Reja: Kirish. Valyuta kursi va uning iqtisodiy mohiyati. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Valyuta kursi omillari va ularni iqtisodiy rivojlanishga tasirining iqtisodiy tahlili


-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi


Download 145.84 Kb.
bet8/13
Sana26.01.2023
Hajmi145.84 Kb.
#1127047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi т

2020-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi % foizda
Manba:O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bank ma’lumotlari
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosatining barcha asosiy yo‘nalishlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab qiladi. Ushbu konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bozor mexanizmlari va instrumentlari asosida pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ushbu Konsepsiya o‘z ichiga 2018-2021 yillar uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ni qamrab oladi. Mazkur yo‘l xaritasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor inflyatsion targetlashning mexanizm va tamoyillarini o‘rta muddatli istiqbolda samarali joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha choralarni amalga oshirishga qaratildi.
O‘zbekistonda valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bu haqda 2020 yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinadi:

  • ayirboshlash kursini belgilashda banklarning faol ishtiroki orqali ularning bozordagi faolligini rag‘batlantirish;

  • derivativlar bozori, xedjirlash instrumentlari va market-meykerlar institutini rivojlantirish;

  • banklararo valyuta savdolarining joriy “fiksing” usulidan uzluksiz auksion savdolari “metching” usuliga o‘tish.

Markaziy bank 2020-yil davomida bu boradagi ishlarni bajarishi shartligi belgilab qo‘yildi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish borasida qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-2025 yillarga mo'ljallangan valyuta interventsiyalari strategiyasi" tasdiqlandi. Strategiyada Markaziy bankning valyuta interventsiyalari tamoyillari, shakllari hamda interventsiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari qayd etildi.6
Qarorga muvofiq, 2021-yilning 15 fevralidan boshlab, ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta oldi-sotdi savdolari bo'yicha quyidagilar joriy etiladi:

  • O'zbekiston respublika valyuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi "fiksing" usulidan "koll auktsion" va ikki tomonlama uzluksiz auktsion "metching" savdo usullariga o'tkazilishi;

  • valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo'yicha savdo sessiyalarining soat 10:00 dan 15:00 gacha "Onlayn platforma" orqali amalga oshirilishi;

  • valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo'yicha hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi ish kuni) shaklidan T+1 (keyingi ish kuni) shakliga o'tkazilishi;

  • tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechgan holda xo'jalik yurituvchi subʻyektlar bilan valyuta operatsiyalarini to'g'ridan-to'g'ri valyuta pozitsiyasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq, Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, O'zbekiston hududida bojxona va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash uchun chet- el valyutalarining so'mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00 da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʻlon qilib boriladi.


  1. Download 145.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling