Reja: Kirish Xayriya Diniy e`tiqod


Download 45.73 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1431164
1   2   3
Bog'liq
Reja

2. Diniy e`tiqod
Diniy e`tiqod – insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: «O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek Qonunning 3-moddasida «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar» deyilgan.
E'tiqod erkinligimiz qonun himoyasida
Toki, Konstitutsiya biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo'llanma, balki g'urur-iftixor, kerak bo'lsa, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat'iy nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya ekanligini his etib yashasin. 
(O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov)
Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millatlar uchun muhim voqelik hisoblangan yurtimiz bosh qomusi qabul qilinganligiga 24 yil to'lishi arafasida turibmiz. Bosh qomus tom ma'noda xalqimiz uchun erkinlikning qonuniy ifodasi va uning amaldagi kafolati bo'lib shakillandi. Unda inson omili, uning huquqi, sha'ni va qadr-qimati oliy qadriyat deb, belgilab qo'yildi. Bu esa barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning tamal toshiga aylanib ulgurdi. Chunki, qaysi joydaki inson xuquqlari ximoya qilinsa, vijdon erkinligi to'la ta'minlansa shu yurt yuksaladi va yangidan-yangi isloxotlar sari dadil odimlab boraveradi.
Ma'lumki asosiy Qonunimiz fuqarolarning jinsi, irqi e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar qonun oldida tengligini ta'minlovchi asosiy hujjatdir. Unda kishilarni har qanday tazyiq va kamsitishlardan himoya etuvchi huquqlar ta'minlab qo'yilgan. Binobarin, Konstitutsiyamizdagi mezonlar asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan, dunyoning hech yerida takrorlanmas ajoyib, o'ziga xos milliy munosabatlarimiz va milliy u bilan uyg'un ravishdagi go'zal diniy qadriyatlarimiz bilan bevosita bog'liq, hamda ularning hayotiy in'ikosidir. Xar bir yurtning o'ziga yarasha milliy 
qadriyatlari, ma'naviyati, urf-odatlari mavjud bo'ladi. Qachonki mana shu davlatdagi Konstitutsiya shu yurtdagi milliy qadriyat va ma'naviyatidan kelib chiqgan xoldagina tuzilgan bo'lsagina fuqarolarni to'la himoya qila oladi, qonun va fuqaro o'rtasida uzviy aloqa barpo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, ayni diniy e'tiqod, vijdon erkinligini kafolatlashda Konstitutsiyaning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Biz erkin bozor munosabatlariga asoslangan, huquqiy demokartik davlat barpo etish yo'lilan borar ekanmiz, fuqarolarning barcha erkinliklari qatori vijdon erkinligining ham huquqiy kafolatlari va uning hayotda teran ta'minlanishini ham e'tiborga olishimiz zarurdir. Zero, diniy e'tiqod bu fuqarolarning nozik tuyg'ulari bo'lib, uning o'ziga xos hassos jihatlari mavjud.
Yurtimizda turli diniy konfessiyalarning o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun lozim bo'lgan barcha shart-sharoitlar qonuniy asosda kafolatlab qo'yilgan. Birgina O'zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan televidenie va ridio orqali diniy-ma'rifiy ko'rsatuvlar va eshittirishlar tashkil etilayotganing o'zi fuqarolarning e'tiqodiy ehtiyojlarini qondirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, idora qoshida bitta oliy va o'nta o'rta-maxsus diniy ta'lim muassasalarining tashkil etilgani bu boradagi amaliy ishlar ko'lamini yanada rivoj toptirdi. Bularning hammasi konstitutsion huquqlarning jamiyatdagi ko'rinishidir.
Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko'pchiligi islom diniga e'tiqod qilgani bilan, vijdon erkinligi borasida boshqa dinlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham qonun asosida bir xilda belgilangan va voqelikda shunday ijro qilib kelinmoqda.Ammo ming afsuski, din sohasida yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqimizning o'zbekona bag'rikengligini suiste'mol qilgan ayrim diniy tashkilot va oqimlar faqat diniy g'oya va aqidalarni emas, balki siyosiy va hatto ekstremistik maqsadlarni ko'zlab ish olib borganlari tashvishli holatdir. Mana shunday ayanchli holatlarga tushib qolmaslik uchun xam, barchalarimiz xaq-huquqlarimizni mukammal bilib olishimiz zarurdir. Biror dinga qiziqib, shu din to'g'risida mukammal bilim olmoqchi bo'lsak, faqatgina davlat tomonidan tashkil qilingan va ruxsat berilgan muassasalarga murojaat etishimiz kerak. Davlatimiz tomonidan xoxlagan dinni o'rganishni istovchilar uchun imkoniyatlar eshigi ochilgan bo'lib maxsus tashkilotlar tuzilgandir. Bu tashkilotlarda esa faqatgina davlat tomonidan nazoratdan o'tgan, sof aqidali, malakali murabbiylar biz istagan narsalarni to'liq xolda tushuntirib berishlari mumkin. 
Ko'chada uchragan xar qanday odamning gapiga kirib, uning aytayotganlarini to'g'ri deb bilish esa faqatgina adashishlarga olib keladi xalos. Barchalarimiz shunday xolatlardan ogox bo'lmog'imiz va Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan xuquqlarimizdan foydalana olishimiz lozim.
Mustaqillikning ilk yillarida diniy nashrlarga tashna xalqimizga manfaatparast kimsalar tarafidan o'zga yurtlardan g'arazli maqsadlarda kirib kelgan diniy aqidaparastlikni targ'ib etuvchi, odamlarda qo'rquv va vahima uyg'otuvchi, bir din vakilini boshqa dinga o'tishga da'vat etuvchi ko'plab diniy adabiyotlar taqdim etildi. Buning natijasida bir necha ekstremistik guruhlar tomonidan o'ta og'ir jinoyatlar sodir etildi. Bu esa, mamlakat tinchligiga rahna solishga qaratilgan harakatlarning bir ko'rinishi edi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi esa, bu boradagi muammolarni hal etishda muhim o'rin egalladi. Uni ishlab chiqishda mamlakatimizning o'ziga xos sharoiti, unda yashovchi ko'p millatli xalqimizning huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Mazkur Qonunning 3-moddasida «Dinga e'tiqod qilish yoki o'zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo'lgan darajadagina cheklanishi mumkin»ligi belgilangan. Bu norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 18-moddasi 3-bandiga to'liq mos tushadi. Unda belgilanishicha, “Din yoki e'tiqodga ega bo'lish yoki qabul qilish huquqi qonun bilan belgilangan va jamoat xavfsizligi, tartibi, salomatligi va axloqini, shuningdek, boshqa shaxslarning 
asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadlaridagina cheklanishi mumkin”. Shuningdek, bunday qoida BMT Bosh Assambleyasining “Diniy toqatsizlikning barcha shakllarini bartaraf etish to'g'risida”gi Rezolyutsiyasida ham mustahkamlangan bo'lib, unda tinchlik va jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadlarida din yoki e'tiqod erkinligi sohasida ma'lum cheklovlarga yo'l qo'yilishi belgilab o'tilgan.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunning 5-moddasida mustahkamlangan bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etilishi haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashi kabi maqsadlarni o'zida mujassam etgan. Chunki inson o'z dini, e'tiqodini o'zgartirishi ko'p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida bir necha oilalarning parchalanishi, ota-bola, aka-ukaning yuz ko'rmas bo'lib 
ketayotganini hech qanday yo'l bilan oqlab bo'lmaydi. Islom dini biror insonni dinga zo'rlab kiritishga, o'z e'tiqodini boshqalarning xohishiga qarshi o'laroq tiqishtirishga yo'l qo'ymaydi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo'lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?!” (Yunus surasi 99-oyat)
Hozirda butun dunyo tinchligiga o'z fitnalari bilan katta rahna solayotgan ISHID terroristik tashkiloti faqatgina o'zlarini chin musulmon sanab Allohning mana shu oyatiga qarshi ish qilmoqdalar. Ular insonlarni majburlab butun yer kurrasidagi kishilarni musulmonlarga aylantirmoqchilar. Go'yoki boshqalarning yer kurrasida yashashga haqlari yo'qdek. Xattoki Rasululloh (s.a.v.) bunday ishga aslo yo'l qo'ymaganlar va ruxsat bermaganlar. Shulardan ham ma'lumki ISHID Qur'onga va sunnatga qarshi ish qilayotgan ekan ular aslo musulmonlardan emas, ular faqatgina musulmon nomiga dog' tushirayotgan g'alamislar halos. Mana shunday guruxlarni ishini to'xtatish maqsadida butun dunyo qonunlarida qatiy 
choralar ko'rilmoqda. Qonunlardagi huquqlarini to'la bilgan kishi aslo bunday adashishlarga duch kelmaydi. 
Biz yuqorida Bosh qomusimizning milliy va diniy qadriyatlarimizga mos va xalqaro talablarga javob bera oluvchi hujjat sifatida ta'kidlab o'tdik. Zero, vijdon erkinligini kafolatlovchi Asosiy qonunimizning 18-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar; shuningdek, konstitutsiyaning 31-moddasiga ko'ra ”Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb belgilab qo'yilgani Qur'oni Karim “Baqara” surasi 256-oyati mazmuni bilan hamohangdir. Unda: 
“Dinda majburlash yo'q,zero, to'g'ri yo'l yanglish yo'ldan ajrim bo'ldi. Bas, kim shaytonni (yoxud butlarni) inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Alloh eshituvchi va biluvchidir”, deyilgan.
Vijdon erkinligi — har bir fuqaroning dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslik, diniy rasm-rusum va marosimlarda ishtirok etish yoxud etmaslik kabi dinga nisbatan o'z munosabatini mustaqil namoyon etadigan shaxsiy huquqidir. Har bir fuqaro o'z ixtiyori bilan diniy ta'lim olish huquqiga ega hamda buning uchun u yoki bu tarzda majbur etishga yo'l qo'yilmaydi.
Turli millatli va turfa xil din vakillari istiqomat qiladigan yurtda eng asosiy ichki nizolar din vakillari bir-birlarining e'tiqodi , fikrini xisobga olmaslik va kamsitishi oqibatida kelib chiqadi. Mana shunday ixtilofli vaziyatda Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan vijdon erkinligi to'g'ri ishlab chiqilgan bo'lishligi juda muximdir. Ayniqsa, xozirgidek ixtiloflarga to'la dolzarb vaqtda, butun dunyoning tinchligi va osoyishtaligiga raxna solayotgan ISHID terroristik tashkilot va shunga o'xshash turli iqtisodiy-siyosiy fitnalar avj olgan zamonda barchalarimiz Konstitutsiyamizdagi xaq-xuquqlarimizni to'liq o'rganib, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi doimo bizni ximoya 
qilishini xis qilib yashamog'imiz lozimdir. Vijdon va e'tiqod erkinligi to'la ta'minlangan davlat albatta ma'nan yuksalib, xamjixatlashib boraveradi.
Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida O'zbekistonda diniy erkinlik to'la ta'minlandi. Din sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi esa insonlarning vijdon va e'tiqod erkinligi huquqini ta'minlash, xalqimizni ma'nan yuksaltirish va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy ishchi o`z faoliyatida o`znini anglashda mijoz huquqlari, maxfiylik, hisobdorlik, instutsional yo’nalganliks, mijozlarning ma’naviy va diniy e’tiqodiga nisbatan hurmat, inson huquqlariga rioya qilishga ko`maklashish hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish kabi prinsiplarga rioya qilishi zarur.


Boshqalarni ma’naviy va diniy e’tiqodini hurmat qilish prinsipi ijtimoiy ishdagi mavjud prinsiplar orasidagi eng muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi asosiy yo`nalish talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash hisobanadi, bunda odamlarning madaniy jihatlarini hisobga olish talab etiladi. Din va ma’naviyat madaniyatning barcha jabhalarida muhim rol o`ynaydi, ijtimoiy ishchilar odam hayotida din va m’anaviyatning ta’sirini to`g`ri anglab yetishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi siyosat standartlari va ijtimoiy ish bo`yicha Kengash akkreditatsiyalash hozirgi vaqtda bakalavriatura va magistratura chegarasida tayyorlanadigan talabalar shu sohadagi ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirishi va yangi yondashuvlarni ishlab chiqishi hamda turli madaniyat vakillai bilan ishlash yangiliklarini yo`lga solishini talab etadi.


Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling