Reja: Kolibakterioz qo’zg’atuvchisining umumiy xarakteristikasi


Download 28.79 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi28.79 Kb.
#1614921
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kolibakteriozni labaratoriya diagnostikasi

Kultural xususiyatlari. Ichak tayoqchasi aerob yoki fakultativ anaerob. O’sishining optimal haroratsi 37 – 38oC , pH 7,2 – 7,5. Oddiy oziqa muhitlarda yaxshi o’sadi. GPB da bir xilda loyqalanish, tez tarqovchi cho’kma hosil bo’ladi. GPA da 16 – 20 soatda namli, yumaloq, chetlari tekis, yuzasi silliq, kul rang koloniyalar hosil qiladi. Qonli GPA da koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil bo’ladi. Endo muhitida qizil – qoramtir tovlanadigan, pushti koloniyalar hosil qiladi. Levina muhitida to’q ko’k yoki qora rangli koloniyalar hosil bo’ladi.
Biokimyoviy xususiyatlari. E. coli maltoza, mannit, laktozani kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Saxarozani hamma vaqt ham parchalamaydi. Indol hosil qiladi, jelatinani eritmaydi, vodorod sulfid hosil qilmaydi, sutni ivitadi, metilrot bilan musbat, Foges – Proskauera bilan manfiy reaksiya beradi.
Chidamliligi E. coli yuqori haroratga chidamsiz. 60oC da 15 daqiqada, 100oC da shu onda o’ladi. Ko’pgina dezinfeksiyalovchi moddalar – formalin, fenol, o’yuvchi natriy, ohak ularga kuchli ta’sir qiladi. Suv va tuproqda bir qancha oygacha saqlanadi. Pensillinga chidamli.
A.Gracia 1925 yilda ichak tayoqchasi kulturasida – antibiotik moddasiga o’xshash – kolisin moddasini topdi. U esherixiani gomologik shtammlarini o’sishdan to’xtatadi. Esherixiyalar 24 dan ortiq tip kolisin hosil qiladi.
Patogenligi. Uy va laboratoriya hayvonlarida kasallikni sun’iy ravishda ularga ko’p miqdorda yangi ajratilgan kulturani yuborib paydo qilish mumkin. Antigen tuzilishi. E. coli ning O – ,K – va H – antigenlari bor.
Diagnozi. Laboratoriyaga tekshirish uchun yangi o’lgan hayvon jasadi yoki ilik suyagi, jigar bo’lakchasi o’t xaltasi bilan, taloq, buyrak, yurak, ichak limfa tuganlari, ingichka ichak bo’lagi ikki tomondan bog’langan holda (u boshqa bo’lak idishga joylanadi). Kasal hayvonlar to’g’ri ichagidan tezagi olib jo’natiladi.
Laboratoriyada keltirilgan patmaterial mikroskopiya, bakteriologik, serologik, biologik usullarida tekshiriladi.
Buzoq, quzi, cho’chqa bolalari, jo’jalarda – 08, 09, 015, 078, 086, 0101, 041, 0115, 0117, 0119, 02,026 va hokazo seroguruhlar uchraydi.
Biopreparatlar - giperimmun qon zardoblari, gamma globulin, poliva lent zardoblar, konsentrlangan, assosirlangan vaksinalar, koliprotektant, koli faglar qo’llaniladi.

Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling