Reja: Klinik farmakogenetika


VII bob. HOMILADOR VA HOMILADA DORI VOSITALARI KLINIQ FARMAKOLOGIYASINING UZIGA XOS TOMONLARI


Download 76 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2023
Hajmi76 Kb.
#1080018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Klinik farmakologiyaning pediatriyadagi o‘ziga xos tomonlari

VII bob. HOMILADOR VA HOMILADA DORI VOSITALARI KLINIQ FARMAKOLOGIYASINING UZIGA XOS TOMONLARI

Homilador ayolni davolash murakkab jarayon bo‘lib, vrachdan homiladorlik davrida ishlatiladigan dorilarning klinik farmakologiyasini o‘ziga xos tomonlarini puxta bilishni taqozo qiladi.


Birinchidan, homiladorlik davrida onayo‘ldoshhomila yaxlit bir murakkab biologik tizilma bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda majruh tug‘ilgan 5% bolalarda majruhlikning sababi dorilar hisoblanadi.
Uchinchidan, homilador ayollarning 60—80 foizi turli xildagi dorilar (ko‘ngil aynishi va qayt qilish to‘xtatuvchi — homilaning birinchi 3 oyligida; gistaminga qarshi dorilar — homilaning 6 oylik davrida; turli tinchlantiruvchi va siydik haydovchi dorilar)ni qabul qilishi aniqlangan.
To‘rtinchidan, onalar o‘limining 76,4 foizi (S. Shinagama, Katagir1, 1979) to‘g‘ridanto‘g‘ri dorilarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
Beshinchidan, homilador ayol ichayotgan dorilar jinsiy hujayralar hosil bo‘lishi va ularning rivojlanish davrlarida urug‘lanish, yopishish (implantatsiya) embriogenez ta’sir qilishi mumkinligi aniqlangan.
Yuqoridagilarni ko‘zda tutgan holda homilador ayollarni davolashda vrach quyidagilarni bilishi kerak:
1. Homilador alyo qabul qilayotgan dorilarninghammasini ham xavfsiz deb bo‘lmaydi, chunki hamma dorilar yo‘ldosh orqali homilaga o‘tishi mumkin; homiladorlikning 32—35 haftalarida yo‘ldoshning dori larga o‘tkazuvchanligi (ayniqsa ona asabiylashganda) kuchayadi. Diabet, preeklampsiya va xafaqon kasalliklari homiladorlikning oxirgi kunlarida qon aylanishining nisbatan sekinlashuviga, bu esa dorilarning yo‘ldosh orqali homilaga o‘tishini biroz sekinlashtirsada, dorilarning homila organizmidan ajralib chiqishini susaytiradi.
2. Homilador ayolga beriladigan dorilarning samaradorlik imkoniyati ularning zararli xavfidan yuqori bo‘lishi kerak.
3. Homiladorlikda va homilada dorilar farmakologiyasi birbiridan keskin farq qiladi.
4. Homiladorlik davrida dorilar farmakokinetik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, ularni kiritish yo‘llarini, miqdorlashni va kirntish rejasini o‘zgartirishni taqozo qiladi.
5. Tug‘ish yoshidagi ayollarga teratogen yoki embriotoksik ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan dorilar aniq ko‘rsatmalar va qoniqarli kontratseptik himoyasiz berilmaydi.
Dorilarning faolsizlantirilishi va chikarilishi pasayganligi sababli homilador ayolda (homilada ham) ularning ta’siri davomliroq (jumladan, salbiy ta’sirlari ham) bo‘ladi.
Quyidagi omillar homilador ayol organizmida dorilar miqdorining o‘zgarishiga ta’sir qiladi:
1. Dorilarni miqdorlash rejasi, ya’ni ularning yir martalik miqdori, qayta kiritishlar soni, kiritishning davomiyligi, kiritish yo‘llari.
2. Homilador ayol organizmining fiziologik holati (oshqozonichak tizilmasi, qon aylanish a’zolari, jigar, buyraklar va yo‘ldosh)ning funksional holati.
3. Dori moddalarining fizikkimyoviy xossalari — molekular og‘irligi, moyda eruvchanligi, ionlanish qobiliyati, qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanishi, tarqalishi.
4. Homilaga aloqador omillar dori moddalarining homila organizmida metabolizmga uchrashi.
Homila rivojlanishi davomida quyidagi qaltis (kritik) davrlar farqlanadi:
1. Blastogenez davri, ya’ni amnionning implantatsiyalanishidan oldingi rivojlanish davri bo‘lib, jinsiy hujayralar qo‘shilgandan blastotsitlarning detsidual qobiqqa kirguicha bo‘lgan davri 1 hafta davom etadi. Bu davrda dori moddalarining embriotoksik ta’sir xavfi yuqori bo‘lib, homiladorlik yuz bermay embrion o‘limi bilan tugaydi.
2. Embriogenez davri (implantatsiya hamda organogenez va yo‘ldosh hosil bo‘lish davri) homiladorlikning 3—4 oylik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda dori moddalarining ko‘ngilsiz ta’siri teratogen va embriotoksik ta’siri bilan namoyon bo‘lishi mumkin, ya’ni homila turli tug‘ma majruhliklar bilan tug‘ilishi mumkin.
3. Tug‘ishdan oldingi davr — bu davrda onaga yuborilgan dori moddalar chaqaloqning ona qornidan tashqari muhitda yashashga moslashish kobiliyatini susaytirishi mumkin.
Dori moddalari embriotoksik va teratogen xavfi darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Yuqori darajada xavfli dorilar ishlatib qo‘yilganda homiladorlikni sun’iy to‘xtatish tavsiya etiladi. 1. Sitostatiklar (metotreksat, siklofosfamid, vinkristin, ftoruratsil), bular folat kislotasi sintezini buzadi va homiladorlikning boshlarida embrionning o‘limiga va homilaning tushib ketishiga olib keladi. Normal homilada esa bosh suyagi yuz qismi deformatsiyalanishiga, suyaklanishning buzilishiga sabab bo‘ladi.
2. Antimikotik va o‘smaga qarshi antibiotiklar (aktinomitsin, rubomitsin).
3. Immunodepressantlar (azatioprin, imuran), bular otalanish davrida ham ta’sir qilishi mumkin.
II. Embriotoksik va teratogen ta’sir darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan dyri mOddaLari, bu moddalar homiladorlikiing 3—10 haftasida ishlatilganda embrionnnng o‘limiga va dimilaning tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.
1. Antibiotiklar (aminoglikozidlar, tetrasiklinlar, rifampitsinlar).
2. Protozoylarga qarshi moddalar: aminoxinolinlar (delagil, plakvenil, xloroxin), xinyn, xinidin.
3. Talvasaga qarshi (difenin, finlepsin) moddalar.
4. Parkinsonizmga qarshi moddalar.
5. Litiy tuzlari.
Steroid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi moddalar.
7. Peroral antidiabetik moddalar.
8. Neyroleptiklar.
9. Etil spirti.
10. Bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar (sinkumar, pelentan).
11. Antitireoid (merkazolil, yodidlar) moddalar. III. Teratogen va embriotoksik ta’sir xavfi kam
bo‘lgan dorilar.
1. Mikroblarga qarshi (jumladan, biseptol ham) moddalar.
2. Protozoylarga (metranidazol, fajizin) qarshi sulfanilamidlar.
3. Tritsiklik antidepressantlar.
4. Trankvilizatorlar (meprotan, meprobamat).
5. Parkinsonizmga qarshi (LDopa) moddalar.
Jinsiy (estrogen) gormonlar.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling