Reja: kirish viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni tayyorlash


Download 275.56 Kb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi275.56 Kb.
#1566308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hisobot Gulbonu

9. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni tayyorlash
Mahalliy byudjet obektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan xarajatlardan iborat. Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadlaridan tashkil topadi. Rivojlangan mamlakatlarga mahalliy byudjet mustaqil ravishda mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga shakllanadi. Bizning respublikamizda ham mahalliy byudjet daromadlarini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. Mahhaliy davlatlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi, birinchi navbatda ijtimoiy infrasutrukturani saqlash va rivojlantirishga davlat mablag‘larini taqsimlashda ahamiyatga ega. Mamlakat byudjetining tuzilishi birinchi navbatda davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi 2 bosqichdan iborat. Mahalliy byudjetlar davlatning davlatning moliya tizimini asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarida asosiy o‘rinni ijtimoiy- ma’daniy tadbirlar xarajatlari egallaydi.Hammamizga ma’lumki, aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturining eng ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Prizdenti tomonidan ilgari surilgan bozor munosabatlariga o‘tishning bosh tamoyilidan biri aholini demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hisoblanadi. Shu sababli mahalliy byudjetdan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to‘lanayotgan ijtimoiy to‘lovlar hajmi oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeini yanada ko‘tarishga sabab bo‘layotgan qator omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to‘g‘ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarni qidiribtopishga rag‘batlantirishni ta’minlashdir.Mahalliy byudjetlar daromadari barqarorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining asosini tashkil etganligi uchun mahalliy byudjetlar daromadlarni oshirish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa ko‘shish bilan bir qatorda hududlar iqtisodiy rivojlanishid muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hududiy iqtisodiyot muammolarining keskinlashuvi sharoitida mahalliy byudjetlar moliyaviyimkoniyatlarini yanada oshirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish» muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi, xususan, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ularning samarali ijrosini ta’minlashni taqozo etadi. Mahalliy byudjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda byudjetlararo munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – mahalliy hokimiyatlarning soliq tushumlarini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mulkka, erga, resurslarga soliq solish va yuqorida ko‘rsatilgan boshqa turdagi tushumlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy byudjetlarni mustahkamlashning yana bir muhim manbasi – jismoniy shaxslar daromad solig‘ini mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yilishidir. Shuningdek, soliqlar katorida soliqsiz yig‘imlar xam byudjetlarning muhim manbasi bo‘lib qolishi kerak. Chunki, soliq yukini oshirish chegaralanganligini hisobga olsak, bu muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, byudjetlararo munosabatlarni tartiblashtirish va davlat moliyaviy mablag‘larini boshqarishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, iqtisodiyotimizning modernizasiyalash sharoitida byudjet tizimini barqarorligini ta’minlash va mavqeini oshirishdagi muhim strategik vazifasi sifatida maydonga chiqmoqda.
XULOSA
Men Xursanova Gulbonu ushbu amaliyot davomida Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Moliya bo'liming tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim.
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.
Malakaviy amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

  • Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.



Download 275.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling