Reja: kirish viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 275.56 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi275.56 Kb.
#1566308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hisobot Gulbonu

7. Eng yaxshi taklifni tanlash va tender savdolari asosida amalga oshiriladigan davlat xaridlarini viloyat (tuman, shahar) byudjetidan moliyalashtirish tartibini o‘rganish
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. 14 Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Byudjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan Byudjet tasnifi bo‘yicha Byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Byudjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – Byudjet ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, moliya Byudjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning bir qator o‘ziga xos hususiyatlari mavjud. Bular, avvalo, byudjet tashkilotining mulkchilik asosiga, davlat byudjetini tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog‘liqdir. Mazkur asosiy omillarni sxematik ko‘rinishda quyidagicha keltirishimiz mumkin (3- chizma): 15 1. Qonunchilik tizimiga qat’iy amal qilish. Bunda, byudjet hisobini yuritish va belgilangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq barcha faoliyat davlat tomonidan qat’iy tizimlashtirilganligi, yoki byudjet hisobining “xar bir qadami” qat’iy qonunchilik bilan tartibga solinganligidir. Jumladan, byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanish tartibi, ish xaqi fondini tashkil qilinishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armasini tashkil qilish, ularning me’yorlari va sarflash yo‘nalishlari, byudjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-mulklardan foydalanish maqsadi, tartibi va boshqalarni har birini aniq qonunchilik bilan belgilanganligidir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarini byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilab berilgan. Shuningdek, byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini tashkil topish yo‘nalishlari, mablag‘larni avvalo, mavjud kreditorlik qarzlarni qoplashga yo‘naltirilishi (tovar, ish va xizmatlarning tannarxi qoplangandan so‘ng), qolgan qismi esa, kamida 75 foizi tashkilotning moddiy texnika bazasini mustahkamlashga, ko‘pi bilan 25 foizi esa, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanishi belgilangan. Bu esa, albatta byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qaror ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yadi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102- son “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari davlat mulkini ijaraga berish markazlari ishtirokida ijaraga berilish lozimligi, tushgan mablag‘lar esa, tegishli byudjet, ushbu markaz va byudjet tashkiloti o‘rtasida mazkur qaror bilan belgilangan tartibda taqsimlanishi nazarda tutilgan va x.k.. Albatta bularning hammasi byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarda mazkur qonunchilik ijrosini nazorat qilish uchun kerakli axborotlar mavjud bo‘lishi shartligi zarur qilib qo‘yyadi, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritishda ham o‘z aksini topadi.



Download 275.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling