Reja: kirish viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 275.56 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi275.56 Kb.
#1566308
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hisobot Gulbonu




Reja:
KIRISH
1. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
2. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti xarajatlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
3. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti va yuqori turuvchi byudjet o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni o‘rganish
4. Mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini o‘rganish
5. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
6. Elektron savdolar asosida amalga oshiriladigan davlat xaridlarini viloyat (tuman, shahar) byudjetidan moliyalashtirish tartibini o‘rganish
7. Eng yaxshi taklifni tanlash va tender savdolari asosida amalga oshiriladigan davlat xaridlarini viloyat (tuman, shahar) byudjetidan moliyalashtirish tartibini o‘rganish
8. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida davlat xaridlarini moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
9. Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni tayyorlash
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Men Xursanova Gulbonu 2022-yil 30-mayidan 2022-yil 30-iyul o’quv yili davomida olgan nazariy bilimlarimni mustahkamlash uchun malakaviy amaliyotini Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani moliya bo’limida o’tadim.
Ushbu amaliyot davomida “Moliya” mutaxassislik fanlari bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim.
Amaliyot davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:

  • nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;

  • sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;

  • amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;

  • amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim;

  • amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.

Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarni rolini oshirish yo‘nalishlari mavzusidagi ushbu bitiruv malakaviy ishi ham hududlar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish mahalliy budjet daromadlar bazasini mahalliy soliqlar hisobiga kengaytirishda muhim ahamiyatga ega deb o‘ylaymiz. Mahalliy byudjet mablag‘larining egasi sifatida amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib, umumiy hajmi byudjet qonunchiligida belgilangan miqdorda pul mablag‘larini ajratadi. Mahalliy byudjet xarajatlariga mablag‘lar ajratish davlat hokimyati, davlat boshqaruvi organlari moliya-kredit idoralari tizimi orqali tegishli tegishli mablag‘larga ehtiyoj sezilgan paytdan (moliya yili) boshlab ularni sarf –xarajat qilgunga qadar bo‘lgan butun davr mobaynida yuz beradi.
Mahalliy byudjet obektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan xarajatlardan iborat. Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadlaridan tashkil topadi. Rivojlangan mamlakatlarga mahalliy byudjet mustaqil ravishda mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga shakllanadi. Bizning respublikamizda ham mahalliy byudjet daromadlarini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. Mahhaliy davlatlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi, birinchi navbatda ijtimoiy infrasutrukturani saqlash va rivojlantirishga davlat mablag‘larini taqsimlashda ahamiyatga ega. Mamlakat byudjetining tuzilishi birinchi navbatda davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi 2 bosqichdan iborat. Mahalliy byudjetlar davlatning davlatning moliya tizimini asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarida asosiy o‘rinni ijtimoiy- ma’daniy tadbirlar xarajatlari egallaydi.
Hammamizga ma’lumki, aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturining eng ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Prizdenti tomonidan ilgari surilgan bozor munosabatlariga o‘tishning bosh tamoyilidan biri aholini demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hisoblanadi. Shu sababli mahalliy byudjetdan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to‘lanayotgan ijtimoiy to‘lovlar hajmi oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeini yanada ko‘tarishga sabab bo‘layotgan qator omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to‘g‘ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarni qidiribtopishga rag‘batlantirishni ta’minlashdir.
Mahalliy byudjetlar daromadari barqarorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining asosini tashkil etganligi uchun mahalliy byudjetlar daromadlarni oshirish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa ko‘shish bilan bir qatorda hududlar iqtisodiy rivojlanishid muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hududiy iqtisodiyot muammolarining keskinlashuvi sharoitida mahalliy byudjetlar moliyaviyimkoniyatlarini yanada oshirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda.
Moliya bo‘limi shahar byudjetining ijrosini tashkil qiladi,byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo‘linmalarga bo‘ladi,shahar byudjetining ijrosini bajaradi, shahar byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag’ tushishini ta’minlashini,byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi,byudjetining ijrosi masalalari bo‘yicha takliflarni shahar hokimligiga olib chiqadi. Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, tegishli xulosalarni oldim hamda ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.


Download 275.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling