Reja: Kirish. Valyuta kursi va uning iqtisodiy mohiyati. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Valyuta kursi omillari va ularni iqtisodiy rivojlanishga tasirining iqtisodiy tahlili


Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar


Download 145.84 Kb.
bet5/13
Sana26.01.2023
Hajmi145.84 Kb.
#1127047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi т

Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun:

  • kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi.

  • Importyor chetdan sotib olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi;

  • jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;

  • firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun.

Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi.4 Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. Qiymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki teskari ta’sir ko’rsatadi.

Download 145.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling