Reja: kirish voha axоlisi shaharlar mavqeining o‘sishi. Voha urbanizatsiya haqida tushuncha
Download 45.71 Kb.
|
REJA
Shaharda yashash qimmatKatta shaharda yashash qimmat — ko‘p yurtdoshlarimiz o‘rtasida ayni shunday fikr tarqalgan. Va bu fikrda jon bor. Shaharga ko‘chish turar joyni shunchaki o‘zgartirishgina emas. Bu tumush tarzining o‘zgarishi, odamning iqtisodiyotdagi va mehnat bozoridagi o‘rni, shuningdek, iste’mol modelining o‘zgarishi demakdir. Shaharliklar qishloq ahli kabi yerga ega emas.Ular magazin va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni bozor o‘rnatgan narxlarda sotib olishga majburlar. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish imkoniyati to‘g‘risidagi masala favqulodda muhim. Urbanizatsiyadan foyda olish uchun oziq-ovqat qiymati odamlarning daromadlariga nisbatan qisqarishi maqsadga muvofiq. Aks holda biz shaharlarda kambag‘allik muammosi kuchayishiga shohid bo‘lamiz. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat harajatlari 2017 yili uy ho‘jaligi barcha harajatlarining 44,3%ni tashkil etdi. 2018 yilda bu ko‘rsatkich ayrim asosiy tovarlar narhining erkinlashtirilishi munosabati bilan bozorlarning korrektirovkasi tufayli ancha yuqori bo‘lgani ehtimoli ko‘p. Bularga kommunal to‘lovlar va eng zaruriy nooziq tovarlar va xizmatlar harajatlarini ham qo‘shing. Uy xo‘jaligida uncha ko‘p pul qolmaydi — bu potensial investitsiyalar, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun mablag‘ — bular iqtisodiyotni rivojlantirish uchun potensial talab, rezerv. Xalqaro statistika shunday — mamlakatning taraqqiyot darajasi qancha yuqori bo‘lsa, odamlar oziq-ovqatga o‘z harajatlarining shuncha kam qismini sarflaydilar. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkich uy xo‘jaligi barcha harajatlarining 9% dan 20% gacha bo‘lgan qismini, AQShda 10% dan kamrog‘ini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan MDHda ko‘rsatkich 25% dan 50% gacha atrofida tebranadi. Buning sababi u yerda daromadlar ko‘p bo‘lganigina emas, balki oziq-ovqat mahsulotlari narxi nisbatan arzonligi uchun hamdir. Bu yerda ish haqi o‘rtacha hisoblaganda O‘zbekistondagiga qaraganda sakkiz-o‘n marta yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari atigi ikki-uch baravar qimmat. Oziq-ovqatning nisbatan past narxiga xalqaro savdo afzalligi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari uchun dotatsiyalar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlariga soliqlarning pasaytirilgan stavkalari hisobiga erishiladi. Ko‘p mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga va ko‘pincha, umumiy ovqatlanish xizmatlariga QQS umumbelgilanganiga nisbatan sezilarli ravishda past. Bundan tashqari fermerlar sotib oladigan oraliq tovarlar va xizmatlardan ko‘pincha pasaytirilgan stavkadagi QQS olinadi. Fermerlar esa juda ko‘p turli-tuman tovarlar va xizmatlar oladi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi tomonidan iste’mol qilinadigan oraliq tovarlar tuzilmasini keltirish mumkin. Ayrim mamlakatlarda QQSning asosiy stavkasi bilan taqqoslaganda qishloq xo‘jaligi uchun oziq-ovqat mahsulotlari va oraliq tovarlariga QQS stavkalari namunalari, % O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi 4,8 mlndan ortiq bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladi. Fermer xo‘jaliklari keyingi bir necha yil ichida nafaqat paxta va bug‘doy, balki meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, chorvadorlik va parrandachilik bilan ham shug‘ullana boshladi. Biroq dehqon xo‘jaliklarining sezilarli ustunligi saqlanib qolmoqda. Ishlab chiqarishning bunday tuzilmasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan QQS undirishga harakat qilish deyarli befoyda va xatto zararli ish — ko‘p fermerlar zimmasiga katta yuk tushadi, dehqon xo‘jaliklari haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini QQS to‘lovidan ozod qilish va og‘irlikni qayta ishlovchilar va chakana savdoga (oxir-oqibat iste’molchiga) yuklash ham to‘g‘ri yo‘l emas. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham fermerlar va xatto dehqon xo‘jaliklari ham turli materiallar, tovarlar va xizmatlarni olar ekanlar, u yoki bu darajada QQS to‘laydilar. Va bu harajatlar har qanday holatda iste’molchi uchun yakuniy mahsulot narxiga qo‘shiladi. Agar hatto shaharlar aholisi soni bu qadar yuqori sur’atlar bilan o‘smasa ham, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan harajatlarini qisqartirish vazifasi dolzarb bo‘lib qolaveradi. O‘zbekiston ochiq istiqbolda ko‘proq ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati tomonga harakatlanishi zarur. Yechimning bir qismi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yiriklashtirishni qo‘llab-quvvatlash (o‘z samarasini beradigan joyda), ishlab chiqarish mexanizatsiyasini oshirish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, kichik fermer va dehqon xo‘jaliklari kooperatsiyalarining turli shakllarini rag‘batlantirishdan iborat. Bu vaqt va ancha moliyaviy harajatlar talab etadi. Bugunning o‘zidayoq amalga oshirish mumkin bo‘lgan boshqa qism — bu oziq-ovqat mahsulotlariga QQSni pasaytirish va qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash va chakana savdoda QQSni hisoblash bo‘yicha uzluksiz zanjirni hosil qilish uchun sharoit yaratishdan iborat. Dunyo amaliyoti QQS bo‘yicha bunday zajirlarni hosil qilishning turli variantlarini taklif etadi. Ma’muriyatchilikdagi murakkabliklar va suiste’mol qilishning yuqoriligi tufayli O‘zbekiston uchun ularning hammasi ham maqbul emas. Ikkita variant birmuncha to‘g‘ri keladi, ularni bir vaqtning o‘zida qo‘llash mumkin. Birinchisi: sotib olingan mahalliy qishloq xo‘jaligi hom ashyosi qiymatini soliq olinuvchi bazadan chiqarib tashlashga ruxsat berish, ya’ni QQS faqat mahsulotni qayta ishlashda yaratilgan qo‘shimcha narhdan va peshtaxtalarga qadar savdo qilinishidan olinadi. Bunda qayta ishlovchilarda kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash rag‘bati saqlanib qoladi. Ikkinchisi: qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi zaruriy oraliq tovar va xizmatlarni qo‘lga kirita turib to‘lab bo‘lgan QQS miqdorini hisobga olish imkoniyatini berib, qishloq xo‘jalik mahsulotidan nol va pasaytirilgan stavkada soliq olish. Bunday variant kooperatsiya zanjirini yaratuvchi va uni yanada kengaytirishdan manfaatdor ancha yirik ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ri keladi. Oxir-oqibat fermerlarni o‘qitish va buxgalteriya hisobi tizimini tartibga solishni yirik korxonalar o‘z zimmasiga olishi mumkin. Ehtimol, bu o‘rta muddatli istiqbolda ma’lum yutqizishga olib kelishi mumkindir. Biroq uzoq muddatli istiqbolda shubhasiz foydali bo‘ladi. Davlat uchun ham, jamiyat uchun ham. Moliya vazirligi kelajakda qishloq xo‘jaligini QQS to‘lashga o‘tkazish rejasi haqida ma’lum qildi. Yangilik umuman umidbahsh. Biroq, hozircha bu borada ishlar kerakli darajada amalga oshirilgani yo‘q, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida sezilarli yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligi xavfi saqlanib qolmoqda. XULOSA XXI asrda shaharlar — yuqori sur’atda o‘zgarib borayotgan global iqtisodiyotning asosiy markazlaridir. Shahar o‘sishi va iqtisodiy o‘sish — o‘zaro bog‘liq hodisalar. Bugungi kunda shaharlar rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanib, o‘z mamlakatlari yalpi ichki mahsulotiga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Shaharlarning ulkan salohiyatidan samarali foydalanish uchun ularni rivojlantirish yo‘lidagi mavjud muammolarni aniqlash va shaharlar o‘sishi ortidan qo‘lga kiritiladigan imkoniyatlarni boy bermaslik maqsadida mazkur muammolarni hal etish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish muhim ahamiyatga ega. Samarali va barqaror urbanizatsiya hamda shaharlarning o‘sishi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu Jahon banki O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilayotgan ko‘plab sohalardan biridir. Xususan, tadqiqotimiz O‘zbekistonda shaharsozlikning mavjud muammolari va imkoniyatlarini xolisona baholashga yordam beradi hamda ularni shaharsozlikda boshqaruv va rejalashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. 2022-yilning yozida Jahon banki “Fursat keldi: O‘zbekiston qanday qilib urbanizatsiyadan barqaror rivojlanish dvigateli sifatida foydalanishi mumkin?” deb nomlangan hisobotini e’lon qildi. Uni tayyorlash ishlari o‘sha paytdagi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda bir qator shaharlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotda biz mamlakatda shaharlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qildik. Shuningdek, unda mamlakat shaharlari duch kelayotgan muammolar aniqlanib, talab mavjud bo‘lgan tovarlar va xizmatlar, yangi ish o‘rinlari, shuningdek, fuqarolar hayot kechirishi va mehnat qilishi uchun qulay shart-sharoit bilan ta’minlashga qodir raqobatbardosh shaharlar yaratish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yo‘nalishlari belgilab olindi. “Gazeta.uz” O‘zbekiston shaharlari o‘sish jarayonida duch kelayotgan muammolarga bag‘ishlangan so‘nggi maqolalaridan birida yuqoridagi hisobotdan batafsil iqtibos keltirgan edi. Ushbu maqolada biz “Gazeta.uz” materialida tilga olingan mavzu muhokamasini davom ettirib, undagi, bizning nazarimizda, o‘quvchilarga tushunarliroq bo‘lishi uchun soddalashtirilgan va umumlashtirilgan holda keltirilgan ayrim fikrlarga oydinlik kiritmoqchimiz. Mazkur sharhlarimizni e’lon qilish imkoniyatini taqdim etganligini uchun nashrga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu maqolada “Gazeta.uz”da e’lon qilingan materialda ko‘tarilgan mavzuning, bizning nazarimizda, hisobotimizning tegishli bandlariga havola berish orqali aniqlik kiritilishi va to‘ldirilishi zarur bo‘lgan bir nechta muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Download 45.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling