
Bank kapitalining uchta asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish funksiyalaridir.
Himoya funksiyasi zarar ko‘rish xavfitug‘ilganda aktiv rezervlarni shakllantirish yo‘li orqali bankning to‘lov qobiliyatini saqlab qolish, bank tugatilgan taqdirda omonatchilarga kompensatsiya to‘lash imkoniyatini beradi.
Bank o‘z kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda operativlik funksiyasi ikkinchi darajali bo‘lib hisoblanadi. U bank ning o‘z mablag‘larini yer, bino, inshoot jihozlarini qoplash uchun moliyaviy rezervlarni shakllantirishga ajratishni o‘z ichiga oladi. Bu moliyaviy resurslar manbayi bank ishi faoliyatining birinchi
bosqichlarida, ta’sischilar bilan bir qatorda birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida juda keraklidir.
Bankning o‘z kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitali ko‘rsatkichi yordamida davlat organlari bank faoliyatiga baho beradilar va nazorat qiladilar. Odatda bank o‘z kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me’yori va boshqa bank aktivini sotib olish shartlari bo‘yicha talab qo‘yi ladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar, asosan, bankning o‘z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyasiga kapitalni ssuda va investitsion operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi.
Yuqorida keltirilgan bankning o‘z kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o‘z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo‘yicha salbiy oqibatlarni oldini olish manbayi bo‘lib, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling