Reja: Kirish. Valyuta kursi va uning iqtisodiy mohiyati. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Valyuta kursi omillari va ularni iqtisodiy rivojlanishga tasirining iqtisodiy tahlili


-rasm. 2019 - 2021-yillarda ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari


Download 145.84 Kb.
bet4/13
Sana26.01.2023
Hajmi145.84 Kb.
#1127047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi т

2-rasm. 2019 - 2021-yillarda ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari mln. АQSh doll.
Manba:O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bank ma’lumotlari
Valyuta bozorida tartibga solish sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy sub‘ekt, ya‘ni davlat, xo‘jalik sub‘ekti yoki fukaro o‘zining moliyaviy qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. 3 Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug‘urtalashni, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o‘zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. Tashqiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi. Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina banklar qatnashadilar.
Valyuta bulimining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘zining mijozlariga ma‘lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta‘minlash hisoblanadi. Bu jarayon «naqd bitim», ya‘ni spot operatsiyasi yoki «muddatli bitimlar», ya‘ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo‘lishi mumkin. Jahonning barcha moliya markazlarida ma‘lum bir valyutaga narxlarning o‘rnatilish diapozoni bir xil tartibda o‘rnatilishi an‘anaviy tus olganligi, banklar faoliyatini bu sohaga birlashuvining o‘rnatilishiga olib keladi. Ayni bir moliya markazida ma‘lum bir qisqa vaqt oralig‘ida bozor stavkasi o‘rtacha stavkadan sezilarli darajada farq kilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga oshiruvchi valyuta arbitraji orqali tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi.
Odatda, umum milliy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik banklar, shu jumladan, bir qator mahalliy banklar mahalliy biznesga xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar bilan ta‘minlangan valyuta bulimiga ega bo‘ladilar. O‘z mijozining hisob-kitob bo‘yicha topshiriqlarini bajaradigan va o‘z mablag‘lari hisobiga katta operatsiyalani amalga oshirmaydigan kichik banklar valyuta bo‘yicha mutaxassisga ehtiyoj sezmaydi. Bunday holatda, bankka shu soha bo‘yicha umumiy bilimga ega bo‘lgan mutaxassisning o‘zi kifoya qiladi.




  1. Download 145.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling