Reja: kirish viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 275.56 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi275.56 Kb.
#1566308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hisobot Gulbonu

(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, moliya organlari va xalq ta’limi hududiy bo‘linmalari:
ikki oy muddatda umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) shtat jadvali va xarajatlar smetasini mazkur qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
2007-yilning 15-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxs maqomiga ega barcha umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining mutasaddi hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobraqamlarning ochilishini yakunlasin.
6. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tuman (shahar) moliya organlari va bo‘linmalari yuridik shaxs maqomiga ega umumta’lim maktablari (maktab-internatlari)ni moliyalashtirish yilida moliyalashtirishga yo‘naltirilgan davlat va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan har chorakda nazoratni amalga oshirishlari shart.
Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)
Sog‘liqni saqlash tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, birlamchi bo‘g‘inni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, coha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, raqobat va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash va quyidagi yangi boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
vazirlik tizimi va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular ishini samarali tashkil etishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, mazkur tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
shoshilinch tibbiy yordam, respublika tibbiyot (respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridan tashqari) hamda tibbiy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etadi, rahbarlari faoliyatini baholaydi, lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, ular uchun jihoz, dori va tibbiyot vositalari sotib olish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish vakolatlarini, tizimda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasida (keyingi o‘rinlarda — birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari) tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga va sifatiga, ularni jihozlashga hamda tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi;
birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida shtatlar normativi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlariga malaka talablari, jihozlash standartlarini hamda davolash protokollarini tasdiqlaydi, shartnomalarni imzolaydi, ular rahbarlari faoliyatini baholaydi, nomzodlarni beradi, lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritadi, ushbu muassasalar uchun jihoz, dori va tibbiyot vositalari sotib olish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish vakolatlarini amalga oshiradi, ushbu muassasalar faoliyatiga oid qarorlar qabul qiladi;
tibbiyot sohasida raqamlashtirish, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish va rivojlantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi hamda mazkur masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tenderlar o‘tkazadi, shartnomalar imzolaydi, raqamlashtirish, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha davlat tibbiyot muassasalari rahbarlariga nomzodlarni beradi, lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritadi, xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qiladi;
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi o‘rinlarda — respublika ixtisoslashtirilgan markazlari) va ko‘p tarmoqli viloyat shifoxonalarini isloh qilish, ularni birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari bilan bog‘lash hamda joylarda ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shaxsan mas’ul hisoblanadi;
respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va ularning filiallari rahbarlariga nomzodlarni berish, rahbarlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish, ularni jihozlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, tenderlar o‘tkazish va shartnomalar tuzish, ushbu markazlarga budjet mablag‘lari va bepul davolanishga orderlarni taqsimlash, shuningdek, davolash protokollarini tasdiqlash vakolatlarini amalga oshiradi;
onalar va bolalarni xavf guruhlariga ajratib, ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi;
onalik va bolalik masalalarida xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb qilish, mablag‘larni taqsimlash, mahalliy ijro etuvchi organlar, mahalla, yoshlar, sport va ta’lim sohalaridagi davlat organlarining sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish vakolatini amalga oshiradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy yo‘nalishlar hamda joriy etilayotgan yangi boshqaruv tizimidan kelib chiqib:
sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlarining aniq vazifalari va funksiyalari taqsimotini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda hududiy sog‘liqni saqlash organlarining aniq vazifalari va funksiyalari taqsimotini tasdiqlasin;
vazirlik markaziy apparatida investitsiyadan keyingi davrni monitoring qilish uchun amaldagi shtatlar soni doirasida mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tashkil etsin.
2. 2021-yil 15-iyundan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida dori va tibbiy buyumlar uchun biriktirilgan aholi jon boshiga ajratilgan mablag‘ miqdori o‘rtacha 3 baravarga oshirilsin.
Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘la qondirishga, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlarini rivojlantirishga, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.
Shu bilan birga, mavjud davlat boshqaruvi tizimi madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etish, shuningdek mazkur sohalarda davlat siyosatini samarali amalga oshirishni to‘liq darajada ta’minlash imkonini bermaydi. Zimmasidagi vazifalar ko‘lami kengligi va ahamiyati kattaligiga qaramay, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik ta’minlanmayapti, uning faoliyati esa ko‘pincha madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish bilangina cheklanib qolmoqda.
Madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari hamon o‘z yechimini topgan emas. Madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilsin va uning negizida:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari etib belgilansin:
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifa hamda yo‘nalishlarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini ta’minlashda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalanish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5368/0851-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida:
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi;
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kengash huzuridagi Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi negizida budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarining manbalari etib belgilansin, Jamg‘arma mablag‘lari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.
5. Faoliyatni o‘rganib chiqish natijalarini hisobga olib, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Artmadad” maxsus jamg‘armasi va “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tugatilsin hamda mazkur tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga;
(6-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishga doir barcha masalalar hal etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga malakali mutaxassislar har tomonlama tanlab olinishi va kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining barcha majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalarning o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha uning huquqiy vorislari hisoblanadi.



Download 275.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling