Reja: kirish viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 275.56 Kb.
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi275.56 Kb.
#1566308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hisobot Gulbonu

1. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 4-moddasida byudjet tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Byudjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot” 1. Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga (moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo‘yicha xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun etarli sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud bo‘lishi, shaxsiy hisobraqamining mavjud bo‘lishi va sh.k.) javob berishi kerak. Lekin bugungi kunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan byudjet tashkilotlari ham faoliyat yuritibkelmoqda. Ularga tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo‘linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi, tegishli hokimiyatlarbo‘linmalariga qarashli veterinariya uchastkalari va punktlari va sh.k.)
Byudjet tashkilotlari boysunuviga ko‘ra respublika byudjeti va mahalliy (shahar, tuman, shahar) byudjetlardan mablag‘ bilan ta‘minlanadilar, ularning joriy faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta‘minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar. Xarajatlar smetasi –byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi vashtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi.

  • yakka (individual) smetalar;

  • jamlanma smetalar byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;

  • markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.

Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bolgan alohida olingan muassasa bo‘yicha tuziladi.Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog‘liqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda byudjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi.Byudjetdan tashqari mablaglar bo‘yicha smeta – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Byudjet tashkilotlari o‘zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda vasmetalarni rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar;

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga;

  • byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;

  • tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari vatariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlariva xizmatlari baholariga;

  • yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‘zlari tasarrufidagimuassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‘yicha korsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa,

  • bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan ovqatlanish me’yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqibhisoblanadi;

  • dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilanbelgilangan pul xarajatlari me‘yoriga qarab hisoblab chiqiladi;

  • ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak,poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishgaketadigan xarajatlar moddiy ta‘minotning amaldagi me‘yorlari asosida, lekiajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi.

Ushbu hujjatlar qatorida nomi keltirilgan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlarsmetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”2 bugungi kunda byudjet tashkilotlarixarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4-guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasi va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetaning prognoz hisob- kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining byudjetni tuzish tartibi va muddati to‘g‘risidagi qarori va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradilar. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisipalatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga;

  • byudjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me‘yorlariga

  • tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga.

Yuqorida ta‘kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo‘yicha rejalashtiriladi:
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (stipendiyalar va boshqalar);
II guruh – Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
III guruh – Kapital qo‘yilmalar;
IV guruh – Boshqa xarajatlar.Agar Mirzo Ulug’bek tumani moliya bo’limi bo’yicha xarajatlariga e’tibor beradigan bo’lsak:



Mirzo Ulug’bek tumani mahalliy byudjetining 2020 -2021 yil xarajatlar to‘g‘risida

MA’LUMOT


Download 275.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling